Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVOIYNING “TOPMADIM” RADIFLI G‘AZALI TARJIMASIDA MAZMUN VA SHAKL BIRLIGI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SHAKL BIRLIGI (in-academy.uz/index.php/yo) · Azilova Zuhra Gulmon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Navoiyning “Topmadim” radifli g‘azali tarjimasi asliyat bilan qiyosiy tahlil qilingani holda tarjimonning so‘z qo‘llash mahorati, badiiy san’atlarning saqlanishi, shakl va mazmun muvofiqligi, vazn masalalari yuzasidan atroflicha so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: badiiy mahorat, tazod, talmeh, asl nusxa, poetik nafosat, tarjima, vazn. Qoraqalpoq adabiyotida Navoiyga ixlos qo‘yib, uning lirikasini mahorat bilan qoraqalpoq tiliga o‘girayotgan atoqli shoir Sag‘inbay Ibragimovdir. Tarjimon-shoir Alisher Navoiyning “Bo‘lmasa”, “Etmas”, “Keldimu?”, “Bo‘lmasa bo‘lmasun netay”, “Ayt”, “Bo‘ldim sango”, “Judo” radifli g‘azallari, shuningdek, bir qator ruboiylar, qit’alar, hikmatlarini tarjima etdi. Xusasan, “Topmadim” radifli g‘azali S.Ibragimov tomonidan tarjima qilingan bo‘lib, quyida uni asliyat bilan qiyoslaymiz: Mehr ko‘p ko‘rgizdim, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromi jone topmadim. [3:467] “Base – ko‘p, benihoya nihoyatda, g‘oyat, shu qadar” [1:226], “Oromi – rohat istirohat huzur” [1:526] ma’nolarini anglatadi. Asliyatda shoir mehr ko‘p ko‘rgizdim, ammo mehribon topmadim, jonimni ko‘p fido qildim, jonim huzur topmadi demoqda. Demak, fikrlar orasida ziddiyat tazod san’atini yuzaga keltirgan bo‘lib, bu quyidagi tarjimada ham aks etgan. Kóplerge miyirman boldım – maǵan miyirman tappadım, Kóplerge jan pıda qıldım, meni suygen jan tappadım. [2:16] Tarjimada ham asliyatdagi mazmun mujassam. Unda lirik qahramonning yolg‘izligini, ishq tufayli ozor chekayotgan qalb iztiroblarini anglash mumkin. “Oromi jone” so‘zi “meni suygen jan” tarzida berilgan. O‘zbek tili izohli lug‘atida “oromijon” so‘zi “kishiga huzur bag‘ishlaydigan” deya izohlanadi. Demak, ayni shunday fazilatlarga ega inson nazarda tutilganligini tushunsak bo‘ladi. “Kóplerge”, “miyirman” so‘zi baytda ikki marta qo‘llanilgan. Bu g‘azal ifodasida g‘aliz qo‘llanishdek taassurot uyg‘otadi. G‘azal qofiyalaridagi “o”, “e” cho‘ziq unlilari o‘zgacha bir ohang kasb etgan. Shoir qofiya sifatida shu darajada hamohang so‘zlarni tanlaganki, bu o‘quvchiga huzur bag‘ishlaydi. Asliyat bilan tarjimadagi qofiyadosh so‘zlarni qiyoslasak: 1-baytda asliyatdagi “mehribone, oromi jone” qofiyasi tarjimada – miyirman, jan; 2-baytda asliyatdagi “dilistone” qofiyasi tarjimada yana “jan” tarzida keltiriladi. Uchinchi bayt asliyatda: Ishq aro yuz ming malomat o‘qig‘a bo‘ldim nishon, Bir kamon abro‘da tuzluqdin nishone topmadim (467-bet). “Kamon abro‘” – “qoshi kamalak, kamonga o‘xshash” deganidir. “Ishq aro yuz ming ma’lomat o‘qiga nishon” bo‘lgan oshiq, bir qoshi kamonga o‘xshashda to‘g‘rilikdan nishon topmaganidan shikoyat qiladi. Mazkur tasvirda yor qoshi nazarda tutilyapti. Ma’shuqaning qoshi kamonga o‘xshatilib, hayotiy misol bilan izohlanmoqda. Qoshda to‘g‘rilikdan nishon 108 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo topish mumkin emas, negaki, qosh yoy kabi egik bo‘ladi. Shu ma’noda, mahbubada ham to‘g‘rilikdan nishon topmaganligi asoslanadi. Shoir bu joyda dunyodan, ya’ni hech kimdan to‘g‘rilikdan nishon topmaganligini ham bildiradi. Tarjimada: Íshqı dep boldım ishqıstalıq oǵına nıshana, Bul qası kámanda tuwrılıqtan nıshan tappadım. (16-bet) E’tibor bersak, Yuz ming malomat o‘qi – ishqıstalıq deb berilgan. Ishqıstalıq – “qapashılıq, qayǵılıq, uwayımlıq” [4:67] ma’nonisini, malomat so‘zi ta’na, dashnom [1:219] ma’nosini anglatadi. Ko‘rinadiki, bu ikki so‘z ma’nolari aynan bir xil emas. Asliyatdan yuz ming ta’nalar o‘qiga nishon bo‘lish, ya’ni yuz ming ta’na dashnomga qolish ma’nosi, tarjimada yuz ming so‘zlari tushirilib, faqat xafagarchilik o‘qiga nishon bo‘lganligini bildirgan. To‘rtinchi misrada “paykon – tikon” so‘zlari vositasida ohangdoshlik yuzaga kelgan. Bu so‘zlar oldingi misradagi “nishon” so‘ziga ham qofiyadosh bo‘lib, shoir misralarni nafis uyg‘unlikda bog‘lagan: Ko‘nglum ichra sarv o‘qdir, g‘uncha – paykon, gul – tikon, Dahr bog‘i ichra mundoq gulistone topmadim (467-bet). Sarv o‘qqa, g‘uncha – kamon o‘qiga, gul – tikonga qiyoslanadi. Tarjimada esa sarv – o‘qdir degan qiyos tushib qolgan. To‘g‘ri, “sadaq oǵı” bilan kamon o‘qi ikkalasi bir narsa, lekin bizningcha, “paykon” so‘zining o‘zi qo‘llanilsa, baytda ohangdoshlik ta’minlanishiga erishilgan bo‘lar edi. Kóńlim ishre ǵumsha – sadaq oǵı, gúl – tiken, Dúnya baǵı ishinde bunday gúlistan tappadım. (16-bet) Beshinchi baytda ma’no asliyat bilan bir xil, lekin “notovone” qofiyadosh so‘zi “biyshara” deya tarjima qilinib, qofiyadoshlik ta’minlanmay qolgan: Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim, Ishq yo‘lida o‘zumdek notovone topmadim (467-bet). Tarjimada: Húsn múlki ishinde sendey zalım shah kórmedim, Íshqı jolında ózimdey biyshara tappadım, (16-bet) “Notavon – zaif; ojiz; betoqat, notinch” [1:482], “biyshara – 1. músápir, ǵarip, bayǵus, sorlı; 2. Jarlı, kámbaǵal, gedey, kemter; 3. Baxıtsız” [4:118] ma’nolarini anglatadi. Asliyat bilan tarjimadagi so‘zlar mohiyati aynan mos emas. Bizningcha, “notavone” so‘zining o‘zini keltirib, izohi berib ketilsa, qofiyadosh
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Navoiyning “Topmadim” radifli g‘azali tarjimasi asliyat bilan qiyosiy tahlil qilingani holda tarjimonning so‘z qo‘llash mahorati, badiiy san’atlarning saqlanishi, shakl va mazmun muvofiqligi, vazn masal…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Navoiyning “Topmadim” radifli g‘azali tarjimasi asliyat bilan qiyosiy tahlil qilingani holda tarjimonning so‘z qo‘llash mahorati, badiiy san’atlarning saqlanishi, shakl va mazmun muvofiqligi, vazn masal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy mahorat, tazod, vazn., talmeh, asl nusxa, poetik nafosat, tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025