К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI MAHALLIY SANOAT BRENDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli (in-academy.uz/index.php/yo) · Abu Rayhon Beruniy nomidagi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article analyzes the opportunities for developing the brands of local industrial enterprises operating in the Kashkadarya region through digital platforms. It covers ways to promote products and services through digital marketing tools, social networks, online marketplaces and websites, strengthen direct communication with consumers, and increase brand recognition in the market. It also provides real examples and practical suggestions based on the current situation in the Kashkadarya region, the level of development of digital infrastructure, and the experience of local enterprises. Based on the results of the study, recommendations are put forward to strengthen the marketing potential of regional industrial enterprises in the digital environment. Keywords: Digital platform, local brand, industrial enterprise, digital marketing, social networks, Kashkadarya experience, marketing strategy, online sales, brand image, reaching the audience. 20 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Kirish: Global iqtisodiyotning raqamli transformatsiyalashuvi sharoitida marketing, savdo va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sohalari tubdan o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, sanoat korxonalari uchun brend yaratish, uni ommaga tanitish va iste’molchi ongida mustahkamlashda raqamli texnologiyalar va platformalar muhim vositaga aylangan. Internet, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn reklama tizimlari va elektron savdo maydonchalari bugungi kunda mahsulot va xizmatlarni ichki va tashqi bozorga tezkor, samarali va kam xarajatli tarzda olib chiqish imkoniyatini yaratmoqda. Mahalliy sanoat brendlarini rivojlantirishda zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish brend imijini yaratish, unga bo‘lgan ishonchni shakllantirish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda mijozlar bilan interaktiv aloqani ta’minlashning muhim strategiyasidir. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun bu yo‘l nisbatan arzon, lekin samarali marketing kanali bo‘lib xizmat qiladi. Qashqadaryo viloyati sanoat salohiyatining o‘sib borayotganiga qaramay, bu hududda faoliyat yuritayotgan ko‘plab korxonalar hali ham raqamli marketing va brending imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalana olmayapti. Ayrim korxonalar o‘z mahsulotlarini faqat an’anaviy savdo tarmoqlari orqali sotayotgan bo‘lsa, boshqalari esa raqamli platformalardagi ishtirokini cheklangan darajada yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga, viloyatda raqamli infratuzilmaning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgani, yoshlar orasida internet va ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishning ortib borayotgani bu sohada katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqotda Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalarining raqamli platformalar orqali o‘z brendlarini targ‘ib qilishdagi hozirgi holati, mavjud imkoniyatlar, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalliy korxonalar tajribasi asosida raqamli marketing strategiyalarining amaliy jihatlari, samaradorligini oshirish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – Qashqadaryo sanoat brendlarining raqamli muhitda tan olinuvchanligini ta’minlashga xizmat qiluvchi aniq tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Adabiyotlar tahlili Raqamli marketing va brend menejmenti sohasida ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan nazariy hamda amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, raqamli platformalarning marketing strategiyasidagi o‘rni, iste’molchilarga ta’siri, brendga sodiqlikni shakllantirishdagi roli bugungi kunda ilmiy doiralarda keng yoritilmoqda. F. Kotler va G. Armstrong o‘zlarining “Marketing asoslari” nomli asarida marketingning raqamli shakllanishiga alohida e’tibor qaratgan. Ular raqamli platformalarni mijozlar bilan bevosita va ikki tomonlama aloqani ta’minlovchi vosita sifatida baholagan. Ularning fikricha, raqamli marketing vositalari orqali nafaqat mahsulot targ‘ib qilinadi, balki brendga nisbatan ijtimoiy ishonch ham shakllanadi. M. Porter esa raqamli texnologiyalarni korxona raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy omil sifatida ko‘radi. Uning “Raqobat afzalligi” (Competitive Advantage) konsepsiyasida internet va texnologik innovatsiyalarning sanoat korxonalari uchun strategik imkoniyatlar ochib berishi ta’kidlangan. O‘zbekistonlik olimlardan U.B. Hasanov raqamli marketing vositalarining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini o‘z asarlarida chuqur yoritgan. Uning “Raqamli marketing: nazariyasi va amaliyoti” nomli kitobida mahalliy biznes subyektlarining onlayn faoliyatini 21 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yo‘lga qo‘yish bosqichlari, ijtimoiy tarmoqlarda brend yuritish texnologiyalari, kontent marketing va reklama mexanizmlari atroflicha yoritilgan. R. Karakhanov esa o‘z maqolasida mahalliy sanoat korxonalarining raqamli marketingda duch kelayotgan muammolarini tahlil qiladi. U Qashqadaryo va boshqa hududlardagi korxonalar tajribasiga tayanib, infratuzilma, mutaxassislar yetishmasligi, kontent sifatining pastligi kab

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the opportunities for developing the brands of local industrial enterprises operating in the Kashkadarya region through digital platforms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the opportunities for developing the brands of local industrial enterprises operating in the Kashkadarya region through digital platforms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Digital platform, local brand, industrial enterprise, digital marketing, social, onlayn savdo, mahalliy brend, marketing strategiyasi, sanoat korxonasi, Raqamli platforma, raqamli marketing, brend imiji, Qashqadaryo tajribasi, ijtimoiy tarmoqlar, auditoriyaga chiqish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники