Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KUZATAYOTGAN INSON FALSAFASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KUZATAYOTGAN INSON FALSAFASI (in-academy.uz/index.php/yo) · Ubaydullayeva Gulruh Gʻayratovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Quza” qissasi misolida inson falsafasi, xususan, insonning ichki olami, hayot va taqdir haqidagi mulohazalari tahlil etiladi. Asardagi bosh qahramonning kechinmalari orqali insonning jamiyatdagi oʻrni, xotira va qadriyatlarga boʻlgan munosabati, shuningdek, ruhiy izlanishlari falsafiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Muallif inson tabiatidagi murakkab va ziddiyatli holatlarni obrazlar orqali chuqur ifoda etgan. Maqolada shu jihatlar tahlil qilinib, asarning falsafiy-maʼrifiy yuklamaga ega ekani asoslab beriladi. Kalit soʻz va soʻz birikmalari: qissa, kuzatish, kuzatilish, psixologizm, hayot falsafasi, motiv, folklor motivlari, globallashuv. Qissa oʻzining xususiyatiga koʻra, insonni bilish, anglash, anglatish odatini ham tark etgani yoʻq. Insoniyat azal-azaldan mana shu rang-baranglikni, murakkablikni oʻrganishga, uning sir-asrorlaridan voqif boʻlishga intilib kelmoqda. Adabiyotshunos olim Bahodir Karimov taʼkidlaganidek, “Badiiy asar sohibi har doim ham oʻz qalbida kechayotgan tuygʻularni, inson va borliq xususidagi hissiy qarashlarni qogʻozga toʻliq ifoda eta olmaydi. Shu sabab muallifning maʼnaviy dunyosi, badiiy olami matnda ifodalangan mazmunga nisbatan ancha keng boʻladi. Tushunishdagi subyektivlik ham, tarixiylik ham, psixologizm ham ana shu jihatni inobatga oladi”[3,6]. Xurshid Doʻstmuhammadning “Kuza” nomli qissasi ham adabiy- falsafiy ruhda yozilgan boʻlib, unda hayot falsafasi, insonning yashash tarzi, koʻngilda tugʻiladigan bir-biriga qarama-qarshi murakkab tuygʻular, kuzatish va kuzatilishning ogʻir yuki, nazar-eʼtiborning oqibatlari haqida soʻz boradi. Asarning asosiy qahramonlaridan biri Ustozning fikricha, inson hayotining boshidan oxiri nazar-eʼtibordan iborat. Insoniyat doimo oʻzidan boshqa kimnidir kuzatadi... “ –Hamon hamma hammaning kuzatuvida ekan, odamni odam qiladigan ham, qora yer qiladigan ham – ana shu kuzatuv, ana shu nazar-eʼtibor! Yaxshilab oʻylab qaralsa, butun insoniyatning yashash tarzi yaxlit olganda kuzatish va kuzatilishdan iboratga oʻxshaydi.Odam– kuzatuvchi va kuzatiluvchi maxluq..” [5,464]. Inson dunyoga kelibdiki, u kimlardir tomonidan kuzatiishga mahkum. Dastavval uni chaqaloqlik paytida kuzatisha boshlashadi. Tashqi kiyofasi kimga oʻxshaganligini, jajji barmoqchalarini qimirlata olishini, begʻubor kulgularini, ilk bor aytgan soʻzlarini, ilk qadamlarini, xullas, bari-barini kuzatuvchilar eʼtiborida. Vaqt oʻtib odamzod bir-birini oʻzaro kuzatib yashashga mahkum, hayotni, yashash mazmunini, yaxshiliklarning fazilatini, xatolarning mudhish oqibatlarini bir-biridan koʻrib oʻrganish uchun ham kuzatishga mahkum jonzotga aylanadi. Asar mavzusi Temur Poʻlatovning “Gʻoyibning ikkinchi safari” qissasini eslatadi. Bundan koʻrinadiki, kuzatish motivi falsafiy qissachilik uchun anʼanaviy motivlardan biridir. Adib asar qahramoni Ustoz obrazini ana shunday kontrast tuygʻular fonida tasvirlay olgan. Ustoz nazar-eʼtibor, kuzatish va kuzatilish haqida oʻzaro bir-biriga qarama-qarshi fikrlarini bayon qiladi. Jumladan, Ustozning shunday soʻzlari bor: “ ....nazar- 105 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo eʼtiborning ming bitta moʻjizasi bor... Odamni izzat-obroʻsini oshiradi, shon-shuhratini toshiradi. Martabasini, unga qoʻshib davlatini ziyoda qiladi... Tarbiyalaydi, yoʻlga soladi... Esdan ogʻdiradi... yurak oʻynoqi qiladi... Maxluqqa aylantiradi, qora yerga tiqadi...” [5,463]. Kuzatilish, kimlarningdir nazar-eʼtiborida boʻlish vaqt oʻtgan sayin inson uchun oqriqli holatga aylanaveradi. Zero, inson tabiati, ruhi har doim ham erkka, erkinlikka tashna. Kuzatilish, yozuvchi aytganidek, nazar-eʼtibor insonni toliqtirib, esdan ogʻdiradi, qaro yerga tiqadi... Kuzatish, kuzatilish, nazar-eʼtibor hammaning nazarida har xil talqin qilinadi. Qissadagi uch obraz shu jihatdan uch xil rakursda kuzatilgan. Ustoz shogirdi boʻlmish Umid nazarida birovlar nazar-eʼtibori goʻyo insonning yelkasini bosib turgan ulkan bir togʻ. Aziz nazarida esa odamlarning qarashlari, u haqida bildirilayotgan fikrlarning qiymati ahamiyatsiz. Farhodning fikricha esa, odamlarning nigohi, ularning gap-soʻzi va odamgarchilikning oʻrni beqiyos. Yozuvchining mahorati shundaki, qissadagi uchta doʻst – Umid, Farhod, Azizlar timsolida uchta nuqtayi nazar , inson tiynatiga xos uch xil qarashlarni umumlashtirib, uni xalq ohzaki ijodi, motivlari bilan boyitgan. Qissada folklor motivlarida uchraydigan uch ogʻa-ini botirlar obraziga xos uchlik ramzlari mujassam. Uchta doʻstning uch xil dunyoqarashi, uch xil yashash tarzi mavjud. “Uch ogʻa- ini botirlar” ertagiga monand uch doʻstning fikrlash tarzi, dunyoqarashi, tasviri orqali hozirgi globallashuv davriga xos xarakter xususiyatlarni yorita olgan. Asardagi Ustoz obrazi yozuvchi nuqtayi nazarini ifodalashda oʻziga xos oʻringa ega. Ustoz tajriba qilib koʻrmoqchi boʻlgan kuzatilish nazariyalarini Aziz amalda oʻzida his qilib koʻrgan. Asar soʻngida ruhiyatidagi bunday bezovtalikni, nega xorijda ketib qolganligining sababini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Quza” qissasi misolida inson falsafasi, xususan, insonning ichki olami, hayot va taqdir haqidagi mulohazalari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Quza” qissasi misolida inson falsafasi, xususan, insonning ichki olami, hayot va taqdir haqidagi mulohazalari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- motiv, globallashuv., folklor motivlari, kuzatish, hayot falsafasi, qissa, kuzatilish, psixologizm
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025