К содержанию
РецензированоUZ2026

PAHLAVONQULI RAVNAQ IJODIDA TASAVVUFGA MUNOSABAT

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Otamuratova Sadoqat To‘lqinbek qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Pahlavonquli Ravnaq ijodida tasavvuf mavzusi va unga munosabat masalalari va tasavvufiy obrazlarning qo‘llanilishi haqida so‘z borgan. Kalit so‘zlar: XVIII asr Xorazm adabiy muhiti, tasavvuf, obraz, may, soqiy, zohid, g‘azal, qasida. Kirish. O‘zbek mumtoz adabiyotida tasavvufiy mavzularda ijod qilmagan shoir bo‘lmasa kerak. Shu qatorda Xorazm adabiy muhitida ham bu mavzu yetakchi mavzulardan hisoblanadi. XVIII asr Xorazm adabiy muhitida Ravnaq, Roqim, Andalib, Dilovarxo‘ja, Umar Boqiy, Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Bayoniy kabi shoirlar barakali ijod qilishgan. Ularning tasavvuf yo‘nalishidagi ijod namunalari adabiyotimiz rivojiga kata hissa qo‘shganligi sir emas. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan, dastlab Xiva xoni Abulg‘ozi Soniyni maqtab she’rlar yozgan Pahlavonquli Ravnaq o‘zbek, fors va arab tillarida, asosan, lirik janrlarda ijod qilgan. Yagona qo‘lyozma devoni bizgacha yetib kelgan. U 286 she’r ya’ni 5000ga yaqin misra: 258 g‘azal, 22 muhammas, 5 qasida va 1 mastazoddan iborat. She’rlarining asosiy mavzusi insonga va ijtimoiy hayotga munosabat masalalaridir. Ravnaq g‘azal janrini mavzu jihatdan boyitgan. G‘azallarida insoniy ishq- muhabbatni, tabiat va hayot go‘zalliklarini madh etish bilan birga davr va taqdirdan, zamona nosozliklaridan shikoyat qilgan. Navoiyning 14 ta, Fuzuliyning 3 ta, Mashrab, Xurramiy va boshqalarning g‘azallariga muhammaslar bog‘lagan. Ravnaqning qasidalari an’anaviy uslubdan farq qilib, muayyan shaxs yoki voqeaga emas, shoir yashab turgan ijtimoiy muhitga bag‘ishlangan. “Devoni Ravnaq” nomli qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. (inv. №922). Ushbu devon akademik V.Abdullayev va O.Rasulova tomonidan o‘rganilib, devondagi she’rlar “O‘zbek adabiyoti” 5 tomlik majmuasining 5-jild, 1-kitobida (1966-yil, 163-200-betlar) chop etilgan. Tahlil va natijalar. Ravnaq she’rlarining asosiy mavzusi inson va hayotga munosabat masalasi hisoblanadi. Shoir yaratgan ishqiy g‘azallarda, hukmdorlarga bag‘ishlangan qasidalarda davr va xalq hayotini tasvir etuvchi siyosiy she’rlarida shu g‘oya asosiy o‘rinni egallaydi. Bunday she’rlarda jabr-zulm qoralanadi, xalqning baxtiyor zamona haqidagi orzu- tilaklari kuylanadi. Ravnaq ijodi tasavvufdan yiroq emas. Bu sohada shoir Navoiy va Fuzuliylarning ta’limotlari izidan boradi. Shoir devonida hamd, na’t, alqob kabi she’riy asarlarning mavjudligi, ularning g‘oyaviy mazmuni bu fizkrimizni tasdiq etadi. Falak soqiyisidin jomi tarab ko‘z tutmakim, har kun Qo‘yar qatling yuzi zahri ajaldin talxkom aylab.[1.153] Bu baytda “falak soqiyisi” (osmonning soqiyisi) timsoli orqali ilohiy iroda va taqdirga ishora qilinmoqda. Soqiy – tasavvufda ko‘pincha ilohiy ishq jomini tutgan zot, ya'ni Haqning ishqini yetkazuvchi shaxs (masalan, Pir, murshid) sifatida talqin qilinadi. “Falak soqiyisi” – bu timsol tasavvufda taqdir egasi yoki ilohiy iroda ifodasidir. Shoir hayotdagi shodlik va quvonchni kutsa-da, falak unga doimo o‘lim zaharini “jom”da tutadi. Bu yerda "soqiy" ilohiy 112 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo qudrat sifatida ifodalanadi — u salik (tasavvuf yo‘lida yuruvchi)ga sinov, dard, fano jomini uzatadi. “Jomi tarab” – ya’ni, quvonch jomi, dunyo zavqlari jomini anglatadi. Shoir har kuni undan umid qilayotgan bo‘lsa-da, “qatling yuzi zahri ajal” (ya’ni, o‘lim zaharini) unga “talxkom” (achchiqkom) qilib beradi. Bu yerda dunyo zavqini istagan nafsiy mayl tanqid qilinmoqda. Har qanday dunyoviy shodlik nihoyatda o‘lim va fano bilan tugaydi. Tasavvufda bu fikr: dunyo lazzatlari fano, haqiqiy zavq esa Haq bilan visolga erishishdir – degan g‘oyaga asoslanadi. Rabotedur jahon, Ravnaq, o‘tar el korvon yanglig‘, Muningdek rahguzarda bo‘lmag‘ay turmoq maqom aylab.[1.153] “Rabot” – bu dunyo musofirxonadir, ya'ni haqiqiy manzil emas. Tasavvufda bu hayot – oraliq bosqich, maqsad esa ma’naviy yetuklik (kamolot) va Haqka yetishdir. “El karvoni” – barcha mavjudot (insonga xos) o‘tkinchidir. Bu ko‘chish tasavvufda dunyo foniyligini anglatuvchi asosiy obrazdir. “Rahguzarda turmoq maqom emas” – ya’ni, ma’naviy yo‘lda to‘xtab qolish, mavjud holat bilan qanoatlanish – haqiqiy maqom emas. Bu fikr suluk yo‘lida doimiy harakat, izlanish, tozalash zarurligini bildiradi. Baytlar o‘z mazmun-mohiyati jihatidan tasavvufiy dunyoqarash, ishqiy-mavjudlik falsafasiga asoslangan. Unda dunyo shodligining vaqtinchaligi, Haq yo‘lida harakatda bo‘lish lozimligi, va har bir nafasda foniylikni esdan chiqarmaslik g‘oyalari gavdalanadi. Xulosa va takliflar. Ravnaq ko‘plab she’rlarida dunyoning vaqtincha ekanini, insonga faqat sabr, qanoat va ibodat orqali najot borligini ta’kidlaydi. Yuqoridagi baytdagi “rabot”, “el karvoni” kabi tasavvufiy timsollar bunga misoldir. Ravnaqda ko‘p hollarda nafs tanqid qilinadi. U nafsni zulmatga boshlovchi omil deb biladi va bu tasavvufda “nafsni o‘ldirmaguncha Haq nuri ko‘rinmaydi” degan g‘oyaga bog‘liq. Ba’zi she’rlarida Ravnaq ilohiy ishq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Pahlavonquli Ravnaq ijodida tasavvuf mavzusi va unga munosabat masalalari va tasavvufiy obrazlarning qo‘llanilishi haqida so‘z borgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Pahlavonquli Ravnaq ijodida tasavvuf mavzusi va unga munosabat masalalari va tasavvufiy obrazlarning qo‘llanilishi haqida so‘z borgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
may, g‘azal, soqiy, tasavvuf, qasida., XVIII asr Xorazm adabiy muhiti, zohid, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники