Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI VA O‘QISH FANLARINI INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA O‘RGATISHNING METODIK ASOSLARI
Usmonova Komila Suyunovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article analyzes the methodological foundations of teaching native language and reading subjects in a combined form in primary school. Ways of developing such basic competencies as literacy, communication skills, independent thinking, and creative thinking in students through interdisciplinary connections are considered. Also, effective methods that can be used in integrated lessons, the experience of foreign countries, and positive aspects for students are revealed based on practical examples. Keywords: Interdisciplinary integration, native language, reading science, primary education, methodological approach, language teaching, literacy, creative thinking. Hozirgi zamonda ta’lim jarayonini mukammallashtirishda fanlararo uyg‘unlikka alohida ahamiyat berilmoqda. Uyg‘unlashtirilgan ta’lim tizimi nafaqat fanlar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikni mustahkamlab beradi, balki o‘quvchilarda murakkab bilim va malakalarni har tomonlama shakllantirishga xizmat qiladi. Xususan, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bunday yondashuv nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davr o‘quvchilarning tafakkuri shakllanadigan, bilimga qiziqishi ortadigan va asosiy o‘quv ko‘nikmalari rivoj topadigan davr hisoblanadi. Boshlang‘ich sinfda ona tili va o‘qish fanlarini o‘zaro uyg‘unlashtirilgan shaklda o‘rgatish o‘quvchilarning tilga oid malakalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ikki fan o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birini to‘ldiradi: ona tili grammatik qoidalarni, nutq 71 madaniyatini va yozma ifoda ko‘nikmalarni shakllantirsa, o‘qish darsi esa o‘quvchilarni anglash, matn ustida ishlash, tahlil qilish va fikr bildirish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Birlashgan darslar o‘quvchilarga ushbu bilimlarni yagona tizim sifatida o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Masalan, o‘qish darsida o‘rganilgan badiiy matn asosida ona tili darsida gap tuzilishi, so‘z turkumlari yoki tinish belgilari amaliy tarzda o‘zlashtirilishi mumkin. Shu orqali o‘quvchi nafaqat matn mazmunini anglaydi, balki tilshunoslik asosida uni tahlil qilishda odatlanadi. Bunday o‘qitish usuli o‘quvchilarning tahliliy fikrlash salohiyatini rivojlantiradi, ularni faol ishtirok etishga jalb etadi hamda o‘z fikrini aniqlik va asos bilan bayon qilishga yo‘naltiradi. 1. Ona tili va o‘qish fanlarining tabiiy uyg‘unligi. Zamonaviy boshlang‘ich ta’limda fanlararo hamohanglik asosiy metodik yondashuvlardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarning til va nutq bo‘yicha salohiyatini shakllantirishda ona tili o‘qish fanlarini o‘zaro bog‘langan holda o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ikki fan mazmun jihatidan bir-birini to‘ldirib, tilga oid asosiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ona tili – bu grammatik tushunchalar, so‘zlashuv madaniyati, yozuv qoidalari va to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirish vositasi hisoblanadi. O‘qish fani esa o‘quvchilarning matn bilan ishlash, fikrni tahlil qilish, mazmunni anglash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Fanlararo integratsiya quyidagi imkoniyatlarni yaratadi. - Grammatik bilimlar amaliyotda qo‘llaniladi: Ona tilida o‘zlashtirilgan qoidalar masalan, so‘zlar turkumi, gap qurulishi, tinish belgilaridan foydalanish) o‘qish mashg‘ulotlarida o‘rganilayotgan matnlar orqali real sharoitda mustahkamlanadi; - O‘gzaki nutq faollashadi: Matn asosida savollarga javob berish, voqealarni so‘zlab berish, rolli o‘yinlar o‘ynash orqali o‘quvchilar faol suhbatga kirishadi va o‘z fikrlarini aniq ifoda etishni o‘rganadilar; - Yozma nutq rivojlanadi: O‘qilgan matndan kelib chiqqan holda yozma ish bajarish matnni davom ettirish, voqeani qayta yozish yoki shunga o‘xshash voqeani bayon qilish orqali imlo va ifoda qilish malakalari kuchayadi; - Tahliliy fikrlash shakllanadi: Matnni o‘rganish orqali o‘quvchilar asosiy g‘oyani aniqlash, voqealar ketma-ketligini tushunish, tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish kabi fikrlash strategiyalarni egallaydilar. UNESCO tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ona tili va o‘qish fanlari uyg‘unlashtirilgan tarzda o‘rgatilgan sinflarda o‘quvchilarning umumiy savodxonlik ko‘rsatkichlari 30-40% ga yuqoriroq bo‘lishi aniqlangan. Bunday yondashuv oquvchilarning oqishga bolgan ragbatini oshiradi, mustaqil fikrlash va muloqot qilish malakalarini rivojlantiradi. Psixolog olimlar (masalan, Vigotskiy, Bruner) ta’kidlaganidek, til orqali fikrlash jarayoni faollashadi. Shu sababli, ona tili va o‘qish fanlarini uygun holda orgatish bolalarning aqliy rivojlanishini tezlashtiradi. Ona tili va o‘qish fanlarini o‘zaro bog‘langan holda o‘qitilishi: - o‘quvchilarning fikrni ravshan va to‘g‘ri bayon qilishiga; - matnni mukammal tushunib, chuqur tahlil qilishiga; - grammatik bilimlarni hayotiy holatlarda tatbiq eta olishiga; - ijodiy tafakkurni rivojlantirishga keng yo‘l ochadi. Shuning uchun dars rejalashtirishda va mashg‘ulotlar mazmunini shakllantirishda bu ikki fan orasidagi tabiiy aloqadorlikka alohida urg‘u berish zarur. Dars jarayonida birgalikda 72
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the methodological foundations of teaching native language and reading subjects in a combined form in primary school.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the methodological foundations of teaching native language and reading subjects in a combined form in primary school. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Interdisciplinary integration, native language, reading science, primary, metodik yondashuv, savodxonlik, boshlang‘ich taʼlim, til o‘rgatish, Fanlararo integratsiya, ijodiy fikrlash., o‘qish fani, ona tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014