К содержанию
РецензированоUZ2026

TOVLAMACHILIK JINOYATINI TERGOV QILISH BORASIDAGI AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li · Salohiddinov Muhammadabbos Umidullo o‘g‘li

Молодые ученые · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda ko‘zdan kechirish, so‘roq qilish tergov harakati hamda yuzlashtirish tergov harakatlarining asosiy qoidalari va tartibi, uning jinoyat ishini tergov qilishdagi ahamiyati, shuningdek ushbu tergov harakatini o‘tkazishning tovlamachilik jinoyatini tergov qilishdagi o‘ziga xos xususiyati va ushbu jinoyatlarni tez va aniq ravishda ochish borasidagi fikrlar muhokama qilinadi. Muallif tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda shaxsning psixologik holatini, yurish-turishi va ijtimoiy holatini e’tiborga olish kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratgan. Kalit so‘zlar Tovlamachilik, shaxsni so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘zdan kechirish, jinoyatlarni tez va to‘liq tekshirish, so‘roq o‘tkazish asoslari, tartibi, shartlari, so‘roq paytidagi psixologik holat, sud-tibbiy taktika. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini bugungi kunda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish tashkil etmoqda. Bu jarayonda ayni islohotlarning davomi o‘laroq mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning davlat rahbari sifatida ish boshlashi bilanoq qabul qilgan “Ichki ishlar organlari faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi, dastlab “Harakatlar strategiyasi”da, keyinchalik Yangi O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”da sud-huquq tizimini isloh qilish borasidagi yo‘nalishlarning ko‘rsatilishi ushbu soha bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri ekaniga shubha qoldirmay kelmoqda1. Jinoyatlarni tezkor va to‘la foshqilish, aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofazaqilish organlari xodimlaridan qonunda belgilangan tartibda ushbu shaxslarning aybdorligini isbotlash talab qilinadi. Dastlabki tergovdaisbotlash jarayoni murakkab sohabo‘lib, u nafaqat amaliy ko‘nikmalarni, balki mustahkam nazariy bilimlarni ham talab qiladi.Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020yil 10avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi shaxsning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, protsessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg‘or xorijiy tajribada keng qo‘llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda yangi mexanizmlarni joriy etish uchun muhim qadam bo‘ldi. Mazkurmaqoladabizmamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yo‘nalishida ketayotgan jinoyat-huquqiy masalalarning ba’zi 1 B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175. 106 dolzarb sohalariga to‘xtalib o‘tish joiz deb hisobladik. Bugungi kunda sodir etilayotgan tovlamachilik jinoyatlari hamda ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bilan tergov harakatlarini o‘tkazish jarayonida so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazishning ahamiyati beqiyos. Shaxsni tovlamachilik jinoyatidagumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish, huningdek, ung gumon qilinuvchi yok ayblanuvchining protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish; ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish; surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va boshqa protsess ishtirokchilarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish yoki so‘roq qilish taqiqlanishi borasida bir qator vazifalar amaldagi qonun hujjatlarida mavjud. Ushbu jarayondan kelib chiqib aytish mumkinki, tovlamachilik jinoyati bilan bog‘liq ishlarni tergov qilishda so‘roq qilish tergov harakati eng muhim va keng tarqalgan tergov harakati bo‘lib hisoblanadi. So‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazish asoslari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 10, 11 va 12-boblarida belgilab qo‘yilgan. So‘roq qilish ushbu qoidalarga rioya qilinmagan holda o‘tkazilishi uning protsessual ahamiyatini yo‘qolishi hamda olingan dalillarning nomaqbul bo‘lishiga olib keladi. Qonun chiqaruvchi so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazish asoslari va tartibini keltirib o‘tgan bo‘lsa-da, lekin ushbu tergov harakatini o‘tkazish taktik usullarini o‘ziga qamrab olmagan. Shuningdek, alohida jinoyat ishlarini tergov qilishda har bir tergov harakatiga kriminalistik jihatdan alohida-alohida yondashuv asosida jinoyatlarni ochish lozimligi ham belgilanmagan. Ko‘pgina hollarda jinoyatlar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda ko‘zdan kechirish, so‘roq qilish tergov harakati hamda yuzlashtirish tergov harakatlarining asosiy qoidalari va tartibi, uning jinoyat ishini tergov qilishda…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda ko‘zdan kechirish, so‘roq qilish tergov harakati hamda yuzlashtirish tergov harakatlarining asosiy qoidalari va tartibi, uning jinoyat ishini tergov qilishda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jinoyat, xorijiy tajriba, jazo tizimi, tergov harakati, Tovlamachilik, javobgarlik masalalari., javobgarlik tushunchasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники