К содержанию
РецензированоUZ2026

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH AFZALLIKLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TAKOMILLASHTIRISH AFZALLIKLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Murodov Nuriddin Nemat o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmi va uni takomillashtirishning afzalliklari haqida so‘z yuritildi. Kalit sozlar: Tadbirkorlik faoliyati, soliq tizimi, soliq tizimini takomillashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, soliqqa tortish rejimlari, soliq imtiyozlari. Soliq tizimini takomillashtirishning bosh maqsadi iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va soliq yukini pasaytirishdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator qulayliklar yaratgan. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan soliq siyosati asosida quyidagi yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda:  soliq yukini pasaytirish: Tadbirkorlarga o‘zlarining ishlab topgan mablag‘lariga erkin va mustaqil ravishda egalik qilish imkoniyatini berish uchun soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga biznesni kengaytirish va o‘z faoliyatini samarali tashkil etish imkonini beradi. Bu jarayonning asosiy maqsadi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishdir.  byudjetning barqarorligini ta’minlash: Soliq siyosatining boshqa bir muhim yo‘nalishi - bilvosita soliqlarni ko‘paytirish orqali davlat byudjetining daromad qismidagi barqarorlikni ta’minlashdir. Bu soliqlarni to‘lashda ortiqcha yukni kamaytirib, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.  soliqlarni birxillashtirish va mexanizmlarni soddalashtirish: Soliq tizimini yanada soddalashtirish va soliqlar sonini kamaytirish, shuningdek, ularni hisoblash va to‘lash mexanizmlarini soddalashtirish doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Bu ishlar soliq to‘lovchilarga o‘z soliq majburiyatlarini osonroq va tez bajarish imkonini beradi, bu esa soliq yig‘imining oshishiga olib keladi.  tabiiy resurslardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish: Qaytadan tiklanmaydigan tabiiy, er va suv resurslarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish ham soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Bunday resurslar orqali soliq to‘lovlarini takomillashtirish va tabiiy boyliklarni yanada samarali boshqarish, ekologik barqarorlikni saqlashga yordam beradi. Soliq siyosatining belgilangan yo‘nalishlarini amalga oshirishda tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni chuqur tahlil qilish uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida yondashuvlarni ko‘rib chiqish zarur. Birinchi navbatda, aholining daromadlarini rasmiylashtirish masalasi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va jamiyatning moliyaviy salohiyatini oshirishda katta o‘rin tutadi. Aholi daromadlarining rasmiy ro‘yxatdan o‘tishi nafaqat ularning moliyaviy huquqlarini kafolatlaydi, balki davlat byudjetining barqaror daromad manbalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi. SHu maqsadda, aholining real daromadlarini oshirish orqali ularning xarid qobiliyatini ko‘paytirishga qaratilgan islohotlar bevosita iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Bu 26 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yo‘nalishda, ikkinchi darajali bo‘lgan bevosita soliqlar, xususan, jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq yukining pasaytirilishi katta ahamiyatga ega. Jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishni samarali tashkil etish ijtimoiy muvozanatni saqlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bu turdagi soliqlar bevosita aholi turmush darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham daromad solig‘ini hisoblashda qo‘llaniladigan soliq shkala doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Ushbu shkalaning zamonaviylashtirilishi soliq tizimining adolatli va shaffof bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa aholi orasida ijobiy qabul qilinadi. Daromad solig‘i bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar faqatgina ijtimoiy ahamiyatga ega emas, balki iqtisodiy rivojlanishning ham muhim bir bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Misol uchun, aholining daromadlariga soliq solish tizimida soliq yukining pasaytirilishi, bir tomondan, aholining ixtiyorida ko‘proq mablag‘ qolishiga imkon yaratadi. Bu mablag‘lar esa iqtisodiyotda iste’molni oshiradi, bozor talabini kuchaytiradi va natijada ishlab chiqarish hajmi kengayishiga olib keladi. Soliq tizimini takomillashtirish jarayonida asosiy e’tibor bilvosita soliqlarga qaratiladi. Chunki bu turdagi soliqlar tovarlar, xizmatlar yoki ishlarga narx orqali ustama sifatida qo‘shiladi va oxir-oqibat iste’molchi tomonidan qoplanadi. Ushbu xususiyat bilvosita soliqlarning ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy holatiga bevosita ta’sir qilmasligini ta’minlaydi va ular uchun iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilmaydi. Shuningdek, bilvosita soliqlar bevosita soliqlarni kamaytirish sharoitida davlat byudjetining daromad qismini barqaror saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Byudjetni to‘ldirishda ulardan tushadigan mablag‘ning o‘rni sezilarli darajada ortib boradi. Bu soliqlarning to‘lanishi iste’mol hajmi bilan bog‘liq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmi va uni takomillashtirishning afzalliklari haqida so‘z yuritildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmi va uni takomillashtirishning afzalliklari haqida so‘z yuritildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tadbirkorlik faoliyati, soliq imtiyozlari., soliq tizimi, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, soliqqa tortish rejimlari, soliq tizimini takomillashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники