Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI DARSLIKLARIDAGI LUG‘AT SO‘ZLARDAN FOYDALANISH: MAKTAB O‘QUVCHILARIDA LEKSIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ergasheva Mashxura Nuriddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article analyzes the role of keeping a dictionary notebook for schoolchildren in the process of studying and enriching the lexical wealth of the Uzbek language, as well as the methodological significance of using dictionary words in native language textbooks for grades 5–11 in language teaching. The article substantiates the fact that the dictionary notebook serves as an effective tool in increasing students' vocabulary through practical examples. Key words: lexicology, dictionary notebook, native language textbook, vocabulary words, student vocabulary, methodology, practical approach. Bugungi ta’lim tizimida o‘quvchilarning til boyligini oshirish, ularda lingvistik tafakkurni shakllantirish hamda kontekstda so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash malakasini rivojlantirish dolzarb vazifa sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, bizda shunday savol tug‘ilishi mumkin: “Nega o‘quvchi,talabada boshqa chet tillarini o‘rganish jarayonida hamisha yangi so`zlar uchun lug‘at daftarchasi bo‘ladi-yu,o‘zbek tilini o‘rganayotganda bu usulni qo‘llashmaydi?!Bu jarayonda lug‘at so‘zlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni tizimli o‘rganish, ayniqsa, yangilangan darsliklar asosida yuritiladigan lug‘at yon daftarchasi muhim metodik vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek tilining leksik boyligi haqida bilim berishda faqatgina so‘zning izohini o‘rganish emas, balki uning kontekstdagi qo‘llanilishi, uslubiy ranglari va ma’no o‘zgarishlarini ham tushunish zarur.Yangi o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan 5–11-sinf ona tili darsliklarida o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirishga xizmat qiladigan lug‘at so‘zlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu darsliklarda so‘zlar nafaqat leksik ma’nosi bilan, balki matn kontekstidagi vazifasi, semantik yuklamasi orqali ham ochib beriladi. Shunday vaziyatda lug‘at yon daftarchasi – har bir o‘quvchi uchun mustaqil til o‘rganish vositasiga aylanadi.Tilshunos olimlar fikricha, so‘zning ma’no imkoniyatlarini chuqur anglash uning matndagi kontekstual vazifasini o‘rganish orqali yuzaga chiqadi. Bu holat o‘quvchining nutqiy kompetensiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shunday ekan, lug‘at so‘zlarini chuqur tahlil qilish, ularni amaliy nutqga tatbiq etish va bularni o‘quv jarayonida tizimli tarzda yoritish — hozirgi o‘zbek tilshunosligining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Lug‘at yon daftarchasi til o‘rganayotgan shaxsning o‘zlashtirgan yangi so‘zlarini, ularning ma’nolarini, sinonim va antonimlarini, so‘z birikmalardagi ishlatilishini qayd etib boradigan shaxsiy yon daftarchasidir. Nafaqat boshqa millat vakili,balki o`zbek tili vakillari,ayniqsa bu ishni yoshlardan boshlash darkor.Bu vosita 20 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo nafaqat eslab qolishga, balki boshqa soha vakillari uchun ham so‘zlarni kontekstda qo‘llashga, stilistik ma’nolarni tushunishlariga yordam beradi. Yangi darsliklar metodik jihatdan mukammallashtirilgan bo‘lib, har bir mavzu oxirida o‘quvchilar uchun mustaqil ishlashga mo‘ljallangan “Lug‘at ishi” topshiriqlari berilgan. 1Bu topshiriqlar o‘quvchini faollashtiradi, mustaqil izlanishga undaydi.10-sinf darsligida matn asosida quyidagi so`zlar ketma-ketligi berilgan: xuruj, ongosti, g`ayriixtiyoriy, proyektor, kadr, bestseller.2 O‘qituvchi o`quvchiga ushbu so`zlarni lug‘at daftariga qayd qildirib,shu asosda o‘quvchiga turli xil topshiriqlar berishi mumkin.Masalan: Ushbu so‘zlar o‘rniga yana qanday so‘zlardan foydalanishimiz mumkin; Quyidagi so‘zlar yordamida 1daqiqalik matn tuzing va uni og‘zaki bayon qiling; Berilgan so‘zlar darslikda qanday ma’no anglatib kelgan va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qanday ma’no anglatmoqda? 10-sinf darsligidan misol: Shuningdek darslikda neologizm so`zlar ham taqdim etilgan: lokatsiya, fleshka, onlayn, oflayn, bodikamera, xeshteg, skaner, skrinshot, parol, masterklass, QR-kod, sayt, chellenj, startap, yuzer, trening va h.k.3 Ushbu so`zlarni lug‘at daftarga qayd qildirib,ularga o`zlari qanday so‘z taklif qilsalar,shu so‘zni yozishlarini va mashq daftarga shu asnoda esse yozishlarini topshiriq qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. 11-sinf darsligida keltirilgan tibbiyot tilida qo`llanuvchi so‘zlar “yumshoq ifodalar” va ochiq ma`nosi 4ko`rinishida jadvalda so‘zlar keltirilgan.O‘quvchiga yana shunga o‘xshash so‘zlarni topib,matn tuzishlarini va bu matndan yodlarida eslab qolishlari uchun qiziqarli o‘yinlar topib kelishlarini yoki videomatn va audiomatn shaklida tayyorlanib kelishlarini topshiriq qilish mumkin. O‘qutuvchi quyidagi ko`rinishda nostandart testlar ham tuzib,dars jarayonlarida qo‘llashi mumkin: Quyida keltirilgan so`zlarni izohi bilan moslashtiring(ikkitasi ortiqcha) 1. Ijtimoiy ong A. Turli millat va sohalar o‘rtasidagi 2. Integratsiya uyg‘unlashuv jarayoni 3. Tahliliy tafakkur B. Internet va media orqali shakllangan 4. Ekotizim axborotlar fazosi 5. Virtual haqiqat C. Har bir insonni qadrlovchi va hurmat 6. Insonparvarlik qiluvchi yondashuv 7. Multimadialik D. Ekologik muvozanatni tashkil etuvchi tizim 8. Ma’rifatparv
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role of keeping a dictionary notebook for schoolchildren in the process of studying and enriching the lexical wealth of the Uzbek language, as well as the methodological significance of using…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role of keeping a dictionary notebook for schoolchildren in the process of studying and enriching the lexical wealth of the Uzbek language, as well as the methodological significance of using… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexicology, dictionary notebook, native language textbook, vocabulary words, ona tili darsligi, metodika, amaliy yondashuv., lug‘at yon daftarchasi, o‘quvchi so‘z boyligi, leksikologiya, lug‘at so‘zlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026