Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FRAZEOLOGIZM VA PAREMALAR HAMDA ANTROPONIMLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Nigora Raxmatullayeva (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article analyzes the types of stable compounds in the Uzbek language, their semantic structure, components. The issue of the national-cultural coloring of phraseology, proverbs, sayings is highlighted. Keywords: lexeme, semantic structure, phraseology, phraseological combination, paremas. Ikki va undan ortiq so`zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo`lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalar sirasiga frazeologizmlar, maqol va matallar, aforizmlar kiritiladi. Ulr ham milliy mohiyatga ega lingvomadaniy birliklardir. Ikki va undan ortiq so`zning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma`nosi odatda bir so`zga, ba`zan so`z birikmasi, gapga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiritiluvchi, ko`chma ma`noli barqaror (turg`un) birikma ibora yoki frazeologizm deyiladi. Masalan, 1. U ilonning yog`ni yalagan odam. 2. Biz-ning orzularimiz ko`p edi, ammo peshonamizga yozilgani shu bo`ldi.3. Ikkala do`st gapni bir joyga qo`yib ish boshlashdi. Bu gaplarda ilonning yog`ini yalagan (mug`ombir), peshonamizga yozilgani (taqdir, qismat), gapni bir joyga qo`ymoq (ahdlashmoq, kelishmoq) frazologizmlari qo`llangan. Frazeologizmlar tilshunoslikda frazema, frazeologik birikma, ibora deb ham ataladi.1 O‘zbek tilida to‘y uzvli frazeologizmlar ham mavjud: to‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq, to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq kabi. To‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq frazeologizmi“ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yurmoq ”ma’nosini anglatadi/ Mazkur ibora to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq variantida ham qo‘llanadi. Masalan, To‘ydan ilgari nog‘ora chalma, xotin, hali o‘g‘ling uylanadigan bo‘lgani yo‘q. Avval o‘qishini bitirsin, ishi tayin bo‘lsin. (P.Qodirov. Uch ildiz) 1Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent, 2019. – B.118. 140 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo To‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq frazeologizmi gap odadan oldin chang ko‘tarmoq frazeologik birligi sinonim bo‘ladi. Maqol va matallar ham lingvomadaniy birliklardir. Maqol, matal va aforizmlar paremalar deb ham yuritiladi. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, alohida ritmik-melodik xususiyatlarga ega, xalq donishmandligi mahsuli bo`lgan barqaror birikmalar maqol sanaladi. 2O‘zbek tilida to‘y uzuvli va to‘y konsepti bilan bog‘liq maqol va matallar ham mavjud. To‘y etnografizmi o‘zbek tilida quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: O‘zbek lingvomadaniyatida to‘y marosimi shunchalar chuqur o‘rin olganki, bu xalq og‘zaki ijodida ham yorqin kuzatiladi. O‘zbek tilida to‘y qo‘shiqlari, ya’ni laparlar, yor-yor bilan bir qatorda paremalar ham yaratilgan. “To‘ydan oldin nog‘ora qoqma”, “To‘yga borsang, to‘yib bor”, “To‘yga borsang, to‘yib bor, To‘rqa to‘ning kiyib bor”, “To‘y oshi – to‘polon oshi”, “To‘yning boshi – boshlanguncha”, “Qo‘y semizi – qo‘ychidan, To‘y tamizi – to‘ychidan”, “To‘y kimniki – tegishliniki”, “To‘y – Xudoning xazinasi”, “To‘y ustiga to‘y bo‘lsin, Balo-qazo yo‘q bo‘lsin” kabi.3 Bu maqollar va ularning variantlarida o‘zbek xalqiga xos to‘y bilan bog‘liq ezgu an’analar, urf-odatlar, xususan, yaqinlarga, qarindoshlarga duo qilib to‘y qilishni tilash, to‘yning ezgulik, to‘kinlik, tinchlik, hamjihatlik, yaqinlik, o‘yin-kulgu, xursandchilik, mehmondo‘stlik ramzi sifatida talqin qilinishi ularning haqqiqiy lingvomadaniy birlik ekanligidan dalolat beradi. To‘y uzuvli paremalarning har biri alohida mazmunga ega, biroq ularning barchasida to‘y bilan bog‘liq masalalargina emas, sabr-toqat, saxovat, elga hurmat, himmat, nafsnitiyish, kamtarlik bilan axloq-odobga doir pand-u o‘gitlar ham o‘rin olgan. “To‘yga borsang, to‘yib bor, `yomonliging qo‘yib bor” maqoli“Jamoat yig‘iladigan joylariga, jumladan to‘yga, mehmondorchilikka “alaqay-shalaqay” bo‘lib borma, durustroq kiyimingni kiyib bor: jamoat yig‘ilgan joyda yomonlik qilma, nihoyatda odob saqla, to‘y-ziyofatda ovqatni ochko‘zlardek orqa-o‘nginga qaramay yema” deb nasihat qilganda aytiladi.4“To‘yga borsang, to‘yib bor, To‘rqa to‘ning kiyib bor”maqoli ham xuddi shu mazmunga ega. Maqoldagi dialectal to‘rqaso‘zi to‘n, ya’ni shoyi matodan tikilgan to‘n ma’nosida qo‘llangan. “To‘yga borsang, to‘yib bor, Bo‘z xaltangni qo‘yib bor”, “To‘y oshi – to‘polon oshi”maqollarida esa “to‘y oshi va boshqa pishiriqlar ko‘pchilikka mo‘ljallangan. Mehmonlar ko‘payib ketsa, kamroq suzilishi, nimadir yetishmay qolishi mumkin, bundan gina qilma, o‘pkalama, xafa bo‘lma/ Totib ko‘rsang ham to‘ygandek bo‘lasan” deyiladi. Xalqimizning “To‘yga borsang, burun bor, `Burunborsang, o‘rinbor” maqolida“Chaqirilgan joyga, yig‘inga aytilgan vaqtda kechikmasdan yoki sal ertaroq bor, juda erta yoki kech borib to‘y egasini xijolatga qo‘yma”degan g‘oya ilgari suriladi. “To‘yda so‘z ber baxshiga, Xaridor bo‘l yaxshiga” maqolida esa“to‘y va boshqa yig‘inlarda gapirishi lozim bo‘lgan kishilarga so‘z ber, yoshi kata nuroniy otaxon va onaxonlarning pand-u o‘gitlarini es
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the types of stable compounds in the Uzbek language, their semantic structure, components.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the types of stable compounds in the Uzbek language, their semantic structure, components. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexeme, semantic structure, phraseology, phraseological combination, semantik struktura, paremalar., frazema, frazeologik birikma, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025