К содержанию
РецензированоUZ2026

AYRIM MEHNAT HUQUQIY MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI HAL QILISHNING PROTSESSUAL JIHATLARI: SUD NAZARIYASI VA AMALIYOTI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ergashova Mamura Jumavoy qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning protsessual jihatlari, xususan, bevosita tahlil qilinayotgan mehnat nizolariga xos protsessual yondashuvlar ilmiy nazariyalar hamda sud amaliyoti misolida kompleks tahlil etilgan. Shuningdek, muallif tomonidan ilgari surilgan ilmiy fikr va mulohazalar amaldagi qonunchilik normalari, mavjud statistik ma’lumotlar hamda tegishli soha olimlarining nazariy qarashlari asosida asoslab berilgan. Mehnat nizolarining yuzaga kelishiga olib keluvchi asosiy sabab va omillar chuqur tahlil qilinib, ularning huquqiy va protsessual oqibatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida esa ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish bilan bog‘liq amaldagi protsessual mexanizmlardagi muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: ish beruvchi, xodim, sud, protsess, mehnat, nizo, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasi, ma’naviy ziyon, moddiy zarar, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar, ish haqi. Annotation This thesis provides a comprehensive analysis of the procedural aspects of resolving certain disputes arising from labor legal relations, in particular, the procedural approaches specific to the types of labor disputes under examination, based on legal theories and judicial practice. The author’s scientific opinions and conclusions are substantiated by current legislative norms, relevant statistical data, and the theoretical views of scholars in the field. The main causes and factors leading to the emergence of labor disputes are thoroughly analyzed, along with their legal and procedural consequences. Based on the research findings, procedural problems related to the consideration and resolution of specific labor-related disputes have been identified, and scientifically grounded proposals and recommendations aimed at addressing these problems have been developed. Keywords: employer, employee, court, procedure, labor, dispute, dismissal, job reassignment, employment contract, moral damage, material damage, harm to life and health, salary. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning har qanday bosqichida ish beruvchi va xodimning manfaatlari o‘zaro mos kelmasligi holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bu kabi kelishmovchiliklar natijasida, ko‘pincha, ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi yoxud boshqa ishga o‘tkazadi. 164 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Odatda, ish beruvchi tomonidan mazkur jarayonni mehnat qonunchiligida belgilangan tartib va asoslarda amalga oshirmaganligi natijasida ishga tiklashga oid mehnat nizolari yuzaga keladi. Ishga tiklash – xodimni mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingunga qadar yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan avvalgi huquqiy holatiga qaytarishdir[1]. Ya’ni, xodimning buzilgan mehnat huquqlari ularning buzilganligi e’tirof etilgan davrdan boshlab tiklanishi lozim bo‘lgan huquqiy munosabatni anglatadi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq, ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bevosita sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizosi hisoblanadi (MK 558-moda). Shuningdek, o‘zi bilan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan deb hisoblaydigan xodim bevosita ish beruvchiga murojaat qilishi mumkinligi nazarda tutilgan (MK 174-modda). Biroq, ishga tiklashga oid mehnat nizolarining o‘ziga xos ziddiyatli tabiati, bir necha da’vo talablaridan iboratligi sababli bunday nizolar bo‘yicha xodimning ish beruvchiga bevosita murojaati ko‘pincha ijobiy hal etilmaydi, shu sababli, amaliyotda bunday holatlar sud orqali hal etilishi samaraliroq hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy sahifasida e’lon qilingan mehnatga oid nizoli ishlar bo‘yicha sud qarorlari tahlil qilinganda, so‘nggi yillarda ko‘rib chiqilayotgan mehnat nizolari soni barqaror o‘sib, ularning ichida esa eng ko‘p uchrayotgan toifa – ishga tiklashga oid da’volar hisoblanishi aniqlangan. Jumladan, 2019-yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan mehnat nizolariga oid jami 4 233 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning 1 165 tasi (27,5%) ishga tiklash to‘g‘risidagi da’volarni tashkil qilgan. 2024-yilga kelib, ushbu ko‘rsatkich 13 065 taga yetgan va ularning 4 265 tasi yoki 32,6 foizi ishga tiklash bilan bog‘liq ishlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, olti yil davomida mazkur toifadagi mehnat nizosining 266,1 foizga oshgani haqida asosli xulosa chiqarish imkonini beradi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, O‘zbekistonda ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari u yoki bu darajada ilmiy manbalarda tahlil qilingan bo‘lsa-da, kompleks va yagona ilmiy tadqiqot ishi Q.Mirsagatov tomonidan amalga oshirilgan [2]. Shuningdek, ishga tiklashga oid mehnat nizolarini sud tartibida hal etishning pro

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning protsessual jihatlari, xususan, bevosita tahlil qilinayotgan mehnat nizolariga xos protsessual yondashuvlar ilmiy nazariya…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning protsessual jihatlari, xususan, bevosita tahlil qilinayotgan mehnat nizolariga xos protsessual yondashuvlar ilmiy nazariya… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
employer, employee, court, procedure, labor, dispute, dismissal, job, xodim, ish beruvchi, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar, mehnat shartnomasi, boshqa ishga o‘tkazish, sud, ma’naviy ziyon, ishdan bo‘shatish, nizo, moddiy zarar, mehnat, protsess, ish haqi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники