К содержанию
РецензированоUZ2026

GIYOHVANDLIKNING SALBIY OQIBATLARI

Jabborov Zokirjon Qodirjonovich · Hakimboyev Hamza Askarovich

Наука и инновация · 2026

Аннотация

"Giyohvandlik – asr vabosi" mavzusidagi ushbu ishda giyohvand moddalarni inson hayotiga, jamiyatga va kelajak avlodlarga yetkazayotgan salbiy ta’siri muhokama qilinadi. Giyohvandlik faqat shaxsiy muammo emas, balki global ijtimoiy muammodir. Ushbu mavzu doirasida giyohvand moddalarining turlari, ularning inson organizmiga ta’siri, bu illatga olib keluvchi omillar va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari yoritiladi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarining ahamiyati, oila va ta’lim muassasalarining roli haqida ham fikr yuritiladi. Ishning maqsadi – giyohvandlikning xatarlarini ochib berish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga hissa qo‘shishdir. Kalit so‘zlar Giyohvandlik, asr vabosi, narkotik moddalar, yoshlar, jamiyat, sog‘liq, profilaktika, ijtimoiy muammolar, ruhiy salomatlik, ogohlik, jinoyatchilik. Har bir jamiyatning taraqqiyoti va barkamol avlodlarni voyaga yetkazishdagi asosiy omillaridan biri — aholining sogʼlom turmush tarziga amal qilishi, yaʼni giyohvandlik va boshqa salbiy odatlardan ogohlikdir. Bugungi kundagi ilmiy-tadqiqotlar va amaliyot shuni koʼrsatadiki, giyohvandlik butun dunyodagi eng xavfli muammolardan biri boʼlib, u nafaqat individual salomatlikka, balki jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga jiddiy zarar yetkazadi. Moddiy va maʼnaviy yoʼqotishlar, oilaviy baxtsizliklar, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oʼsishi kabi salbiy oqibatlar giyohvandlikni asr vabosi, yaʼni global muammo darajasiga koʼtargan. Ushbu maqolada biz giyohvandlikning sabablari, uning jismoniy va ruhiy salomatlikka taʼsiri, jamiyatga keltirgan zararlari hamda bu illatga qarshi kurashish yoʼllari haqida soʼz yuritamiz1. Giyohvandlikka olib keluvchi omillar koʼp va har xildir. Ularni asosan ijtimoiy, psixologik va biologik sabablarga boʼlish mumkin. Bugungi jamiyatdagi ayrim muammolar yoshlarni giyohvand moddalarga tortishga sabab boʼladi. Masalan, oilaviy muammolar — ota- onalarning orasidagi kelishmovchiliklar, eʼtiborsizlik yoki beeʼtiborlik yoshlarni yomon taʼsirlarga moyil qiladi. Shuningdek, yoshlar oʼrtasidagi ishsizlik, taʼlimdagi muvaffaqiyatsizlik, jamiyatda oʼz oʼrnini topa olmaslik hissi kabi holatlar ularni stressga soladi va giyohvandlikka tushishga sabab boʼladi. Stress, depressiya, ruhiy bosimlar va psixologik yordamning yetishmasligi ham giyohvandlikka olib keladi. Koʼp hollarda inson oʼz muammolarini giyohvandlik orqali unutmoqchi boʼladi. Аyniqsa yoshlar orasida jamiyatga moslasholmaslik, tanqid va badiiy munosabatlar ularni bu illatga tobeʼ qiladi. Giyohvandlik baʼzan genetik omillar bilan ham bogʼliq boʼlishi mumkin. Inson organizmidagi ayrim asabiy va kimyoviy oʼzgarishlar narkomaniyaga moyillikni oshiradi. Giyohvandlik nafaqat inson hayotiga, balki 1 Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109. 128 butun jamiyatga katta zarar keltiradi. Uning salbiy oqibatlari jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarni oʼz ichiga oladi2. Giyohvandlik inson organizmi uchun halokatlidir. Turli narkokurta ishlatish oqibatida ichki aʼzolar (jigar, buyrak, yurak) va asab tizimi shikastlanadi. Narkotiklar nafaqat immun tizimini zaiflashtiradi, balki qon aylanishini buzadi, shuningdek oʼlimga olib keladigan kasalliklar xavfini oshiradi. Bu kasalliklardan baʼzilari gepatit, VICh/SPID va boshqa infektsion kasalliklardir. Giyohvandlik ruhiy salomatlikni ham chuqur buzadi. U insonda depressiya, paranoyya, anʼanaviy psixologik muammolar, aslida, shizofreniyaga oʼxshash holatlarni keltirib chiqaradi. Ushbu kasalliklar jamiyatdagi shaxsning ijtimoiy faolligiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Giyohvandlik ijtimoiy muammolarni kuchaytiruvchi omil hisoblanadi. U oiladagi tinchlikni buzadi, bolalarning tarbiyasiga salbiy taʼsir koʼrsatadi va koʼp hollarda oilaviy inqirozlarga olib keladi. Bundan tashqari, giyohvandlik bilan bogʼliq jinoyatlar soni oshib, jinoyatchilik darajasi ortishiga sabab boʼladi. Ushbu illatning tarqalishi mamlakatning ijtimoiy barqarorligiga xavf soladi. Giyohvandlik ishsizlik va ish unumdorligining pasayishiga sabab boʼladi. Narkotiklarni isteʼmol qiluvchilar ish joylarida samarali faoliyat koʼrsatolmaydi, shuningdek ular tibbiy yordamga muhtoj boʼlib qoladi. Bu davlat sogʼliqni saqlash tizimiga qoʼshimcha yuk boʼladi va iqtisodiy yoʼqotishlarni keltirib chiqaradi3. Giyohvandlikka qarshi samarali kurashish jamiyatning barcha tarmoqlarini qoʼllab- quvvatlashni talab qiladi. Yosh avlodni giyohvandlikning zararlari haqida ilgaridan ogoh qilish muhimdir. Maktublarda, maktablarda, oilada tarbiya jarayonida ushbu illatga qarshi maʼrifiy ishlar olib borilishi kerak. Yoshlarga sport va boshqa ijodiy faoliyatlarni keng ommalashtirish zarur. Narkotiklarni tarqatishga qarshi qatʼiy qonunlar qabul qilinishi va ularni amalga oshirishda qatʼiylik talab etiladi. Shifoxonalar va r

Доказательный фрагмент

«"Giyohvandlik – asr vabosi" mavzusidagi ushbu ishda giyohvand moddalarni inson hayotiga, jamiyatga va kelajak avlodlarga yetkazayotgan salbiy ta’siri muhokama qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

"Giyohvandlik – asr vabosi" mavzusidagi ushbu ishda giyohvand moddalarni inson hayotiga, jamiyatga va kelajak avlodlarga yetkazayotgan salbiy ta’siri muhokama qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ruhiy tushkunlik, sog‘lom turmush tarzi, ishsizlik, yoshlar, ogohlik., ta’lim, Giyohvandlik, profilaktika, sog‘liq, salbiy oqibatlar, oila inqirozi, jinoyatchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники