Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
MOYCHECHAK O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Siddiqova Yulduz Husanovna · G’afforova Sevara Akbarali qizi · Tolibjonova Shoxrux Ulug’bek o’g’li
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article describes the morphological structure, geographical distribution, chemical composition, medicinal uses, medicinal properties and preparations of the chamomile plant, and their benefits. Kalit so‘zlar: moychechak o‘simligi, moychechak choyi, moychechak damlamasi, shifobaxsh oʻsimlik, harorat tushishi, yaligʻlanish, jigʻildon qaynashi, geografik tarqalishi, salbiy oqibatlar, saraton kasalligi, migerenda, milklar qonashi, asab tinchlanishi, ogʻriq kamayishi, foydali xususiyatlar, yuz parvarishi, shamollash, moychechak turlari. Ключевые слова: растение ромашки, ромашковый чай, настой ромашки, лекарственное растение, снижение температуры, воспаление, изжога, географическое распространение, негативные последствия, рак, при мигрени, кровоточивость дёсен, успокоение нервов, обезболивание, полезные свойства, уход за лицом, простуда, виды ромашки. Keywords: chamomile plant, chamomile tea, chamomile infusion, medicinal plant, temperature reduction, inflammation, heartburn, geographical distribution, negative effects, cancer, in migraine, gum bleeding, nerve relaxation, pain relief, beneficial properties, facial care, cold, types of chamomile. Dorivor moychechak bo‘yi 15-40 smga etadigan bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon, o‘tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli) savatchaga to‘plangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha chetidagi gullari oq, tilsimon. o‘rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi qo‘ng‘ir-yashil pista. May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi. Geografik tarqalishi. Dorivor moychechak keng tarqalgan bo'lib, u asosan o‘tloqlarda, ekinzorlarda (begona o‘t sifatida), yo‘l yoqalarida o‘sadi. Asosan Rossiyaning Yevropa qismining janubida, Kavkaz, Qrim, Ukraina, Sibirning janubiy tumanlari va 0‘rta Osiyoda uchraydi. Yashil moychechak Sobiq Ittifoqning Yevropa qismida, g’'arbiy Sibir va Uzoq Sharqda keng tarqalgan. Mahsulot asosan Ukrainaning janubida (Qrim, Xerson. Nikolaev, 56 Odessa viloyatlarida), kamroq Krasnodar o'lkasida, Rostov viloyati, Moldova respublikasi va boshqa yerlarda tayyorlanadi. Moychechak juda tez ko‘payadi. Har ikkala moychechakka talab ko'p bo‘lganidan Ukraina, Belorus va boshqa yerlarda o‘stiriladi. Tayyor mahsulot savatchaga to‘plangan gullardan iborat. Dorivor moychechak savatchasining diametri 4-8 mm, yarim sharsimon bo'lib, o‘rama barglari cherepitsaga o‘xshab joylashgan. Savatcha chetidagi oq tilsimon gullari 12-18 ta bo‘ladi. 0‘rtadagi gullari sariq, ikki jinsli, naychasimon, gulkosachasi bo‘lmaydi, gultojisi besh tishli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan. Yashil moychechakning savatchasi maydaroq bo'lib, yashil naychasimon gullardan tashkil topgan. Gulkosachasi yupqa parda shaklida, gultojisi to‘rt tishli. Kimyoviy tarkibi. Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida (0,22-0,8%) efir moyi, apiin, kversimeritrin, kversetin, lyuteolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliinlaktonlar, proxamazulen, qumarinlar (umbelli-feron, gerniarin), dioksiqumarin, karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi. XIDF ga ko'ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3%, yashil moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak. Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib, tarkibida 1,64-8,99% xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tritsiklik spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril, nonil, izovalerian kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi tarkibidagi seskviterpenlarning umumiy miqdori 50% gacha bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta'sir etuvchi qismi hisoblanadi. Dorivor preparatlari. Moychechak gulidan (savatchalardan) damlama tayyorlanadi. Savatchalar me'da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig‘malar - choylar tarkibiga ham kiradi. Shifobaxsh o‘simliklardan biri bo‘lgan moychechakning foydali xususiyatlari Gippokrat va Dioskoridga ham ma’lum bo‘lgan. Qadimda damlama, malhamlar tayyorlangan, davolash maqsadida ishlatilgan moychechakdan shifokorlar bugungi kunda ham foydalanishni tavsiya qiladi.Shamollashda yordam beradi. Yallig‘lanishni sekinlashtiradi, haroratni tushiradi. Tomoq og‘riganda moychechakli choy ichilsa, yengillik his qilish mumkin, shuningdek, u patogen (mikroblarga qarshi) ta’sir qiladi. Hazm bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi. Ichaklarni, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, qayt qilish va jig‘ildon qaynashida samara beradi. Asab tizimini mustahkamlaydi. Muntazam iste’mol qilish xotirani yaxshilaydi, uyqusizlikka qarshi samara beradi. Shifokorlar stress va asabiylashishdan aziyat chekadigan bemorlarga moychechak damlamasini ichishni tavsiya qiladi. Moychechak tarkibidagi apigenin sabab saratonga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Tinchlantiruvchi ta’sirga ega ekani sabab migrenda moychechakli choy ichish yordam beradi. Yo‘talni davolaydi.
Доказательный фрагмент
«This article describes the morphological structure, geographical distribution, chemical composition, medicinal uses, medicinal properties and preparations of the chamomile plant, and their benefits.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the morphological structure, geographical distribution, chemical composition, medicinal uses, medicinal properties and preparations of the chamomile plant, and their benefits. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chamomile plant, chamomile tea, chamomile infusion, medicinal plant, saraton kasalligi, geografik tarqalishi, yaligʻlanish, yuz parvarishi, jigʻildon qaynashi, ogʻriq kamayishi, moychechak turlari., moychechak o‘simligi, harorat tushishi, salbiy oqibatlar, moychechak damlamasi, migerenda, milklar qonashi, foydali xususiyatlar, moychechak choyi, shamollash, asab tinchlanishi, shifobaxsh oʻsimlik
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025