Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO’PRIK QURILISHIDA BAJARILGAN GEODEZIK ISHLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Dotsent: Tag‘ayeva Dilafruzxon Usmonovna (in-academy.uz/index.php/si) · Assistant: Usmanov Doniyor Baxtiyarovich (in-academy.uz/index.php/si) · Student: Xayrullayev Salohiddin Sag’dulla o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si) · Trimble R III (in-academy.uz/index.php/si) · Trimble DiNi. (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ko’prik qurilish jarayonida geodezik ishlar muhim ro’l o’ynaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Qipchoq shaharchasidagi Amudaryo daryosi ustidan o’tuvchi temiryo’l va avtomobil qo’shma ko’prigi qurilishi uchun geodezik asos yaratish ishlarining ketma-ketligi yoritilgan. Aннотация: В процессе строительства моста геодезические работы играют важную роль. Освещена последовательность работ по созданию геодезической основы для строительства железнодорожного и автомобильного совместного моста через реку Амударья в поселке Кипчак Амударьинского района Республики Каракалпакстан. Annotation: Geodetic work plays an important role in the bridge construction process. The sequence of works on creating a geodetic basis for the construction of a joint railway and road bridge over the Amu Darya River in the settlement of Kipchak, Amudarya District, Republic of Karakalpakstan, is highlighted. Kalit so‘zlar: Geodezik punkt, geodezik tarmoq, poligonometriya, nivelir yo’li, “statika” rejimi, koordinatalar aniqligi, poligonometriya punktlari, GNSS, Trimble R8 III , Trimble DiNi. Ключевые слова: Геодезический пункт, геодезическая сеть, полигонометрия, нивелирный путь, режим "статика," точность координат, полигонометрические пункты, GNSS, Trimble R8 III, Trimble DiNi. Keywords: Geodetic point, geodetic network, polygonometry, leveling track, "statics" mode, coordinate accuracy, polygonometry points, GNSS, Trimble R8 III, Trimble DiNi. Asosiy qism. Ko‘prik qurilishi yirik infratuzilma loyihalarining muhim qismi bo‘lib, unda geodezik ishlar loyiha sifati, xavfsizligi va ekspluatatsiya muddatini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Geodezik ishlar loyiha rejasini joyga aniq ko‘chirish, qurilish jarayonida deformatsiyalarni nazorat qilish va topografik ma’lumotlarni yangilash uchun zarurdir. Ushbu ishlar geodezik tarmoqlar yaratish, topografik syomka, ijroviy syomka va aniqlikni baholash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan, Trimble R8 GNSS asboblari va AutoCAD Civil 3D kabi dasturlar geodezik ishlarning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu maqola Qipchoq shaharchasidagi Amudaryo daryosi ustidagi temir yo‘l va avtomobil ko‘prigi qurilishi misolida geodezik ishlar loyihasining tuzilishi, amalga oshirish jarayoni va ahamiyatini yoritadi. Loyiha 2021 yilda boshlangan bo‘lib, unda 13 ta geodezik punkt tekshirilgan, ulardan 5 tasi saqlangan va yangi punktlar o‘rnatilgan. Maqola geodezik ishlarning loyiha bosqichlari, zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi va qurilish sifatiga ta’sirini tahlil qiladi. Obyektda GNSS priyomniklarini qoʻllagan holda, IV klass nivelirlash yoʻllarini yotqizgan holda, 4-klass poligonometriya aniqligi boʻyicha tayanch geodezik tarmoq yaratildi. Bajarilgan geodezik ishlar: 155 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Rekognossirovka - bevosita ish joyida planli va balandlik geodezik tarmoqlarni loyihalash, topografik syomka qilishdan avval joyni koʻzdan kechirib, geodezik punktlar, relyef, tuproq, toʻsiqlar va joy haqidagi shu kabi ma’lumotlarni yigʻishdan iborat ishlar kompleksi. Rekognossirovka quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Tekshirilayotgan joy boʻyicha ilgari yaratilgan geodezik va kartografik materiallarni toʻplash va tahlil qilish Mavjud geodezik punktlarini, chegara belgilarini tekshirish, ularning yaroqliligini tekshirish. Zarur boʻlganda ish sifatini yaxshilash uchun ularni rekonstruksiya qilish. Tekshirilayotgan hududda geodezik punktlar oʻrnatilishi mumkin boʻlgan xarakterli nuqtalarni izlash va belgilash. Bunday nuqtalar sifatida koʻpincha chiziqli obyektlarning boshlanish yoki tugash nuqtalari, balandliklar xizmat qilishi mumkin. Triangulyatsiya va poligonometriya punktlarini oʻrnatish uchun baland va oʻsimlik yoʻq joylarni aniqlash[3] Geodezik asos yaratish va aniqligini baholash. Qurilish uchun muhandislik-geodezik qidiruvlarda tayanch geodezik tarmoq punktlarining planli holati triangulyatsiya, poligonometriya, trilateratsiya, chiziqli-burchakli tarmoqlarni qurish usullari bilan, shuningdek, sun’iy yoʻldosh geodezik apparaturasi (GPS priyomniklari va boshqalar) va ularning kombinatsiyasidan foydalanish asosida aniqlanishi kerak. GNSS oʻlchash dasturi. 4-klass poligonometriya aniqligi boʻyicha tayanch geodezik tarmoq punktlarining holatini aniqlash GNSS qabul qilgichlari tomonidan texnik talablarga muvofiq amalga oshirildi. Oʻlchashlar ʻstatikaʻ rejimida poligonal usulda quyidagi dastur boʻyicha amalga oshirildi: • oʻlchovlar davomiyligi - har biri 1 soatdan boʻlgan ikkita seans; • oʻlchovlar yozib olingan sun’iy yoʻldoshlar soni - kamida 5 ta; • yozish intervali - 10 sek; • yoʻldoshlarning minimal koʻtarilish burchagi - 15 ̊; • DOP koʻrsatkichi - 4 dan kam. Punktlardagi oʻlchashlar ʻstatikaʻ rejimida 10 ta priyomnik bilan bajarilgan. Seanslar orasida sun’iy yoʻldosh priyomniklari toʻplamlari oʻrin almashdi. Seanslar orasidagi tanaffus 2 soatdan ortiq boʻlib, bu turli ʻkuzatuv oynalariʻda oʻlc
Доказательный фрагмент
«Ko’prik qurilish jarayonida geodezik ishlar muhim ro’l o’ynaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюKo’prik qurilish jarayonida geodezik ishlar muhim ro’l o’ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Geodetic point, geodetic network, polygonometry, leveling track, "statics", poligonometriya, poligonometriya punktlari, Trimble DiNi., koordinatalar aniqligi, nivelir yo’li, Geodezik punkt, GNSS, Trimble R8 III, “statika” rejimi, geodezik tarmoq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024