К содержанию
РецензированоUZ1968

HALIMA XUDOYBERDIYEVA IJODINING O‘RGANILISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nusratov Bobur Bahodir o’g’li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 1968

Аннотация

This article analyzes the lyrical legacy of Halima Khudoyberdiyeva, focusing on her poetic representation of female images and national ideas. Special attention is given to the evolution of poetic thought from her first collection "First Love" to her later works. Keywords: Halima Khudoyberdiyeva, Uzbek poetry, female images, poetic thinking, national identity, literary-aesthetic analysis. 1. Kirish Halima Xudoyberdiyeva o‘zbek adabiyotiga ilk bor 1968 yilda chop etilgan “Ilk muhabbat” she’riy to‘plami orqali kirib kelgan bo‘lib, o‘sha davrdanoq o‘zining poetik ovozi, yurakka yaqin samimiy ohangi va badiiy obrazlaridagi hayotiylik bilan ajralib turdi [1]. Bu to‘plam adabiyot maydoniga yangi lirizm, falsafiy chuqurlik va milliy o‘zlik ruhini olib kirdi. Shoiraning ijodi nafaqat ayolona noziklik va tuyg‘ular, balki ijtimoiy-estetik pozitsiyasi bilan ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. U inson ruhiyati, tarixiy xotira, milliy qadriyatlarni poetik ifoda bilan uyg‘unlashtira olgan ijodkordir. Shoiraning keyingi to‘plamlari – “Oq olmalar” (1973), “Chaman” (1974), “Suyanch tog‘larim” (1976), “Muqaddas ayol” (1987), “To‘marisning aytgani” (1996) va boshqalarda ayollik timsoli, milliy ruh, tarixiy qiyosiylik, axloqiy-estetik mezonlar chuqur ifoda etilgan. Shoiraning asarlari turkiy va yevropa xalqlari tillariga tarjima qilinib, xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilgan. 2. Metodologiya Tadqiqot quyidagi metodologik yondashuvlarga asoslandi:  Adabiy-estetik tahlil: Shoiraning turli yillarda chop etilgan 10 dan ortiq she’riy to‘plami tematik va stilistik jihatdan tahlil qilindi.  Komparativ tahlil: Halima Xudoyberdiyeva ijodi XX asr o‘zbek lirikasining yirik vakillari ijodi bilan solishtirildi (Zulfia, Abdulla Oripov, Mirtemir, Oybek). 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo  Diskursiv yondashuv: Shoiraning publitsistik maqolalari, adabiyotshunoslar tahlillari (Sharafiddinov, Mamajonov, G‘ofurov, Sarimsoqov) asosida estetik konsepsiyalari aniqlashtirildi.  Poetik-psixologik tahlil: Shoira lirik qahramonining ichki kechinmalari, hayotga estetik qarashlari psixologik tahlil nuqtai nazaridan yoritildi. 3. Natijalar  “Ilk muhabbat” to‘plamida yoshlik lirikasining yangi, sof va samimiy ohangi, poetik tafakkurda bolalarcha ishonuvchanlik va tuyg‘ularning tozaligi kuchli aks etgan.  Shoiraning asarlarida xalq og‘zaki ijodi (folklor), tarixiy shaxslar obrazlari, ayol qismati va ona-Vatanga muhabbat asosiy g‘oya sifatida ilgari surilgan.  “Muqaddas ayol”, “To‘marisning aytgani” to‘plamlarida tasavvufiy tafakkur, qadimiy tarix bilan zamonaviylik uyg‘unlashgan. Bu holat o‘zbek she’riyatida yangicha estetik paradigmaga asos bo‘lgan.  Shoiraning poetik ifoda uslubi xalqning ruhiy kechinmalari, ijtimoiy voqealarga munosabatini ramziy va obrazli vositalar orqali yetkazadi. 4. Muhokama Adabiyotshunoslik fanida tan olingan haqiqat shuki, estetik ideal – bu ijodkorning badiiy tafakkuri va ruhiyatini ifodalovchi muhim mezondir. Aynan shu ideal asarlarning hayotiy material tanlovi, unga yondashuv shakli, badiiy umumlashtirish va estetik baholash mezonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Lirik qahramon har bir she’rda o‘zini takrorlamasada, u muallifning dunyoqarashi, estetik ideali, ijodiy prinsiplar va qarashlarining mujassam badiiy timsolidir. Demak, ijodkor asarlaridagi lirik obrazlar orqali hayotga munosabatini, hodisalarni qanday baholashini, qaysi fikrlarni ilgari surishini va nimalarga da’vat etishini estetik ideal shakllantirib beradi. Har bir she’rda ilgari surilgan g‘oya muallif tafakkurida pishib, qalbida yashnab, qog‘oz yuzasiga tushadi. Shu jihatdan olganda, lirik qahramon – bu san’atkor shaxsiyatining ichki tarjimoni, deyish o‘rinlidir. Ijodkorning hayotda to‘plagan hissiy va tafakkuriy tajribasi badiiy anglash va umumlashtirish orqali poetik ong mahsuliga aylanadi. Bu esa san’at nazariyasining estetik asoslarini boyituvchi badiiy sintez hisoblanadi. Halima Xudoyberdiyevaning “Inshoolloh”, “So‘nggi oh”, “Tushunmasman”, “Eldoshlarim”, “Dunyo larga sig‘magan g‘avg‘o”, “Men ketsam...”, “Eldoshlarim ichra yurib”, “Hurliq oti”, “Bu dunyoning ko‘zlari”, “Zehn solsam, o‘ dunyo...” kabi she’rlari shoiraning badiiy-falsafiy qarashlarini ifodalaydi. Misol uchun, “Inshoolloh” she’ridagi quyidagi misralarda lirik qahramon ifodalayotgan ishonch, aslida, shoiraning yurak ohangidir: Inshoolloh, bo‘lsa umr vafosi, Men xalqimning suyanch tog‘i bo‘lurman. Nodiraning qayta kelgan sadosi, Turk-Turonning chinqiriqlari bo‘lurman. Bu satrlar xalq tarixining chuqur qatlamlaridan, yer bag‘ridan otilib chiqqan buloq suvi singari, Halima Xudoyberdiyevaning ruhiy olamidan, qalbining tubidan sizib chiqqan badiiy tafakkur mahsulidir. Shu sababli lirik obrazni shoira qalbining tilmohi, ichki dunyosining badiiy tarjimoni sifatida talqin qilish mumkin. Shoiraning poetik obrazlari chuqur ramziy ma’nolar bilan boyitilgan. Tog‘ va sado she’r satrlarida asosiy poetik g‘oyani yorqinlashtirish vazifasini bajaradi. Tog‘ xalqning sabr-toqat

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the lyrical legacy of Halima Khudoyberdiyeva, focusing on her poetic representation of female images and national ideas.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the lyrical legacy of Halima Khudoyberdiyeva, focusing on her poetic representation of female images and national ideas. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Halima Khudoyberdiyeva, Uzbek poetry, female images, poetic thinking, o‘zbek she’riyati, Halima Xudoyberdiyeva, badiiy-estetik tahlil., milliylik, poetik tafakkur, ayol obrazlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники