К содержанию
РецензированоUZ2020

ARTISHOK EKININI SHOXLANISH TARTIBIGA KO‘RA URUG‘ MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARINING TAHLILI

Aripova Shaxnoza Raxmanovna · Sheraliyev Jamshid Shuxrat o‘g‘li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada arpabodiyon ekinini seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba ajratish uchun 1 ta Italiyadan va 4 ta Rossiyadan keltirilgan nav namunalarini Toshkent viloyati sharoitida ekib o‘rganish natijasida olingan tadqiqot natijalari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: arpabodiyon, unib chishi, boshchalarni shakllanishi, balandligi, biologik yetilishi. Kirish. Oddiy arpabodiyon (Foeniculum vulgare Mill.) muhim efir moyi, sabzavot va dorivor ekin hisoblanadi. U oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ko‘p miqdorda efir moylari, ayniqsa anetol va fenchone mavjudligi sababli keng qo'llaniladi. Singx va boshqalarga ko‘ra. (2020), arpabodiyon navlarining xilma-xilligi morfologik va fitokimyoviy xususiyatlar, jumladan, o‘simlikning balandligi, soyabon vazni va efir moyining tarkibi bo‘yicha farqlanadi. Turlar kasalliklarga chidamliligi va vegetatsiya davrining uzunligi bilan ham farqlanadi. Ko'pgina mualliflarning ta’kidlashicha, arpabodiyon o'sayotgan sharoitlarga, ayniqsa namlik va haroratga sezgir (Yurova, 2017). Hosildorlik va moy tarkibi sezilarli darajada ekish vaqti va o‘simlik zichligiga bog‘liq. Azizov (2015) ishlarida qayd etilganidek, Oʻzbekiston va MDH mamlakatlarida arpabodiyon seleksiyasi tarkibida efir moyi koʻp boʻlgan, kasalliklarga chidamli va mexanik yigʻish uchun yaroqli navlarni yaratishga qaratilgan. Klassik tanlash usullari ham, zamonaviy molekulyar genetik yondashuvlar ham qo‘llaniladi. Mualliflarga ko‘ra Obistioiu va boshqalar. (2014), arpabodiyon antispazmodik, yallig‘lanishga qarshi va antibakterial ta’sirga ega. Efir moyi xalq va rasmiy tabobatda, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida tabiiy xushbo‘y hid sifatida ishlatiladi. Germplasm Resources Information Network (GRIN) ma’lumotlariga ko‘ra, arpabodiyonning bir nechta kichik turlari va shakllari mavjud: shirin arpabodiyon (var. dulce), achchiq (var. vulgare) va o‘simlik (var. azoricum). Har bir tur turli xil iqtisodiy jihatdan qimmatli belgilar bilan tavsiflanadi. Xon va boshqalarning ishida (2019) hosildorlikni shakllantirishda nav, qoʻllaniladigan qishloq xoʻjaligi texnologiyasi va iqlim hal qiluvchi rol oʻynashini koʻrsatadi. Eng mahsuldor navlar 2,5 t/ga gacha urug‘lik va 1,2% gacha efir moyi hosilini ta’minlaydi. Chahal va boshqalarning tadqiqotlari (2021) barqaror qishloq xo‘jaligi uchun moslashuvchan arpabodiyon navlarining muhimligini ta’kidlaydi, ayniqsa iqlim o‘zgarishi kontekstida. Xalqaro genbanklar navlarni saqlash va tanlashda faol ishtirok etmoqda. Tadqiqot natijalari. Arpa bodiyon ekinini seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba ajratish uchun 1 ta Italiyadan va 4 ta Rossiyadan keltirilgan nav namunalarini urug‘lari 12 mart kuni ko‘chat yetishtirish maqsadidida ko‘chatxonaga har bir namunadan 20 donadan ekildi. Arpa bodiyon ekinini ko‘chatlarini yetishtirishda fenologik kuzatuv natijalarini tahlili shuni ko‘rsatdiki, ekilgan nav namunalarni orasida eng tez unish qobiliyati Rossiya seleksiyasiga mansub Osenniy krasavets navinida (16-kun), undan so‘ng Udalets va Soprano 130 ` navlarida (20-kun), Arpa bodiyon navi (21) va Italiya seleksiyasiga mansub Romano navida (22-kun) ekanligi kuzatildi. Ekilgan navlarni unib chiqish davomiyligi, unib chiqqan urug‘lar soni va unuvchanligi turlicha bo‘ldi. Romano navini unib chiqish davomiyligi 5 kunni tashkil etib, 5 ta urug‘ unib chiqdi va unuvchanligi 25% ni tashkil etdi. Soprano navida unib chiqish davomiyligi 8 kunni tashkil etib, 8 ta urug‘ unib chiqdi va unuvchanligi 40% ni tashkil etdi. Arpa bodiyon va Udalets navlarida mutanosib ravishda unib chiqish davomiyligi 16 kunni tashkil etib, 12 ta urug‘ unib chiqdi va unuvchanligi 60% ni tashkil etdi. Unib chiqish davomiyligi bo‘yicha eng uzun davr Osenniy krasavets navida 21 kun bo’ganligi aniqlandi, shuningdek ushbu nav unuvchanligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga 80 % ega ekanligi kuzatildi (1-jadval). 1-jadval Arpa bodiyon ekinini ko‘chatlarini yetishtirishda fenologik kuzatuvlar (2024 y.) Unib Urug‘ Unib Unib chiqish Unuv- Kelib chiqqan T/r Nav nomi soni, chiqishi, davomiyligi, chanligi, chiqishi urug‘ soni, dona kun kun % dona 1 Romano Italiya 20 22-26 5 5 25 Arpa 2 Rossiya 20 21-36 16 12 60 bodiyon Osenniy 3 Rossiya 20 16-36 21 16 80 krasavets 4 Udalets Rossiya 20 20-35 16 12 60 5 Soprano Rossiya 20 20-27 8 8 40 Arpa bodiyonni yetishtirilgan 35-40 kunlik ko‘chatlari ochiq dalaga 10 may kuni 70х20 sm ekish sxemasida ekildi. Arpa bodiyon ekinini asosan yon shoxlaridagi mayin igna barglari iste’mol qilinadi. Boshchalari esa o‘simlik gullab ketmasidan avval yig‘ib olinadi (2-jadval). 2-jadval Arpa bodiyon ekinini o‘sib rivojlanish ko‘rsatkichlari (2024 y.) Balandligi 20-25 Ko‘chat ekish – Biologik sm bo’lgan boshcha Boshcha pishish davrida T/r Nav nomi o‘simlikda shakllanish, rangi o‘simlik bo‘yi, boshcha, sm kun sm bo‘yi eni 1 Romano 63 och yashl 9 5 138 Arpa 2 51 och yashl 11 6 126 bodiyon Osenniy 3 92 och yashl 8 4 154 krasavets 4 Udalets 47 och yashl 12 7 115 5 Soprano 85 och yashl 10 6 142 131 ` 1-rasm. Arpa bodiyon (Foeniculum vulgar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada arpabodiyon ekinini seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba ajratish uchun 1 ta Italiyadan va 4 ta Rossiyadan keltirilgan nav namunalarini Toshkent viloyati sharoitida ekib o‘rganish natijasida olingan tad…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada arpabodiyon ekinini seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba ajratish uchun 1 ta Italiyadan va 4 ta Rossiyadan keltirilgan nav namunalarini Toshkent viloyati sharoitida ekib o‘rganish natijasida olingan tad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sovatcha, o‘simlik seleksiyasi, urug‘ morfologiyasi, massasi, urug‘ sifati., shoxlanish tartibi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники