К содержанию
РецензированоUZ2026

PSIXOLOGIK MASLAHAT VA KOUCHING FANINING HOZIRGI KUNDAGI O‘RNI VA DOLZARBLIGI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · VA DOLZARBLIGI (in-academy.uz/index.php/si) · Fayzullayev Mirzaodil Mirzamurodovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada psixologik maslahat va kouching fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning amaliyotda qo‘llanilish darajasi hamda shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy moslashuvdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda fanning dolzarbligi, asosiy metodlari, zamonaviy yondashuvlari hamda xalqaro tajribalarga asoslangan holda samaradorligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar. Psixologik maslahat, kouching, shaxsiy rivojlanish, professional yondashuv, muloqot, motivatsiya, tahlil, metodologiya, psixoterapiya. Kirish. So‘nggi yillarda inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, stressni yengish, professional va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erishish kabi masalalar jamiyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, psixologik maslahat va kouching fani har tomonlama rivojlanib, turli sohalarda keng qo‘llanila boshladi. Psixologik maslahat – bu muayyan muammolarni hal qilishda mijozga ko‘mak beruvchi amaliy faoliyat turi bo‘lsa, kouching esa insonni o‘zining ichki resurslarini aniqlash va maqsad sari yo‘naltirish metodidir. So‘nggi yillarda inson salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, stressni yengish, professional va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erishish kabi masalalar jamiyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu holat psixologik xizmatlarning, xususan, psixologik maslahat va kouching fanining dolzarbligini oshirmoqda. Psixologik maslahat shaxs ichki dunyosini anglash, qarorlar qabul qilishda yordam berish va ruhiy muvozanatni tiklashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kouching esa insonni o‘zining ichki imkoniyatlarini topishga, maqsad sari intilishga, shaxsiy o‘sishni jadallashtirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda bu ikki yo‘nalish psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy poydevori sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, ularning ta'lim, sog‘liqni saqlash, biznes va boshqaruv sohalarida qo‘llanilishi ham tobora kengaymoqda. Shuning uchun ham bu fanlar zamonaviy jamiyatda inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishning strategik vositasi sifatida muhim o‘ringa ega. Adabiyotlar sharxi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, psixologik maslahat (Carl Rogers, 1951; Egan, 2014) empatiya, aktiv tinglash va shaffof muloqotga asoslangan yondashuvdir. Kouching (Whitmore, 2009; Grant, 2010) esa maqsadga yo‘naltirilgan savollar orqali mijozni o‘zini anglashga olib boradi. Bu fanlar bo‘yicha olib borilgan zamonaviy tadqiqotlar (Passmore & Fillery-Travis, 2011) ularning tashkilotlar, ta’lim muassasalari va shaxsiy hayotdagi muhim rolini ko‘rsatadi. Metodologiya. Maqolada kontent tahlil, so‘rovnoma usullari va kuzatuv metodlari asosida tahlillar olib borildi. Shuningdek, xalqaro va mahalliy tajribalar solishtirildi. Psixologik maslahat berish jarayonida ishlatiladigan suhbat metodi, “ochiq savollar texnikasi”, “aktiv tinglash”, hamda kouchingda qo‘llaniladigan GROW modeli asos qilib olindi. Tahlillar va munozaralar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, psixologik maslahat individual yondashuvga asoslanadi va har bir mijozning ehtiyojiga mos ravishda ishlanadi. Maslahat davomida mijoz o‘z muammolarini chuqur tahlil qiladi, ularga ongli ravishda yondashadi va qarorlar qabul qilishda mustaqillikka erishadi. Ayniqsa, yoshlar bilan ishlashda maslahatning 175 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ahamiyati katta bo‘lib, ularning hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, moslashuv darajasini oshirishda samarali bo‘lmoqda. Kouching esa insonni rivojlanishga undovchi yondashuv bo‘lib, bunda kouch mijozning fikrlash doirasini kengaytirishga harakat qiladi. GROW modeli (Goal, Reality, Options, Will) orqali mijozlar maqsadlarini aniq belgilaydi, real holatni baholaydi, turli variantlarni ko‘rib chiqadi va harakatga o‘tish yo‘nalishini tanlaydi. Bu jarayonda kouch savollar orqali mijozni chuqur fikrlashga undaydi, lekin unga tayyor javob bermaydi. Shu sababli, bu metod mustaqil fikrlashni, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi va faol hayot pozitsiyasini shakllantiradi. Ushbu bo‘limda olib borilgan so‘rovnoma asosida 100 nafar ishtirokchining psixologik maslahat va kouching xizmatlaridan foydalanganlik holatlari tahlil qilindi. So‘rovda turli yosh va kasb vakillari: yoshlar (18–25 yosh), ishchilar (26–45 yosh) va rahbarlar (46 yoshdan yuqori) ishtirok etdilar. Ishtirokchi Maslahatdan foyda Kouchingdan foyda Ikkalasidan foyda guruhi sezganlar (%) sezganlar (%) sezganlar (%) Yoshlar 78% 84% 69% Ishchilar 65% 72% 60% Rahbarlar 58% 81% 75% Tahlil natijalari quyidagicha ifodalanadi. Yoshlar orasida kouching xizmatlaridan foydalanganlarning 84 foizi bu xizmatni samarali deb baholadi. Bu yosh toifasining faol o‘sish, o‘zini topish va yo‘lga qo‘yish davrida ekanligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, psixologik maslahatni ham 78% foydali deb bilgan. Bu holat maslahat va kouchingni integratsiyalashgan holda qo‘llash yoshlar uchun eng samarali yo‘l ekanligini ko‘rsatadi. Ishchilar guruhida natijalar biroz pastroq bo‘lsa-da, sezilarli darajada samaradorlik kuzatilmoqda. Kouchingga ijobiy munosabat bildirganlar (72%) ko‘proq ish joyidagi muammolar,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada psixologik maslahat va kouching fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning amaliyotda qo‘llanilish darajasi hamda shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy moslashuvdagi ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada psixologik maslahat va kouching fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning amaliyotda qo‘llanilish darajasi hamda shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy moslashuvdagi ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodologiya, kouching, professional yondashuv, muloqot, shaxsiy rivojlanish, motivatsiya, Psixologik maslahat, psixoterapiya., tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники