К содержанию
РецензированоUZ2026

RUBOB CHOLG’USINING KELIB CHIQISHI VA TARAQQIYOTI

No’monov Istiqbol Iqboljonovich

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy torli cholg‘ularidan biri bo‘lgan rubobning kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari va taraqqiyot yo‘li ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Rubobning ilk tarixiy manbalardagi eslatmalari, tuzilmasi, sozlash usullari hamda ijrochilik an’analari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, uning xalq va professional musiqadagi o‘rni, zamonaviy musiqa asarlaridagi qo‘llanilishi ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada rubob san’atining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari rubob cholg‘usining o‘zbek musiqa madaniyatidagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: rubob, cholg‘u asbobi, tarixiy taraqqiyot, milliy musiqa, ijrochilik san’ati, Sharq musiqasi, o‘zbek musiqa madaniyati, xalq cholg‘ulari, maqom, pedagogik ahamiyat. Rubob – qadimiy torli cholg‘u asbobi bo‘lib, uning ilk shakllari miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda rubob ilk bor Afg‘oniston, Hindiston va Eron hududlarida paydo bo‘lgan cholg‘u asbobi sifatida tilga olinadi. Keyinchalik esa: O‘rta asrlarda – Markaziy Osiyoda keng tarqalgan; Risolalarda – Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy kabi olimlar rubob va uning imkoniyatlari haqida yozib o‘tgan; Nomining kelib chiqishi – “Rubob” so‘zi arabcha “rabab” (torli cholg‘u) so‘zidan kelib chiqqan, lekin asbob o‘zi arablardan oldin mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Rubob— torli cholgʻu asbobi. Rubob eng qadimiy cholgʻu asboblari turiga kiradi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi. Afgʻon rubobining 2 ta nomi bor:' 'tojik rubobi va buxoro rubobi. Qashqar rubobi Qashqarda keng tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm. Qashqar rubobining cho‘michsimon kosasi tut kabi qattiq daraxtlar yog‘ochidan yasaladi. Kosasining usti esa teri bilan qoplanadi. Qashqar rubobining dastasi uzun bo‘lib, oxiri qayrilgan bo‘ladi. Kosasining oldida shoxga o‘xshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qo‘l uchun tayanch vazifasini bajaradi. Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 24 tagacha parda bo‘ladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi. Qashqar rubobining beshta 74-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 9 Ustozlar uchun pedagoglar.org simi bor. Ular kvarta-kvinta oralig‘ida sozlanadi. Past birinchi ikki juft simi ochiq chalganda "lya" tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi, ikkinchi juft simi "mi" tovushiga va uchinchi simi "si" yoki "lya" tovushiga sozlanadi. Diapazoni kichik oktava "si" yoki "lya" tovushidan uchinchi oktava "lya" tovushigacha. O‘zbek bastakorlaridan Muhammadjon Mirzaev, sozandalaridan Ari Boboxonov, N. Qulabdullaev, kompozitorlardan Ibrohim Hamraev, Mustafo Bafoev va boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan. Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima o‘z imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, to‘rt metall tori kvinta oralig‘ida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi. Sozgar usta S.E.Didenko (1911- 1988) tomonidan ishlangan rubob prima cholg‘usi yuqori registrdagi tovushlarga, katta tovush diapazoniga va keng ijrochilik imkoniyatlariga ega bo‘lib, mizrob bilan chalinadigan sozlar sirasiga kiradi. Rubob prima kosasi yog‘och plastinkalardan dastasi esa o‘rik daraxti yog‘ochidan ishlanadi. Kosasiga baliq terisi qoplanadi. Cholg‘u torlarini tutib turish uchun kosa tagiga to‘rtta ilmoqlar o‘rnatiladi. Kosa bilan dasta tutashgan joyida, dastaning ikki tomonida shoxsimon fason qulog‘i mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos bezak vazifasini o‘taydi. Rubobning ovoz diapazoni torli cholg‘ular orasida ancha keng hisoblanadi. U pastdan balandgacha bo‘lgan bir nechta oktavani o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, rubob lirik, sokin, yurakdan chiqqan ohanglarni ijro etishda tengsizdir. Uning ovozi inson tovushiga yaqin bo‘lgani uchun ham ko‘plab bastakorlar va sozandalar uni ichki tuyg‘ularni ifoda qilishda foydalanishgan. Shuning uchun ham rubobni ko‘pincha “ruhning tovushi” deb atashadi. Cholg‘u sifatida rubobning yana bir muhim jihati uning ko‘p qirrali texnik imkoniyatlaridadir. Rubobda chertma, siljitma, urish, titratish (vibrato), glissando kabi ijro texnikalarini amalga oshirish mumkin. Bu usullar ijrochiga keng musiqiy ifoda berib, cholg‘u orqali har xil kayfiyat, tuyg‘u va dramatik holatlarni namoyon etish imkonini yaratadi. Masalan, Farg‘ona-Toshkent maktabi ijrochilari rubobda barmoqlarni tez harakatlantirib, murakkab improvizatsion uslublar orqali kuylar yaratishadi. Buxoro maktabida esa rubobning silliq, nafis ohangdorligi ko‘proq qadrlanadi, u yerda kuylarga chuqurlik va ruhiy ifoda berish ustuvor hisoblanadi. Estetik jihatdan rubob nafaqat eshitish, balki ko‘rish z

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy torli cholg‘ularidan biri bo‘lgan rubobning kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari va taraqqiyot yo‘li ilmiy jihatdan tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy torli cholg‘ularidan biri bo‘lgan rubobning kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari va taraqqiyot yo‘li ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: rubob, xalq cholg‘ulari, o‘zbek musiqa madaniyati, ijrochilik san’ati, Sharq musiqasi, maqom, milliy musiqa, tarixiy taraqqiyot, cholg‘u asbobi, pedagogik ahamiyat.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники