К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY MUSIQIY TARBIYA JARAYONLARIDA PEDAGOGLARNING SHAKLLANISHI

PEDAGOGLARNING SHAKLLANISHI · Ergashova Karomat Axmuradovna

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada milliy musiqa merosimiz an’analarini talabalarga o‘rgatishda dasturul amal deb hisoblanmish “ustoz –shogird” an’analari asosida ta‘lim berish hamda ushbu jarayonlar negizida pedagogning “ustozlik” maqomini shakllanishi hususida so ‘z borib, ustoz maqomiga erishish y o’lida duch kelingan yutuqlar, kamchilikar hususida to ‘htalib o ‘tilgan. Kalit so ‘zlar: ustoz – shogird an’analari, maqom, musiqiy meros, ta’lim, an’ana, milliy musiqa Musiqa merosimizni yosh avlodga yetkazish nafaqat san’at sohasi vakillarining, balki pedagoglarning ham muhim vazifasidir. Mazkur jarayonda “ustoz-shogird” an’analari asosiy o‘rin tutadi. Ushbu ma’ruzada milliy musiqa ta’limi jarayonida pedagoglarning shakllanishi, ularning ta’lim uslublari va yosh avlodga merosni yetkazish usullari tahlil qilinadi. Bu jarayonlar davomida pedagoglarning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Ustoz-shogird an’analariga asoslangan ta’lim jarayoni orqali yosh musiqachilar nafaqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, balki milliy san’atimizning davomchilari bo‘lib yetishadilar. Shu sababli, har bir pedagog o‘z oldiga yosh avlodga milliy musiqa merosini to‘g‘ri yetkazish va ularni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasini qo‘yishi lozim. Musiqiy merosimizning murakkab va mukammal jihatlari, boy imkoniyatlari musiqa san`atining insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etganligidan dalolat beradi. Hayot tizimining turli shart-sharoitlariga asoslangan holda musiqiy namunalar bunyod etilgan. O`zining ravnaqi yo`lida yirik-yirik asarlar vujudga kelishiga zamin yaratilgan. Hayotda har bir sohani egallashda o`ziga xos ruhiy, ishqiy, ilmiy-amaliy pog`onalarni bosib o`tish taqozo etiladi. Bu o`rinda an`anaviy ijrochilikni o`zlashtirish va mohirlikka erishish jarayonini ramziy ma`noda tasavvuf ta`limotiga xos insonning ma`naviy kamolotga erishish yo`li asoslari bilan taqqoslab ko`rish mumkin. Musiqa ijrochiligi egallash jarayonini (sun`iy tarzda va nazariy tarkiblash maqsadida) bosqichlarga bo`lganimizda quyidagi manzaraning shohidi bo`lamiz. San`atning ilk qadamlarini inson qalbida shu sohaga "ishq" paydo bo`lishi va bu ishq san`atni ongli ravishda tushunish, unga qalban amal qilishga bo`lgan ishtiyoq, ularning asosida ma`lum harakatlar, anglash jarayoni sifatida aniqlab, uni Shariat, ya`ni I-bosqich bilan bog`lasak bo`ladi. Bo`lajak ijodkorning ushbu sohada ma`lum tushuncha hosil qilib, o`z faoliyatini san`atga bag`ishlab, 74-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 174 Ustozlar uchun pedagoglar.org shogirdlikni ravo ko`rib, ma`lum ustozdan saboq olishga jazm etishi, ya`ni ustoz-shogird (murshid-murid amali) sabog`i davri II-bosqichga to`g`ri keladi. Yuqorida keltirilgan yetuklik-III-bosqichga Haqiqat jarayonini, ya`ni mustaqil faoliyatda hofizlikning barcha sir-asrorlarini idroklagan holda mukammal ijro etish, "Hofizlik" bilan bog`lash mumkin. Har kasbning o‘z ustalari bo‘lgani kabi ustozlikkasbini avloddan avlodga yet- kazuvchi izdoshlar, o‘rinbosarlar, qisqa qilib aytganda, shogirdlarning ham bo‘lishi tabiiy. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan ustozlar o‘zlarining bebaho hunarlarini o‘zi bilan olib keta olmasligi barobarida o‘sha hunarni shogirdlariga o‘rgatadi. O‘z navbatida, shogirdlar ham ustozdan o‘rgangan hunarni rivojlantirib, o‘z imkoniyati darajasida keyingi avlod shogirdlarini yetishtirib chiqaradi. Ustoz-shogirdlik bizning milliy an’a- nalarimizga xosdir. San’at, xususan, qo‘shiqchilikdagi mazkur an’ana borasida katta tajribaga egamiz. Aslida ustozlik -muayyan bir yo‘nalish, sohaning sir -sinoatlarini puxta egallagan hamda kasb - hunar o‘zlashtirishni oliy darajaga yetkazgan shaxsdir. Aytaylik musiqa sohasida ustoz ashula aytib o‘zining uslubini ya’ni ijro yo‘ini, kuy chalib, o‘zidan boshqacha yangiliklar qo‘shib, musiqiy qobiliyatini, mahoratini nafis san’at darajasigacha ko‘targan xofiz yoki sozanda. Ustoz tomonidan u muqadadas qobiliyat sifatida avaylab- asraladi va sevimli shogirdiga meros qilinadi. Hozirgi zamon ilm-fan, texnika taraqqiyoti talablaridan biri yangicha fikrlaydigan, ijodiy tafakkur va qobiliyatga ega bo‘lgan barkamol shaxsni voyaga yetkazishdir. Ushbu harakatlar zamirida esa eng avvalo, shaxsning fidoyiligi, Vatanga va o‘z xalqiga muhabbatini shakllantirish masalasi yotadi. Xalq og’zaki ijodiyoti, musiqa sanʼati, o‘yinlari, bayramlar, sanʼat va hunarmandchilik, urf - odatlar milliy taʼlim va tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning taʼbirlari bilan aytadigan bo‘lsak “Musiqa sanʼati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash vakamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi”. Darhaqiqat, komil inson tarbiyasida musiqiy tarbiyaning naqadar ulkan omil ekanligi yanada ayon bo’lib bormoqda. Shunday ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodni boy musiqiy merosimizni o’rganis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada milliy musiqa merosimiz an’analarini talabalarga o‘rgatishda dasturul amal deb hisoblanmish “ustoz –shogird” an’analari asosida ta‘lim berish hamda ushbu jarayonlar negizida pedagogning “ustozlik” maqom…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada milliy musiqa merosimiz an’analarini talabalarga o‘rgatishda dasturul amal deb hisoblanmish “ustoz –shogird” an’analari asosida ta‘lim berish hamda ushbu jarayonlar negizida pedagogning “ustozlik” maqom… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so ‘zlar: ustoz – shogird an’analari, ta’lim, maqom, an’ana, milliy musiqa, musiqiy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники