Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHMAD DONISH FALSAFIY MEROSIDA INSON FALSAFASIGA MUNOSABATI
Miltiqboyev Bobur Zokirovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada XIX asrning yirik mutafakkiri Ahmad Donishning falsafiy merosi tahlil qilinadi hamda uning inson, jamiyat va tafakkur masalalariga bo‘lgan munosabati ochib beriladi. Tadqiqot davomida muallif Ahmad Donish asarlaridagi antropologik yondashuvlarni o‘rganadi, u tomonidan ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar, insonning jamiyatdagi o‘rni, erkin fikrlash va ilmiy tafakkurga berilgan baho asosida inson falsafasi masalalari yoritiladi. Shuningdek, mutafakkirning g‘oyaviy qarashlari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy muhitida tahlil qilinadi. Ahmad Donishning fikricha, inson kamoloti ilm va ma’rifat asosida shakllanadi. Uning inson haqidagi falsafiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Ushbu maqola Ahmad Donishning inson haqidagi qarashlarini hozirgi davr nuqtayi nazaridan tahlil etilgan. Kalit so’zlar: Ahmad Donish, ta’lim, falsafa, ma’rifatparvarlik g’oyasi, falsafiy meros, inson falsafasi. Insonni qurshab olgan tabiat haqidagi bilimlarni o’rganilishi va ularning rivojlanishi inson o’zi haqida bilimlarga ega bo’lish ham kuchayib ya’ni insonning o’ziga bo’lgan qiziqishi ortib bordi. Inson borlig’iga doir tadqiqotlar sohani yanada kengroq o’rganish va yangi g’oyalar va o’ziga xos xususiyatlarni ochib erdi. Barcha jonli narsalar, o’simliklar va hayvonlar ichida faqat odam erkin mavjudot bo’lib, tushunish, idrok etish, gapirish va harakat qilish qobiliyatiga ega. Hatti harakatlarida erkinlikka ega bo’lgan, hamma narsani irodasi va ifodasiga ko’ra tushunadigan mavjudotdir. Falsafiy bilimlarning rivojlanishi inson falsafasi yo’nalishi uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi. Olimlar inson va uning mohiyatini anglashga, uning buyukligi va inson haqida ko’proq bilishga intilishi inson falsafasining falsafiy bilimlar tarmogh’ida alohida yo’nalish sifatida ajiralib chiqishiga yo’l ochib berdi. Inson to’g’risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoiti haqida fikr yuritishdan oldin aytish mumkinki inson muammosi barcha zamonlarda ham falsafaning asosiy mavzularidan hisoblangan. Falsafada inson muammosi boshqa fanlar kabi ma’lum bir xususiyatini emas balki bir butun yaxlit sifatida o’rganishga e’tibor qaratadi. Inson mohiyati haqidagi savol faylasuf va olimlarning insonning mohiyati va atrubutiv xususiyatlarini o’rganish, har bir davr va madaniyat umuminsoniy mohiyatni turli yo’llar bilan tahlil etdi. Masalan: Yevropa mamlakatlarida XVII asr faylasuflari inson mohiyatini aql – idrok orqali ochib berishga harakat qildi. Chunki bu vaqtda Yevropada ilmiy rivojlanish jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan edi. Inson falsafasi qadimgi zamonlardan boshlab Sharq va antik davr faylasuflarini qiziqtirib kelgan. Inson falsafasi – bu insonni mohiyati, hayot mazmuni, erkinligi, tafakkuri, va axloqiy tamoyillari, jamiyatdagi o’rni haqidadi fikr yuritadigan falsafiy yo’nalishdir. Ushbu tushuncha insoniyat tarixida turli davrlarda turlicha talqin qilingan bo’lib, Sharq va G’arb mutafakkirlari uni o’z qarashlari asosida izohlaganlar. Anitik davrda insonni kosmosdagi kichik dunyo mikrokosmos deb hisoblashgan. Suqrot insonni ruh va tananing kombinatsiyasi sifatida tushungan. Uning fikricha tana ruh uchun uy. Ruh aql va axloqdan iborat. Insonning vazifasi har doim axloqiy kamolotga intilishdir. Demokrit esa Suqrotdan farqli o’laroq inson tabiatning bir qismi sifatida qarab. Ruh ham atomlardan iborat deb hisoblaydi. Tananing o’limi ruhning o’limiga olib keladi deb hisoblaydi. 122 Aristotel esa insonni ijtimoiy tabiat sifatida belgilab birinchi navbatda ong insonni aql idrokini ko’rsatib beradi deb hisoblaydi. Inson tabiati ikki qismdan ruh va tanadan iborat deb hisoblaydi. Qadimgi zamon faylasuflari insonni kosmik hayotga ya’ni mikrokosmosga tenglashtirgan. Insonni aqlilli ijtimoiy hayvon deb tushunishgan1. O’rta asrlarda insonga uch birlik sifatida qarash boshlandi. Insonni asosini ruh tashkil qiladi. Yurak, iroda va aql deb hisoblaydi. O’rta asrlarda insonni xudoga o’xshash ekanligini ta’kidladilar. Qadimgi zamon faylasuflari insonni koinotning bir bo’lagi sifatida qarashgan bo’lsa o’rta asrlarda inson va koinot o’rtasida o’tib bo’lmas to’siq bor deb hisobladilar. O’rta asrlarda insonda Xudo nafasi bor deb hisoblashgan. B. Avgustin o’z qarashlarida insonni xudo bilan bog’liq bo’lgan erkin shaxs sifatida ta’riflaydi. Uning erkinliklariga yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi tanlovni kiritadi. Shaxs o’z xatti-harakatlari uchun javobgardir deb hisoblaydi. Inson o’zidagi yomonliklarni xudosiz bartaraf etolmaydi deb hisoblaydi. F. Akvinskiy inson mohiyatini ochib berishda Aristotel qarashlaridan foydalanadi. Inson hayvonlar va farishlatar o’rtasidagi oraliq mavjudotdir deb hisoblaydi. Ruh va tana bir xil. Ruh tanani belgilaydigan dvigateldir deb hisoblaydi. Inson esa ruh va tananing shaxsiy birligi sifatida ko’radi. Uyg’onish davri falsafasida inson olamning markaziga qo’yiladi. Chunki u koinot va olamning yaratilishida barchasida ishtirok etadi deb hisoblashadi. Inson o’z baxti yoki baxtisizliginining yara
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada XIX asrning yirik mutafakkiri Ahmad Donishning falsafiy merosi tahlil qilinadi hamda uning inson, jamiyat va tafakkur masalalariga bo‘lgan munosabati ochib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada XIX asrning yirik mutafakkiri Ahmad Donishning falsafiy merosi tahlil qilinadi hamda uning inson, jamiyat va tafakkur masalalariga bo‘lgan munosabati ochib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifatparvarlik g’oyasi, falsafiy meros, ta’lim, inson falsafasi., falsafa, Ahmad Donish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025