К содержанию
РецензированоUZ2026

“SUN’IY YO‘LDOSH TASVIRLARI ASOSIDA SHAHAR QURILISHI HUDUDLARINI MONITORING QILISH”

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · HUDUDLARINI MONITORING QILISH” (in-academy.uz/index.php/si) · Ph.D Maxsudov B. Yu. (in-academy.uz/index.php/si) · Assistant: Komilov O. A. (in-academy.uz/index.php/si) · Student: Tanirberdiyev D. D. (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Bu maqolada sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib shahar qurilishi hududlarini monitoring qilish usullarini amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Payariq shaharchasi tanlandi. Ushbu hududning qurilish jarayonlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri olib borilayotganligi, shaharsozlik faoliyatining hududiy tashkil etilishi tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida qurilishi hududlarini monitoring qilishda sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash samarali ekanligi aniqlandi. Aннотация: В данной статье изучена практическое применение методов мониторинга градостроительных территорий с использованием спутниковых снимков. В качестве объекта исследования был выбран город Пайарык Пайарыкского района Самаркандской области. Проанализированы правильность или неправильность проведения строительных процессов на данной территории, территориальная организация градостроительной деятельности. В результате исследования было установлено, что использование спутниковых снимков эффективно при мониторинге территорий строительства города. Annotation: This article examines practical application of methods for monitoring urban planning territories using satellite imagery. The object of the research is the city of Payariq, Payariq district, Samarkand region. The correctness or incorrectness of construction processes in this territory, the territorial organization of urban planning activities were analyzed. As a result of the research, it was established that the use of satellite imagery is effective in monitoring the territories under construction in the cities. Kalit so‘zlar: shahar qurilishi, DShK, loyiha plani, monitoring, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, geografik axborot tizimlari, Payariq tumani, barqaror rivojlanish. Ключевые слова: градостроительство, DShK, план проекта, мониторинг, спутниковые снимки, геоинформационные системы, Пайарыкский район, устойчивое развитие. Keywords: urban planning, DShK, project plan, monitoring, satellite imagery, geoinformation systems, Payaryk district, sustainable development. Asosiy qism. Hozirgi davrda urbanizatsiya jarayonlarining tez va shiddat bilan o‘sib borishi natijasida shaharlarni samarali boshqarish, barqaror rivojlantirish va resurslardan oqilona foydalanish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shaharlardagi infratuzilma, qurilish ishlari, transport va kommunikatsiya tizimlarining holatini doimiy ravishda nazorat qilish ya’ni monitoring qilish zamonaviy shahar boshqaruvining asosiy va muhim vazifasiga aylangan. Juda ko‘p shaharlarda bir xil kuzatilayotgan muammo bor. Bu qurilishlar ko‘p hollarda tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq amalga oshirilmayotganligi. Bu holat natijasida shahar me’morchilik-shaharsozlik talablardan chetga chiqib, o‘z-o‘zidan rivojlanib bormoqda. Natijada 164 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si esa Shahar kommunikatsiyalari suv, elektr, gaz, kanalizatsiya tizimlarida ortiqcha yuklamalar hosil bo‘lmoqda, Transport harakatida tirbandliklar yuzaga kelmoqda va Ekologik muhit yomonlashmoqda. Qurilish rejasi Shahar Bosh rejasiga to‘g‘ri kelmasligi natijasida shahar infratuzilmasining tartibsiz rivojlanishiga olib keladi. Qurilish rejaga mos bo‘lmaganda, kommunikatsiya tarmoqlari noto‘g‘ri joylashadi yoki ortiqcha zo‘riqish hosil bo‘ladi. Bu esa ancha yillar avval o‘tkazilgan komunikatsiya tarmoqlarida yana ham jiddiy muommodir. Natijada, tarmoqlarda nosozliklar paydo bo‘ladi, ular tez-tez ishdan chiqadi, xizmatlar uziladi. Shaharlar rivojlanishi bilan tabiiyki transport tizimiga bo‘lgan talablar ortib boradi. Aholi sonining ko‘payishi, qurilishning rejalashtirilmagan tarzda kengayishi va transport infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmasligi natijasida shahar yo‘llarida tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bunday vaziyatlarning oldini olish va ularni tizimli boshqarish uchun shahar monitoringi zamonaviy texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilishi zarur. Bu ishda GIS mutaxassislari, Geodezistlar, IT soha vakillari muhim rol o‘ynaydi. GIS (Geografik Axborot Tizimlari) texnologiyalari shahar rejalashtirish, resurslarni taqsimlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashda juda foydalidir. GIS mutaxassislari shaharlarni monitoring qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ular shahar hududining aniq interaktiv xaritalarini yaratadi, turli ma’lumotlarni masalan qurilishlar, transport harakati, ekologik holatlarni joylashuv asosida tahlil va vizualizatsiya qiladi. Bu orqali shahar boshqaruvchilari real vaqt rejimida shahar infratuzilmasi, yo‘l harakati va boshqa jarayonlarni kuzatib borishlari, muammolarni aniqlashlari va samarali qarorlar qabul qilishlari mumkin bo‘ladi. Geodezistlarning ishi shahar qurilishlari va infratuzilmasini rejalashtirishda juda muhim. Geodezik ma’lumotlar yordamida qurilish ob’yektlari to‘g‘ri joylashtiriladi, qurilish rejalarining bosh rejaga mosligini ta’minlaydi va hududning tabiiy xususiyatlari hisobga olinadi. Yana geodezistlar shahar hududida yuzaga kelgan o‘zgarishlar

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib shahar qurilishi hududlarini monitoring qilish usullarini amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanib shahar qurilishi hududlarini monitoring qilish usullarini amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
urban planning, DShK, project plan, monitoring, satellite imagery, shahar qurilishi, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, barqaror rivojlanish., Payariq tumani, loyiha plani, geografik axborot tizimlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники