Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI IJODIY RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARINING SEMIOTIK TALQINI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BOSQICHLARINING SEMIOTIK TALQINI (in-academy.uz/index.php/si) · Abdusamatov Alisher Sobirovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘llanilishi, zarur pedagogik shart- sharoitlari, olimlar va ularning qarashlari, semiotikaning tarmoqlari, yo‘nalishlari va qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. kundalik hayotimizda. Undan qanday foydalanishimiz aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Semiotika, ta’lim, ta’lim tizimi, falsafa, semasiologiya, pragmatika, sintaktika. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy rivojlantirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya - pedagogik jarayonning muhim tarkibiy ekanligi haqidagi fikrni qat’iy inobatga olgan holda, uning asosiy komponentlari va jarayon sifatidagi bosqichlarini belgilash, ijodiylikning elementlarini yuzaga chiqarishga imkon beruvchi ta’limni tashkil etishning metod, shakl va vositalarini tanlash bo’yicha asosiy qoidalar pedagogik jarayonning umumiy metologiyasidan kelib chiqqan holda aniqlashtirib olinadi. P.V. Kopnin, V.A. Lektorskiy, V.I. Sadovskoy, B.C. Shvirev, G.P.Shedrovitskiy, E.G. Yudin va boshqa bir qator yetuk olimlar hamda mutaxassislarning umumiy fanlarni o’qitish metodologiyasi strukturasini o’rganishga bag’ishlangan ishlarining tahlili bu jarayonda to’rtta darajani alohida belgilash lozimligini ko’rsatadi. Bu darajalar quyidagilardir: -falsafiy; -umumilmiy; -yo’naltirilgan ilmiy; -texnologik (muayyan metodikalar va tadqiq etish usullari) [5]. Bu darajalarning ham biri ma’lum aynan bir vaqtda tashkil etiladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarning tarkibiy qismi bo’la olishi hamda o’zaro to’ldiruvchanlik, rivojlantiruvchanlik kabi xususiyatlarga egaligi muhimdir. Umumiy fanlarni o’qitish strukturasidagi kichik yoshdagi o’quvchilarni ijodiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan ta’lim metodologiyasining birinchi - falsafiy darajasi bilish va borliqni anglash jarayonining ta’lim oluvchida dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlarni aniqlashtirib olishni nazarda tutadi. Metodologiyaning mazkur darajasida inson ichki dunyosini o’rganishni maqsad qiluvchi falsafiy ta’limotlar - ekzistentsializm, pragmatizm, dialektik materializm, neopozitivizm asos sifatida olinadi va ularning mohiyati boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan barcha o’quv fanlarining mazmun-mundarijasida ham o’z aksini topadi (bunda zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchini shaxs sifatida rivojlantirishdan iborat ekanligi muhim faktor sifatida inobatga olinadi) [4]. 8 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Biz o’quv fanlarni o’qitish metodologiyasining falsafiy darajasi uchun asos sifatida xizmat qiluvchi muhim falsafiy yondashuvlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ekzistentsializm shaxs bilan bog’liq muammolarga asosiy e’tiborni qaratadi. Ma’lumki, shaxs tabiati ijtimoiy va individual jihatlarga ega bo’ladi: ekzistentsializmda shaxs tabiatining ijtimoiy (ya’ni jamoaviy) xususiyatlari inkor etiladi (yoki qisman cheklanadi) va bu xususiyat individuallikka qarshi qo’yiladi. Mazkur ta’limotga ko’ra, «individuallik» – tabiiy va ijtimoiy aspektlarda yaxlit (birbutun) hisoblangan shaxsning ma’nan va ruhan o’z-o’zini anglashini (ekzistentsiyani) ifodalovchi tushunchadir. Ya’ni inson o’zini «kashf etish», o’z yo’lini tanlash, o’zi uchun maqbul narsalarga ega bo’lishga intilish ma’nolarida erkindir va bunda u faqat o’zining sub’ektivligiga tayanadiki, bu sub’ektivlik mohiyati insonning atrofdagi hech bir sub’ektga bog’liq emasligida namoyon bo’ladi [1]. Ta’limga ekzistentsializmning eng muhim qoidalarini joriy etishda ta’lim oluvchining fikrlash harakatlariga kirmaydigan qobiliyatlari (his etish, o’z-o’zini boshqarish, iroda va shu kabilar)ga ko’proq urg’u berish nazarda tutiladi. R. Shtayner, Sh. Amonoshvili, B.C. Bibler va boshqa ko’plab olimlarga ko’ra – o’qituvchining ta’lim jarayonidagi ikki tomonlama muloqot muhitini yaratishdagi asosiy sub’ektligi nuqtai nazaridan – bu bir tarafdan, o’qitishni (ya’ni ta’lim jarayonini) ta’lim oluvchining shaxsiy o’ziga xosliklarini inobatga olgan holda tashkil etishga, ikkinchi tomondan esa, ta’limga insonparvarlik (insoniylik, erkinlik, demokratiya) g’oyalari hamda tamoyillarini keng joriy etishga imkoniyatlar yaratadi [5]. Bolani ijodiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya metodologiyasiga asos bo’lishi mumkin bo’lgan falsafiy ta’limotlardan biri pragmatizmdir. Pragmatizmning bilish, dunyoqarash va borliqni anglash bilan bog’liq o’quv harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan asosiy qoidasi ta’lim oluvchining muayyan sotsiumga tezroq va «qulayroq» moslashish bo’yicha shaxsiy tajribasini boyitishdan iboratdir. Bunda ta’lim va tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bolani «munosib yashashga o’rgatish» hisoblanadi, degan fikrdan kelib chiqiladi. Aytish kerakki, pragmatizm g’oyalari ayrim o’rinlarda tizimli bilim, malaka va ko’nikmalar shakllantirish, binobarin, o’quv dasturlari va o’quv rejalarini ilmiy asoslab
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘ll…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘ll… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim, sintaktika., pragmatika, falsafa, ta’lim tizimi, semasiologiya, Semiotika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024