К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO XONLIGIDA ASHTARXONIYLAR SULOLASI VAKILLARINING HUKMRONLIGI DAVRIDA TA’LIM SOHASI VA ILM-FAN RIVOJI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sulaymonov Boburjon Dilmurod o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Buxoro xonligi davrida (1501 – 1756) O‘rta Osiyoda madaniy hayot, ilm- fan sohasi har tomonlama rivoj topdi. Temuriylar davridagi renesansdek taraqqiy topmagan bo‘lsa-da, to‘xtab qolgani yo‘q edi. Dastlab Shayboniylar sulolasi davrida (1501-1601) XIV-XV asrlardagi O‘rta Osiyoda yuz bergan ikkinchi renesans davridagi ta’lim, ilm-fanning ma’lum bir ko‘rinishlari davom ettirilgan bo‘lsa, Ashtarxoniylar sulolasining ba’zi bir ilm-fan sohasiga qiziqqan, qo‘llab-quvatlagan hukmdorlari davrida ham bu sohada bir qancha tatqiqotlar olib boriladi. XVII asr boshlariga kelib, Buxoro xonligida hokimiyatga kelgan ashtarxoniylar sulolasi (1601 – 1756) davrida o‘zaro ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar va siyosiy parokandalik avj oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, murakkab diniy va siyosiy vaziyat ashtarxoniylar davrida maorif, ilm-fan va madaniyat rivojini davom ettirilishiga to‘iq bo‘la olmadi. Ushbu maqolada yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda mavzuni ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Ashtarxoniylar, Buxoro, ilm-fan, Imomqulixon, Bahr al-asror, ijtimoiy- falsafiy yo‘nalish, Nadr Muhammadxon, diniy ilmlar, Abdulazizxon, Subhonqulixon, ta’lim, madrasa, taskira. Ashtarxoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan paytda Markaziy Osiyoda murakkab siyosiy vaziyat hukm surar edi. Bir tomondan, janubdagi kuchli Eron Safaviylari sulolasi (1502 – 1736) vakillari Xurosonga hujum uyushtirayotgan, janubi-sharqdan esa Boburiylar sulolasi vakillari ham xonlikning janubiy chegaralarida paydo bo‘la boshlagan edi. Shimoldan esa Qozoq xonliklarining xonlikka nisbatan bosqinchilik siyosat mavjudligi siyosiy holatning beqarorligini ko‘rsatib berar edi. Shunday bo‘lsa ham Imomqulixon, uning ukasi Nadr Muhammadxon va jiyanlari Abdulazizxon va Subhonqulixonlar davrida Buxoro xonligida madaniy sohada bir qator yutuqlarga erishildi. Aniq qilib aytganda, bu sulola davrida ham ilm- fan, me’morchilik va amaliy san’at, madaniyat taraqqiyoti davom etdi. Bu davrdagi ijtimoiy- falsafiy fanlar ilgari asrlar an’analari asosida taraqqiy etib, bir qator davrga mos yo‘nalishlar ham paydo bo‘ldi. Zamonaviy tadqiqotchilar bu davrdagi ijtimoiy-falsafiy fanlar rivoji ayniqsa adabiyot, tarixnavislik, falsafiy-huquqiy hamda ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishlarida sezilarli bolganligini ta’kidlashadi. Bu davrda o‘rta asrlardagi an’anaviy tarixnavislik davom ettirilib, ko‘pgina tarixiy adabiyotlar yaratildi. Chunonchi, Mahmud ibn Valining XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi Xuroson va Movarounnahr tarixiga oid «Bahr al-asror» asari, Muhammad Yusuf Munshiyning Balx hokimi Muqimxonga atab yozilgan «Tarixi Muqimxoniy» asari, Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul muluk» badiiy-tarixiy asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tuhfat ul-xoniy», Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxon» kabi tarixiy asarlarini aytib o‘tish lozim. Bu asarlaming aksariyatida xon hokimiyatini, uning shaxsini ulug‘lash bilan birga, o‘sha davr jamiyatidagi inqirozli holatlar siyosiy tarqoqlik va o‘zaro urushlar natijasi ekanligi to‘g‘ri anglanib, bunday 152 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo holatlarga bahram berishning asosiy chorasi hokimiyatni markazlashtirish hamda uni adolatli boshqarishdir, degan fikrlar ham ilgari surilgan [1;234]. Mamlakatni markazlashtirish sulolaning uchinchi hukmdori Imomqulixon davrida yaqqol ko‘rinadi va bu turli sohalarda bu davrda yuksalish bo‘lganligi ko‘rsatadi. Imomqulixon ilm-fan sohasiga ham o‘z hissasini qo‘shdi. U she’rlar bitganligi tarixiy manbalarda aks etgan. U ulamo va shoirlar suhbatidan lazzat topib, ilm-fan ahllariga ham homiylik qildi. XVII asrning o‘rtalarida ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishda ijod qilgan yirik vakillardan biri Muhamadjon Yusuf Alqorabog‘iy (1563-1647) edi. U Kavkazning Qorabog‘ qishlog‘ida tavallud topgan. Ma’lumotlarga qaraganda mavlono Yusuf Qorabog‘iy Samarqandda ijod qilib Buxoroda vafot etgan, u adabiyot, astranomiya fanlarini yaxshi bilishi bilan bir qatorda she’rlar ham yozib turgan. Mavlono chindan ham o‘z davrining bilimli kishisi bo‘lganligi uchun Imomqulixonuning suhbatlarini xush ko‘rganligi manbalarda qayd etilgan. Xon shoirlardan Turobiy va Nahliyga hurmati baland edi. Shoir Nahliy hukmdorga atab madhiya yozadi va uning moddiy muruvvatidan bahramand bo‘ladi. Imomqulixon davrida xattotlik va musavvirlarga ham alohida e’tibor berilgan. Masalan, Hoji Muhammad musavvir bo‘lib, u 1642-yili Imomqulixon partretini chizgan [2;14]. Imomqulixonning ukasi Nadr Muhammadxon davrida (1642-1645) ham ilm-fanga homiylik ishlari davom ettirildi. Bu sohada olib borgan ishlaridan biri shu ediki, uning tashabbusi bilan Balxda madrasa bunyod etilgan, uning atrofida chorbog‘lar, Balx arkidagi imoratlar, hazrati Ali mozoridagi gumbaz hamda boshqalarni aytish mumkin. Bundan tashqari u Balx hokimi davrida tarixchi, olim, sayohatchi Mahmud ibn Valiga asar yozish topshirig‘ini beradi. O‘rta asrlardagi xonliklar, hukmdor va sulolalar, joy nomlari haqida mufassal ma’lumot be

Доказательный фрагмент

«Buxoro xonligi davrida (1501 – 1756) O‘rta Osiyoda madaniy hayot, ilm- fan sohasi har tomonlama rivoj topdi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Buxoro xonligi davrida (1501 – 1756) O‘rta Osiyoda madaniy hayot, ilm- fan sohasi har tomonlama rivoj topdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulazizxon, Subhonqulixon, Buxoro, Nadr Muhammadxon, madrasa, diniy ilmlar, ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish, ta’lim, ilm-fan, Bahr al-asror, Ashtarxoniylar, Imomqulixon, taskira.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники