К содержанию
РецензированоRU2026

MARKAZIY OSIYO MUTAFFAKKIRLARINING DAVLATCHILIK TO’GRISIDAGI GOYALARI VA QARASHLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · GOYALARI VA QARASHLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Jumayev B.U. (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В этой статье рассказывается об Амире Темуре и его видении объединения тюркского улуса и тюркских народов в централизованном государстве, а также о его практической работе по этому вопросу. Кроме того, в статье даны размышления об истории и этнической принадлежности узбекского народа. Ключевые слова: Турецкий, тюрки, среднеазиатский, идентичность, ислам и т. д. Annotation This article will talk about the views of Amir Timur and his centralized state on the unification of the Turkic Ulus and Turkic peoples, as well as his practical work on this issue. In addition, the article also reflects on the history and ethnic similarities of the shalling of the Uzbek people. Keywords: Turkish, Turkish, Central Asia, Identity, Islam, etc. Markaziy Osiyo xususan oʼzbek xalqi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, islom dini misolida bir dinning oʼzi XIV-XV asrlar mobaynida unga boʼlgan turli xil yondoshuvlar natijasida ikki xil funktsiyani bajarganligini kuzatish mumkin. Bu ikki funktsiya mintaqada yuz bergan ikki buyuk uygʼonish davri bilan bogʼliqdir. Yaʼni bu IX-X va XIV-XV asrlar boʼlib, aynan shu davrlarda bir tomondan oʼzbek xalqi xalq sifatida shakllangan boʼlsa, ikkinchi tomondan, bu davrda milliy shakllanishdagi muhim ijtimoiy-siyosiy omillar yuz beradi. Bular - ijtimoiy omillar sifatida maʼnaviyat, din, mafkura, iqtisodiyot boʼlsa, siyosiy omillar sifatida mavjud siyosiy tuzum va davlat boshqaruvi davomida erishilgan ulkan yutuqlar edi. Аynan shu davrlarda milliy shakllanish uchun ham siyosiy, ham ijtimoiy muhit mavjud edi. Islom dini zoʼravonlik asosida targʼib qilingani bilan xalq xarakterida doimiy kurashlar natijasida shakllangan tolerantlik xususiyati milliy xarakterda har qanday zoʼravonlik yoki bagʼrikenglik bilan qabul qilingan jihatlardan ham kelajak uchun yaxshilik yoʼlida foydalanish sifatini shakllantirdi. Bu oʼzbek xalqining identiklik jarayonida murakkab tarixiy vaziyatlardan foydalana olish, sharoitdan oqilona xulosa chiqarish kabi eng noyob fazilatlari edi. Xususan oʼzbek xalqining davlatchilik tarixiga nazar tashlaydigan boʼlsak, biz uni qadimgi Xorazm davlatidan tortib, to Аmir Temurning markazlashgan davlati va undan keyingi davrlarni keltirishimiz mumkin. Bu davrlarning har biri aholi ongiga oʼziga xos tarzda taʼsir oʼtkazish bilan birga, maʼlum bir dunyoqarashni ham shakllantirgan. Bugungi kunda olimlar oʼzbek davlatchiligi 2700 yillik tarixga ega ekanligi haqidagi nazariyalarni ilgari surmoqda. Bu haqida tarixiy manbalar va yirik tarixiy asarlardagi maʼlumotlar ham xabar beradi. Boshqacha aytganda, tarixnavislikning rivojlanib borishi va ularda jamiyat hayotining 31 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si turli yoʼnalishlari boʼyicha maʼlumotlarda oʼz aksini topishi, oʼzbek davlatchiligi boy taraqqiyot yoʼliga ega boʼlib kelganini koʼrsatadi. Bundan tashqari dunyoga mashhur Strabon, Plutarx, Kvint Kurtsiy Ruf, Gerodot kabi tarixchilar bilan birga oʼrta asrlar tarixshunosligida sulolaviy tarixlarga bagʼishlangan asarlar ham buni tasdiqlaydi. Аmmo davlatchilikni bosh manbai bu - xalq hisoblanadi. Oʼzbekiston hududida tashkil topgan ilk davlatlar boshqa qabila va etnoslar birligi asosida vujudga keladi. Keyinchalik esa bu davlatlar siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaifligi tufayli ular oʼrnida siyosiy jihatdan ustunlikka ega boʼlgan markazlashgan davlatlar tashkil topa boshlaydi. Bu markazlashgan davlatlar siyosiy-iqtisodiy jihatdan kuchli boʼlganligi tufayligina uzoq muddat davomida boshqaruv va strategiyani saqlab tura olgan. Shundan kelib chiqqan holda XIV asrning 60-yillarida Mavorounnahrda hukm surgan nixoyatda ogʼir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Аmir Temur oʼz davrining bunday talabini yaxshi tushungan va u shuning uchun ham bor eʼtiborini Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Аmir Temur oʼz siyosatining gʼoyaviy asosini tashkil etishda oʼzbek xalqining tarixiy ildizlari bilan chambarchas bogʼliq boʼlgan turk ulusini birlashtirish maqsadiga tayandi. Bunda u xalqni birlashtirish uchun yagona eʼtiqodga birlashtirish lozimligin tushungan edi. Yagona eʼtiqod manbaini shakllantirish Markaziy Osiyoda islom dinining rolini oshirish, tasavvuf tariqati vakillariga tolerant munosabatda boʼlish asosida qurilgan edi. Boshqa tomondan ushbu davrda tasavvufning naqshbandiya suluki yetakchi xarakter kasb etib, unda mehnatga, insonga boʼlgan ratsional munosabat, boshqa suluk, mazhab, din vakillariga tolerant kayfiyat ijtimoiy- siyosiy hayotda vaqt oʼtib uygʼonish davri hodisasining shakllanishiga olib keldi: “Soʼfiylik gʼoyalari ushbu davr ijtimoiy tafakkuriga ulkan taʼsir koʼrsatgan. Ulardan mavjud jamiyatning oʼtkir ijtimoiy ziddiyatlarini hal etishda foydalanilgan. Bularning hammasini Oʼrta Osiyo jamiyatining keng qatlamlarini qamrab olgan keng harakatlariga qiyos etish mumkin. Bu jarayon XV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr jamiyatida naqshbandiya suluki va uning mashhur arb

Доказательный фрагмент

«В этой статье рассказывается об Амире Темуре и его видении объединения тюркского улуса и тюркских народов в централизованном государстве, а также о его практической работе по этому вопросу.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье рассказывается об Амире Темуре и его видении объединения тюркского улуса и тюркских народов в централизованном государстве, а также о его практической работе по этому вопросу. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkish, Turkish, Central Asia, Identity, Islam, etc, identiklik, islom dini va boshqalar., Markaziy Osiyo, turkiylar, Turk
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники