К содержанию
РецензированоRU2026

HARBIY XIZMATCHILARDA STRESS MUAMMOSIGA DOIR IJTIMOIY PSIXOLOGIK QARASHLAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PSIXOLOGIK QARASHLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Irgashev Zarif Djamaldinivich (in-academy.uz/index.php/si) · Иргашев Зариф Джамалдинович (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 703-714 · 2026

Аннотация

В статье на основе изучения психологических особенностей военнослужащих проведен анализ стрессообразующих факторов, проявляющихся у них, что позволяет исследовать способы их профилактики, а также исследованы методы и средства выявления социально-психологических особенностей проявления стресса в личности военнослужащих и даны эффективные рекомендации. Ключевые слова: социальная ситуация, определение проявления уровня толерантности, психологические знания, военная служба, стресс, военнослужащий, социальная среда и факторы стресса. SOCIAL PSYCHOLOGICAL APPROACHES TO THE PROBLEM OF STRESS IN MILITARY PERSONNEL Irgashev Zarif Dzhamaldinivych lieutenant colonel, deputy commander Andijan city 14014- military unit Annotation: based on the study of the psychological characteristics of military personnel, the analysis of the factors that provoke stress manifested in them makes it possible to research methods of their prevention, and methods and means of revealing the socio-psychological characteristics of the manifestation of stress in the person of military personnel are researched and effective recommendations are presented. Keywords: social situation, determination of the manifestation of the level of tolerance, psychological knowledge, military service, stress, military personnel, social environment and stress factors. 179 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Yangi O’zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- ma’rifiy asoslari yaratildi, «...davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish»[1] chora- tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Ularga ko’ra, Qurolli Kuchlarning barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan maktabga aylanishiga erishish, Qurolli Kuchlarning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va raqamlashtirishni yanada takomillashtirish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni saralash va tanlab olish tizimini yanada rivojlantirish, Mudofaa vazirligi qo’shinlarida rahbar lavozimlariga kadrlar zahirasini yaratish tizimini rivojlantirish ustuvor vazifalarini belgilab bermoqda. Bu esa psixologiya sohasi mutaxassislarini Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlar boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlash hamda takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish bo’yicha yangi yechimlar topishga yo’naltirmoqda. Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etishda turli xil qarashlar mavjud bo’lsa-da, ular alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmagan. O’zbekistonda Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari uchun ahamiyatli bo’lgan masalalar bo’yicha ko’plab psixolog olimlar tadqiqot olib borishgan. Ular jumlasiga E.G’oziev, V.Karimova, I.Mahmudov, D.Muxamedova, R.Samarov, A.Rasulov, L.Tursunov, S.Axrorov, L.Ravshanov va boshqa olimlarni kiritish mumkin[2]. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida», 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»[3]gi Qarori, 2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-son «O’smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori va 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o’tash tartibi to’g’risidagi Nizom»[4], 2022 yil 14 yanvardagi Xavfsizlik Kengashidagi so’zlagan nutqidagi talablari va mavzuga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Hamdo’stlik davlatlarida harbiy rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik muammosi A.Averin, G.Andreeva, T.Bazarov, Ye.Vendorov, L.Laptev, V.Lobanov, V.G.Mixaylovskiy, Ye.Mogilevkin, V.F.Perevalov, V.N.Yakovleva kabi yetakchi olimlarning izlanishlarida o’z aksini topgan[3]. Xorijiy mamlakatlarda I.Ansof, P.J.Zimbardo, A.M.Klarke, R.S.Miles, P.T.Navarro, T.J.Frakes, M.F.Silvistri, R.M.Stogdil, D.E.Super, F.U.Teylor, F.E.Faydler, G.D.Xeyl, N.B.Enkelьman, G.A.Yuki va boshqa olimlarning tadqiqot ishlarida ham Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik muammolarining ayrim jihatlari o’z aksini topgan4. Ammo Qurolli Kuchlar tizimidagi rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishda ijtimoiy-psixologik jihatlar ilmiy tadqiqot muammosi sifatida o’rganilma

Доказательный фрагмент

«В статье на основе изучения психологических особенностей военнослужащих проведен анализ стрессообразующих факторов, проявляющихся у них, что позволяет исследовать способы их профилактики, а также исследованы методы и…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье на основе изучения психологических особенностей военнослужащих проведен анализ стрессообразующих факторов, проявляющихся у них, что позволяет исследовать способы их профилактики, а также исследованы методы и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social situation, determination of the manifestation of the level of tolerance, psixologik bilim, ijtimoiy muhit va stress omillari., stress, ijtimoiy vaziyat, harbiy xizmatchi, bardoshlilik darajasining namoyon bo‘lishini aniqlash, harbiy xizmat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники