К содержанию
РецензированоRU2026

OILA FAROVONLIGI – MILLIY FAROVONLIK ASOSIDIR

o‘qituvchisi Zaynobidinova Naimaxon (Namangan davlat pedagogika instituti) · Raxmonjonov Abdurasul Srojiddin o’g’li (Namangan davlat pedagogika instituti)

Для учителей · 2026

Аннотация

В процессе взаимодействия с семейной средой усваиваются нормы поведения, духовно-социальные и культурные представления и понятия, а также формируются новые интересы и потребности, которые развиваются в социальной среде. Говоря о факторах, влияющих на духовное становление личности, в первую очередь выделяется сама личность, во-вторых — микросреда, в-третьих — мезосреда, и в-четвёртых — общее состояние общества, включая его политическую, идеологическую, культурно-просветительскую и экономическую сферы. Ключевые слова: Семья, духовность, образование, воспитание, макросреда, мировоззрение, общественное сознание, мышление, принцип, цель, среда Ma’lumki, mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o‘rtaga tashlamoqda. Oiladagi ma’naviy muhit axloqiy tarbiya o‘chog‘i sifatida milliy axloq va tarbiyaning 74-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 61 Ustozlar uchun pedagoglar.org o‘ziga xos xususiyatini shakllantiradi. Inson va boshqa tirik jonzotlar har birining hayot muhiti uning o‘y fazosidan boshlab ijtimoiy muhit va yashaydigan muhitigacha bo‘lgan sharoit hisoblanadi. Muhit – bu odamlarga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi voqealarning yig‘indisi sifatida insonni o‘rab turgan, uning dunyoqarashi, kayfiyati, ruhiyati, orzu- umidlari va xulq-atvoriga bevosita ta’sir etadigan tashqi olam. Muayyan muhit turli ko‘rinish va shakllarda namoyon bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, o‘sha jamiyat hayotida mavjud bo‘lgan va bo‘layotgan qonun qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatdagi moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklardan bahramand bo‘ladi, shuningdek, mazkur boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Jamiyatda yaratilgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklar rivojlanish darajasiga ko‘ra shaxs kamolotiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. O‘z-o‘zidan rivojlanish yuksak bo‘lsa, u shaxsga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi va shaxs faoliyati davomida mehnati orqali o‘z moddiy, ma’naviy va madaniy boyligini yaratish jarayonida ongini, dunyoqarashini, hayotini, turmush tarzini ham yaxshilab boradi. Muhit keng ma’noda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib- qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o‘z ichiga oladi. Tor ma’nodagi (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o‘quv va boshqa guruhlardan iborat. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati ta’sirida ijtimoiy muhit o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar jarayonida odamlarning o‘zlari ham o‘zgaradi. Shaxsning jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko‘r-ko‘rona faoliyat orqali amalga oshmaydi. Inson ijtimoiy qonunlarni, o‘z hayot sharoitlarini bilib olgandan keyin, ma’lum maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ko‘rsatish yo‘li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni o‘zgartiruvchi kuchga (insonga) aylanadi. Shu sababli ham shaxsning xulq-atvori, intilishlari, imkoniyatlari, fikrlashi, qobiliyati, axloqiy tamoyillar (mehnatsevarligi, vatanparvarligi, insonparvarligi) asosidagi faolligi, sadoqatliligi va boshqa xislat va fazilatlari shuningdek, illatlari ular yashayotgan ijtimoiy muhitga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Insonning ta’lim-tarbiyasida uni o‘rab turgan muhit yetakchi rol o‘ynar ekan, oila, ta’lim-tarbiya muassasalaridagi muhit sog‘lom bo‘lsa, yoshlarning ijtimoiy sifati, tayyorgarlik darajasi va bilimi yuqori bo‘ladi. Aynan oila muhiti eng avvalo, shaxsning xulq-atvorini shakllanishida jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini sifatida muhim rol o‘ynaydi. Vaholanki, oilada ma’naviy-axloqiy muhit shaxs axloqiy ongi, xulq-atvori va faoliyatida tamal toshi, hal qiluvchi omil hisoblanadi. Dastlab aynan, oiladagi ma’naviy-axloqiy muhit shaxs imkoniyatlarini shakllantiradi, uning ijtimoiy borliq bilan munosabatlarini va muloqotini yuzaga keltiradi. Shu bois ham oilani shaxsning g‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy qarashlarini shakllantiruvchi, tevarak-atrofga, dunyoga munosabatlari tizimini, ya’ni dunyoqarashi, e’tiqodi, ehtiyojlari, qiziqishlari, ideallari, motivlari, hayotiy maqsadi yo‘nalishini belgilovchi mikromuhit sifatida tadqiq etiladi. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sayyoramizning ertangi kuni, 74-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 62 Ustozlar uchun pedagoglar.org farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir” deb qayd etar ekanlar yoshlar axloqi ularning ma’naviy kamoloti masalasi nafaqat bugungi kun, balki ertangi porloq kelajak garovi ekanligiga urg‘u beradi. Yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq mahalliy va global muammolar yechimi esa, aynan oila muhiti va ungdagi ma’naviy-ma’rifiy daraja bilan bevosita va bilvosita bog‘liq masala hisoblanadi. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas vatan sanalgan. Agar oilalar muhiti sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada

Доказательный фрагмент

«В процессе взаимодействия с семейной средой усваиваются нормы поведения, духовно-социальные и культурные представления и понятия, а также формируются новые интересы и потребности, которые развиваются в социальной среде.»

Образец извлечения

Демо-превью

В процессе взаимодействия с семейной средой усваиваются нормы поведения, духовно-социальные и культурные представления и понятия, а также формируются новые интересы и потребности, которые развиваются в социальной среде. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Family, spirituality, education, upbringing, macroenvironment, tarbiya, Kalit so’zlar: Oila, e’tiqod-iymon, komil inson, andisha, xulq-atvor, an’ana, salohiyat, yurish-turish, intizom., jamiyat, muhit, or-nomus, fikr-mulohaza, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники