Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIDA BADIIY ADABIYOTNING AHAMIYATI
Bayeshanov Abdulla Mustafayevich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yosh avlod ma’naviy tarbiyasida badiiy adabiyotning o‘rni va ta’sir kuchi yoritilgan. Badiiy asarlar orqali yoshlarning axloqiy fazilatlari, milliy qadriyatlarga sadoqati, estetik didi va tafakkur dunyosi shakllanishi tahlil etiladi. Maqolada adabiyot vositasida yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, sabr-toqat kabi fazilatlarni qaror toptirish, ularni hayotga ijobiy munosabatda bo‘lishga undash muhimligi asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy yoshlarning adabiyotga bo‘lgan munosabatini mustahkamlash, ularni kitobxonlikka jalb etishning pedagogik va ijtimoiy usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Ma’naviy tarbiya, badiiy adabiyot, yoshlar, axloqiy fazilatlar, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, estetik did, kitobxonlik, tarbiya metodlari, ma’naviyat. Jonajon vatanimiz mustaqqillikka erishgach, jamiyatimizning barcha joylarida tub islohatlar, burilishlar va yuksalishlar ro‘y bermoqda. Mamlakatimizda turli sohalarda rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak manan va ruhan yetuk insonni kamol toptirishga qaratilgan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarda haqiqiy insonparvarlik, marifatparvarlik mujassamlanganligi, ma’naviy- ma’rifiy sohalarda ham tub o‘zgarishlar ro‘yobga chiqqanligi bundan dalolat beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosida inson kamoloti yotadi. Inson kamolotining asosiy omili va vositasi ta’lim-tarbiyadir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: "Yurtiga, vataniga muxabbat, insonlarning tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdar.Shunday noyob insoniy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va obod O‘zbekistonning munosib o‘g‘il-qizlari qilib tarbiyalash masalasi manaviyat soxasidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i kerak. [1] Mustaqillik bizga o‘tmishdagi boy ma’naviy merosimiz durdonasi haqiqiy, ilmiy ma’noda o‘rganish baxtiga musharraf etdi. Badiiy adabiyot insondagi xush xulq-atvor pokiza, adolatli sa’y-xarakatlardan ajralmasdan, avval o‘zida paydo qilish orqali komillik darajasiga yetishiga so‘ngra esa boshqalarni ham halollik, mexr-muruvvat, ezgulik, adolatga chaqirishga da’vat etadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyat sohasidagi fundamental asarlari bo‘lmish "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch" asarida badiiy adabiyot mavzusiga to`xtalib: "Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va unga bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mexnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlari o‘z xosilini berayotgani,badiiy adabiyotimiz mavzular ko`lami jixatidan ham,nuqtai nazaridan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangidan yangi nomlar paydo bo`layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi" deb yozadilar.[2] 91 Inson ma’naviy olamini xis-tuyg‘ulari, aql idroki va iroda yordamida o‘zlashtirib boradi. Shaxs xis-tuyg‘ularini shakllantirish tarbiyalash, go`zallikka nisbatan mexr uyg‘otish bugungi kunning dolzarb muammosiga aylangan[3] Shunga ko‘ra, badiiy adabiyotning yoshlar kamolotidagi o‘rnini tahlil qilish va tegishli xulosalar qilishning dolzarbligini quyidagi jixatlar bilan izohlash mumkin: Birinchidan, badiiy adabiyot milliy g‘oyaning ma’naviy ildizidir. Badiiy adabiyot mustaqil O‘zbekistonda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, o‘zaro hamkorlik va yosh avlodni tarbiyalashda muhim vositalardan biri bo‘lib xizmat qila oladi. Ikkinchidan, badiiy adabiyotdagi go‘zallikni bilish, idrok etish badiiy estetik tafakkurini o‘stiradi. Badiiy adabiyot namoyondalarining qirralarini o‘rganish, baholash, ibratli tomonlarini ko‘rsatish hozirgi yosh shaxsini komil inson qilib shakllantirishda alohida o‘rin egallaydi. Uchinchidan, milliy g‘oya va mafkuraviy jarayonlarning ma’naviy sohasidagi vazifalaridan biri ajdodlarimizning ilg‘or qirralarini, insoniylik faoliyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish, toki bu qirralar xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi ma’naviy ilmining ham asosi ekanligi yosh avlod ongiga singib borsin. Shu ma’noda adabiyot biz uchun muhim xayotiy tamoyil bo‘lib qolaveradi. To‘rtinchidan, badiiy adabiyot bizni xalqdan ajralmasdan, insonning nafaqat jismoniy va ichki ruhiy, ma’naviy dunyosini mukammal tarbiyasini ajralmasligi bilan ham yuqori kamolot darajasiga – ya’ni komil inson darajasiga erishishi uchun xizmat qiladi: o‘zining moxiyati bilan bunyodkorlikka mexr-shafqat, odamiylik, vatanparvarlik, ezgulik ruhi bilan to‘yingan badiiy adabiyot, hozirgi zamon kishisida ham shunday go‘zal xulqlarni ko‘rinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Vatanimiz va xalqimiz tarixini, ma’naviy merosini, umuman milliy taraqqiyotni Navoiy davrisiz va Navoiy ta’limotisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Navoiy va milliy taraqqiyot haqida fikr yuritilganda, mutafakk
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yosh avlod ma’naviy tarbiyasida badiiy adabiyotning o‘rni va ta’sir kuchi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yosh avlod ma’naviy tarbiyasida badiiy adabiyotning o‘rni va ta’sir kuchi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy adabiyot, yoshlar, axloqiy fazilatlar, tarbiya metodlari, Ma’naviy tarbiya, estetik did, vatanparvarlik, ma’naviyat., milliy qadriyatlar, kitobxonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026