К содержанию
РецензированоRU2026

LEKSIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

USULLARDAN FOYDALANISH · Nafisa Naimovna Xaitova

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается роль и эффективность современных интерактивных методов в формировании лексической компетенции среди студентов вузов. Анализируются методы, такие как кластеризация, мозговой штурм и вопросы-ответы (горячее кресло), способствующие закреплению лексических навыков и их активному использованию в контексте. Каждому методу уделено внимание как с теоретической, так и с практической стороны с приведением примеров. Статья представляет собой методологическую основу для эффективного изучения иностранных языков студентами филологических, переводческих, журналистских и других направлений. Ключевые слова: лексическая компетенция, интерактивные методы, кластеризация, мозговой штурм, вопросы-ответы, студенты вузов, иностранный язык, коммуникация KIRISH Globallashuv davrida xorijiy tilni o‘rganish nafaqat akademik bilim olish, balki kasbiy malakani oshirish, xalqaro hamkorlikda faol ishtirok etish va ilmiy tadqiqotlarda muvaffaqiyatli qatnashish uchun zaruratga aylandi. Universitet talabalari uchun til kompetensiyasi nafaqat grammatik bilim, balki ilmiy va kasbiy muloqotda so‘z boyligini to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmasini ham o‘z ichiga oladi. Xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, samarali akademik 88 muloqotning 70–80 foizi leksik bilimga bog‘liq bo‘lib, bu esa til o‘rgatishda lug‘aviy ko‘nikmalarning o‘rni qanchalik muhim ekanligini tasdiqlaydi (Richards, 2006). Universitet bosqichida ta’limning interfaollashuvi o‘quvchilarning bilim olishdagi faol ishtirokini kuchaytiradi. Ayniqsa filologiya, tarjima nazariyasi, jurnalistika, xalqaro munosabatlar kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun leksik kompetensiyaning rivojlanganligi ilmiy fikr bildirish, esse va maqola yozish, taqdimot qilishda asosiy omil hisoblanadi. Shu bois interfaol metodlardan foydalanish universitet ta’limida samarali natija beradi. Ushbu maqolada universitet talabalari uchun mo‘ljallangan tarzda leksik ko‘nikmalarni shakllantirishda uchta interfaol metod – klaster, aqliy hujum va savol-javob (hot seat) usullarining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. ASOSIY QISM KLASTER USULI (CLUSTER METHOD) Nazariy asos: Ausubelning ma’naviy assimilyatsiya nazariyasiga ko‘ra, yangi bilimlar mavjud bilimlar tizimiga bog‘langanda samarali o‘zlashtiriladi. Klaster metodi bu bog‘lanishni vizual ko‘rinishda tashkil etishga xizmat qiladi. Universitetda bu metod odatda murakkab mavzularni tahlil qilish, ilmiy terminlar va mavzulararo bog‘liqlikni o‘rgatishda qo‘llaniladi. Masalan, "sustainable development" mavzusiga doir so‘zlar – "renewable energy", "climate change", "green economy", "carbon footprint" – klaster sifatida shakllantiriladi. Afzalliklari:  Mavzuga doir atamalarni guruhlash orqali tez eslab qolishga yordam beradi;  Terminologiyani kontekstda o‘rganish imkonini yaratadi;  Prezentatsiyalar va esse yozishda yadro so‘zlarni aniqlashni osonlashtiradi. Amaliy misol: Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida "global governance" mavzusida asosiy tushunchaga bog‘liq terminlar klaster qilinadi: "UN", "security council", "international law", "peacekeeping", "sovereignty". AQLIY HUJUM (BRAINSTORMING) Nazariy asos: Konstruktivistik yondashuvga ko‘ra, bilim o‘quvchi tomonidan faol tarzda yaratiladi. Aqliy hujum – o‘quvchilarning ilgari olgan bilimlarini tezda faollashtiruvchi metod bo‘lib, universitet sharoitida ayniqsa seminar mashg‘ulotlari va dars oldi tayyorgarlikda foydali hisoblanadi.Talabalar dars mavzusi asosida iloji boricha ko‘p leksik birliklarni eslashga harakat qiladilar, bu esa ularga ese, maqola va ilmiy mulohazalarda so‘z tanlash imkonini kengaytiradi. Afzalliklari:  So‘z boyligini tezkor faollashtiradi;  Erkin fikrlashni rag‘batlantiradi;  Guruhli ishlashni o‘rgatadi. Amaliy misol: "Artificial intelligence" mavzusi bo‘yicha talabalar fikr yuritadilar: "machine learning", "neural network", "robotics", "ethics of AI", "automation". So‘ng bu atamalarni insho yoki taqdimotlarda ishlatishadi. SAVOL-JAVOB USULI (Q&A, HOT SEAT) Nazariy asos: Interaktiv muloqotga asoslangan ta’lim nazariyasiga ko‘ra, bilim olish jarayonida o‘quvchi faol ishtirok etishi, javob berishi va savol berishi orqali til birliklarini chuqurroq o‘zlashtiradi. Savol-javob metodi Vygotskiyning ijtimoiy-hamkorlik nazariyasiga asoslanadi. Universitetda bu metod taqdimotlardan so‘ng, 89 ilmiy seminar va muhokamalarda keng qo‘llaniladi. Talaba savollarga aniqlik bilan javob berishi, terminlarni o‘rinli ishlatishi, argument keltirishi talab qilinadi. Afzalliklari:  Akademik muloqotga tayyorlaydi;  Nutqni tez va aniq ifodalashni o‘rgatadi;  So‘zlarning real kontekstdagi qo‘llanilishini mustahkamlaydi. Amaliy misol: "Climate change" mavzusi bo‘yicha prezentatsiyadan so‘ng guruh talabalari taqdimotchi talabaga savollar beradi: "What are the main causes of global warming?", "How does it affect developing countries?", "What international measures exist to fight climate change?". YAKUNIY XULOSA Universitetda xorijiy tilni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish t

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается роль и эффективность современных интерактивных методов в формировании лексической компетенции среди студентов вузов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается роль и эффективность современных интерактивных методов в формировании лексической компетенции среди студентов вузов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lexical competence, interactive methods, clustering, brainstorming, Q&A, xorijiy til, klaster, universitet talabalari, muloqot, leksik kompetensiya, interfaol metodlar, aqliy hujum, savol-javob
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники