Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA UMR TASVIRI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Shukurova Gulixonim Ilhom qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Abdulla Oripovning she’riyatidagi umr, vaqt va hayot falsafasi bilan bog‘liq motivlar tahlil qilinadi. Shoirning falsafiy tafakkuri, umrning qadriga yetish, inson umrining ma’nosi va mazmuni haqida bergan badiiy-falsafiy talqinlari o‘rganiladi. Tayanch so‘zlar: Abdulla Oripov, she’riyat, umr, falsafa, vaqt, hayotiy mazmun, badiiy obraz. Kirish. O‘zbek xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov she’rlarini yod olmagan, so‘zi kuy-qo‘shiqqa ko‘chganda yurakdan tinglamagan birorta yurtdoshimiz topilmasa kerak. Shoir she’rlarini o‘qiganda hayotga nazar tashlaymiz. Hayotning o‘zi falsafa ekanligini anglaymiz. Abdulla Oripov she’riyatida chuqur falsafiy o‘ylar yetakchilik qiladi. Uning she’rlarida bugungi kun nafasi ufurib turadi. Kimgadir yaxshi gap aytdik, birodar, Kimdir bir umrga ranjib ham ketdi. Kun kecha yosh derdik o‘zni bir qadar, Bugun-chi, balog‘at payti ham yetdi. Dastlabki, misralarning o‘zidayoq lirik qahramon so‘zning qanchalik qudratga ega ekanligini yoritgan. Bu zabon yaxshi va yomon so‘zni birdek ifoda etadi. Ammo insonlar so‘zning asl ma’nosini kech anglab yetadi. She’rning davomida umrning o‘tkinchiligi, vaqtning qadrsizligi ta’kidlab o‘tilgan. Inson hayoti davomida qalbidagi tug‘yonlar og‘ushida yashaydi. Kimgadir aytishga botina olmaganrahmat yoki uzrlarimiz “yillar armoni"ga aylangan. Shoir bundan buyukroq armonni ko‘ra olmadi. Chunki dunyoni mukammal ko‘rishni istadi. Bu dunyodagi hech bir narsa mukammal bo‘lmaganidek, odamzod ham bundan mustasno emas. Insonga tobemas zamon, inchunun, Inson yuragida alamlar qat-qat. Faqat bir taskin bor, barchasi uchun Afsus cheka bilsang – shu ham bir davlat. Abdulla Oripov bu to‘rtlikda inson ruhiyatidagi eng nozik nuqtalarni ochib beradi. Hayotda zamon taqozosi bilan duch kelinadigan og‘irliklarga bardosh berish, afsus chekib, ruhiy poklanish orqali ichki taskin topish insonning ma’naviy yuksalishiga olib keladi, deydi shoir. Yurakdagi alamlarga bir taskin bor, albatta, u ham bo‘lsa chin dildan afsuslanishdir. Bu fikr nafaqat poetik go‘zallik, balki chuqur falsafiy hikmat hamdir. “Shoirning so‘zlaridan zamondoshlari ham kelgusi avlodlari ham faxrlanib yuradilar”, - deb yozgan edi ulug‘ shoirimiz Chingiz Aytmatov. Abdulla Oripov bugungi kun shiddatini o‘z she’rlarida yorqin ifoda etgan. Shoir lirikasi insonni ogohlikka da’vat etuvchi hayot bilan hamnafas bo‘lgan holda umrning o‘tkinchiligiga ishora qiladi. Abdulla Oripov she’riyatida umr tasviriga ko‘p e’tibor qaratgan, hayotdan falsafa izlash, bu hayotga kelib, eng muhimi inson bo‘lib yashash kerakligini shoir takror va 41 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si takror aytadi. Shoir lirikasi o‘ziga xos bo‘lib, she’rlaridagi kompozitsiya bir-birini takrorlamaydi. Ijodkor she’rlarini o‘qigan kitobxon, bosib o‘tgan yo‘liga, umriga nazar tashlaydi, o‘z hayotini mushohada qilishga undaydi. Chunki shoir she’riyatida falsafiylik yetakchilik qiladi. Zero, hayotning o‘zi -falsafadan iborat. Shoirning she’rlari hayotni anglashga, hech bo‘lmasa sof vijdon bilan yashashga undaydi. Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda, insonlar o‘zligidan, vijdonidan kechib ketmoqda. Demakki, Abdulla Oripov she’riyati mehr-muhabbatdan uzoqlashib borayotgan, diydasi qotgan insonlarga kerak. Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripov she’riyatida umr masalasi teran falsafiy mazmunda ifodalanadi. Uning she’rlarida inson umrining o‘tkinchiligi, qadri, ma’nosi va hayot mazmuni chuqur mushohada bilan yoritilgan. Shoir o‘z ijodi orqali o‘quvchini umrning qadriga yetishga, har onni g‘animat bilib yashashga da’vat etadi. Shoir o‘z uslubiga, o‘z qalamiga, adabiyot gulshanida o‘z o‘rniga ega ijodkorlardan biridir. Shoir falsafiy ruhda yozgan she’rlari bilan nomini abadiyatga muhrlab ketdi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Abdulla Oripovning she’riyatidagi umr, vaqt va hayot falsafasi bilan bog‘liq motivlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Abdulla Oripovning she’riyatidagi umr, vaqt va hayot falsafasi bilan bog‘liq motivlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy obraz., umr, she’riyat, vaqt, Abdulla Oripov, falsafa, hayotiy mazmun
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026