Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANIYAT DAQIQALARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Muxitdinova Nigora Mexriddinovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Saidmurodova Sabrina Navro’z qizi (Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi)
Молодые ученые · 2017
Аннотация
Maqolada maktabgacha yoshda bolalar kun tartibida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining asosiy maqsadi, vazifalari va xususiyatlari ochib berilgan. Tayanch so’zlar: maktabgacha ta’lim, jismoniy mashq, jismoniy kamolot, jismoniy sifatlar, toliqish, chiniqtirish. В статье описаны основные цели, задачи и особенности занятий по физическому воспитанию дошкольников, особенности занятий по физической культуре. Ключевые слова: дошкольное образование, упражнения, физическая зрелость, физические качества, утомляемость, закаливание. The article describes the main goals, objectives and features of physical education classes for preschoolers, features of physical culture classes. Key words: preschool education, exercises, physical maturity, physical qualities, fatigue, hardening. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 19 - oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlaganidek “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi” deb ta’kidlagan edi.[1] Yaxshi bilamizki yosh avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o’rni beqiyos. Jismoniy tarbiya nazariyasining asoschilari F.Lesgaft, jismoniy mashqlarni tanlashda bolalarning yoshiga xos anatoma-fiziologik va psixologik xususiyatlari, harakatlarni asta-sekin murakkablashtirib va xilma-xillashtirib borish kabi omillarni asos qilib oldi. U jismoniy kamolotni faqat aqliy, axloqiy, estetik kamolot va mehnat faoliyati bilan o’zaro aloqadorlikdagina mavjud deb bildi. E.A.Arkin, L.I.Chulitskaya, D.V.Xuxlayeva, A.V.Keneman … ilmiy tadqiqot ishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslarini yaratdilar. O’zbekistonda jismoniy tarbiyani rivojlanishiga R.I.Ismailov, O.A.Rixsiyeva, X.T.Rafiyevalar ham jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar. Olimlarning ta’kidlashicha bola sog’lom bo’lib shakllanishida jismoniy mashq va doimiy harakatda bo’lish bosh omil hisoblanadi. Mamlakatimizning hozirgi kuni va istiqboli yoshlarni sog’lom qilib tarbiyalash bilan uzviy bog’liq. Har tomonlama sog’lom avlodni kamol topishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini me’yorida va 58 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo to’g’ri tashkil etish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil, faol va sog'lom insonnini tarbiyalash hayotning dastlabki bosqichlarida, ya'ni erta va maktabgacha yoshda amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarning ahamiyati - harakatlar madaniyatining kompleks shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, bola sog’ligining mustahkamlanishi, ular tomonidan to’g’ri harakat ko’nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsning har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi. Mashg’ulotlarda sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo’li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funksional birinchi jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. Ta’limiy - tarbiyaviy vazifalar mashg’ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy - axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar bilimlar va atamalarni ma’lum qilish, to’g’ri harakat ko’nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo’li bilan hal etiladi. Mashg’ulotlar xushchaqchaq intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: - yosh avlodni bolalikdan boshlab jismoniy, aqliy, jihatdan tarbiyalab borishda jismoniy tarbiya shakllarini keng tadbiq etish - kun tartibidagi sport-sog’lomlashtirish va sport bayramlarini tashkil etish va o’tkazish - bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqatlik kabi tuyg’ularini shakllantirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya tizimida - kun tartibi, mashg’ulotlar majmui, ovqatlanish, chiniqtirish (tabiiy va sun’iy), jismoniy
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktabgacha yoshda bolalar kun tartibida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining asosiy maqsadi, vazifalari va xususiyatlari ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktabgacha yoshda bolalar kun tartibida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining asosiy maqsadi, vazifalari va xususiyatlari ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- preschool education, exercises, physical maturity, physical qualities, fatigue, jismoniy mashq, chiniqtirish., maktabgacha ta’lim, toliqish, jismoniy sifatlar, jismoniy kamolot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014