К содержанию
РецензированоUZ2026

MA’NAVIYAT VA UNI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Karimova Saida

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati tahlil etilgan. Ma’naviyatning shakllanishiga ijtimoiy muhit, oila, ta’lim-tarbiya, ommaviy axborot vositalari, urf-odat va an’analar, diniy va madaniy omillar qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy globallashuv sharoitida yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishda vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etiladi. Maqolada milliy qadriyatlar asosida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Ma’naviyat, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy muhit, oila, ta’lim, urf-odat, an’ana, ommaviy axborot vositalari, globallashuv, yoshlar, qadriyatlar, ruhiy kamolot. Inson dunyoga kelibdiki, kamolot sari intiladi. Ham jismoniy ham ma’naviy kamolotga erishish uchun tinmay harakat qilish, intilish lozim. Aslida ma’naviy kamolot insonga suv va havodek zarur. Insonning ma'naviyati bir qator muhim vazifalarni bajaradi va hayotida katta ahamiyatga ega. Ma'naviyat insonning axloqiy qarashlarini belgilaydi. U yaxshilik va yomonlik, adolat va nohaqlik kabi tushunchalarni anglashda yordam beradi. Ma’naviyat orqali insonning ichki dunyosi yuksalib, ruhiy osoyishtalikka erishishi mumkin. Ma'naviyat odamni hayotdan maqsad izlashga, shaxsning o‘zini rivojlantirishiga, yangi bilimlar olishiga va o‘zini takomillashtirib borishga undaydi. Ma'naviyat insonni boshqalarga yordam berishga, yaxshilik qilishga va ijtimoiy mas'uliyatni his qilishga undaydi. Ma'naviyat ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Odamlar o‘rtasida ishonch, hamjihatlik va hamkorlikni ta'minlaydi. Ma'naviyatni shakllantiradigan omillar ko‘plab jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ular shaxsning ichki dunyosini, axloqiy qadriyatlarini va hayotga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Insonning ma’naviy yuksaklikka erishishiga undovchi, ma’naviy kamolotiga ta’sir etuvchi omillar juda ham ko`p. Bu haqida turli manbalarda turlicha qarashlar bor. Jumladan, birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarining 1-bob 2-fasli “Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar” deb nomlanib, unda shaxs ma’naviyatini shakklanishida ta’siri kuchli bo`lgan omillar tahlil etilgan. Asarda 8 ta asosiy mezon ko`rsatilgan. Bular:  Avesto-ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal  Xalq og`zaki ijodi-Alpomish(Vatanparvarlik)  Navro`z-sahovatlilik  Islom dini-halollik,yaxshilik, insonparvarlik,ezgulik  Buyuk allomalarimiz hayoti va merosi  Oila-tarbiya ibtidosi  Maktab-ta’lim-tarbiya o`chog`i  Mahalla-tarbiya tayanchi Birinchi prezidentimiz bu mezonlarning har biriga to`htalib, izohlab o`tganlar.Biz ularning ayrim fikrlarini keltirib o`tmoqchimiz. “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo`lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo`lgan 81 saboqlar borligini ko`rish mumkin. Ham shunday fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so`z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g`oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog`liq, nechog`liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir1. Ushbu fikrlar orqali birinchi prezidentimiz uch ming yillik tarixga ega Avesto kitobining insoniyatga berishi mumkin bo`lgan beqiyos sabog`ini, millatimiz ma’naviy kamolotidagi o`rnini, uning asosiy g`oyalarining hozirgi zamonda ham ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o`tadilar. ... xalq og`zaki ijodining noyob durdonasi bo`lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o`zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o`tib kelayotgan qahramonlik qo`shig`idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo`lsa, “Alpomish” ham shu dostonning shoh bayti, desak, to`g`ri bo`ladi. Bu mumtoz asarda tarix to`fonlaridan, hayot- mamot sinovlaridan ham chiqib, o`zligini doimo saqlaganel-yurtimizning bag`rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o`z ifodasini topgan. Shu bois “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo`y bo`lishga, o`z yurtimizni, oilamiz qo`rg`onini qo`riqlashga, do`stu yorimizni, or- nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o`rgatadi”2. Xalq og`zaki ijodi inson kamolotiga bir qator jihatlari bilan ta'sir ko'rsatadi. Bu ijod shakllari, asosan, xalqning tarixiy tajribalari, an'analari va madaniyatini o'z ichiga oladi. Xalq og`zaki ijodi (xalq qo'shiqlari, ertaklar, afsonalar) avloddan-avlodga o‘tib, xalqning madaniy merosini saqlaydi. Bu orqali insonlar o‘z milliyligini anglaydi va madaniyatini hurmat qiladi. Og`zaki ijod asarlarida ko'plab axloqiy saboqlar mavjud. Ertaklar va afsonalar orqali insonlar yaxshilik, adolat, samimiyat kabi qadriyatlarni o'rganadilar. Xalq og`zaki ijodi inson kamolotiga katta ta'sir ko'rsatadi, chunki u madaniyatni saqlaydi, axloqiy qadriyatlarni shakllantiradi va ijtimoiy aloqalarni rivoj

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, yoshlar, ta’lim, oila, urf-odat, an’ana, Ma’naviyat, ma’naviy tarbiya, ijtimoiy muhit, qadriyatlar, ruhiy kamolot., ommaviy axborot vositalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники