К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA ORIPOV ASARLARINI O‘QITISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI · Muxtorova Lobar Zohir qizi · TEKNOLOJİLERİNİN ROLÜ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Muxtorova Lobar Zohir qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Usarova Laylo İbragimovna, bilimsel danışman (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · ПРОИЗВЕДЕНИЙ АБДУЛЛЫ ОРИПОВА (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Мухторова Лобар Зохир кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti)

Для учителей · 8 · 2026

Аннотация

This article explores the methodological aspects of studying the literary heritage of the poet Abdulla Oripov based on modern educational technologies. It highlights the ways to enhance students’ interest in literature, develop text analysis skills, and foster creative thinking through educational technologies. The article analyzes the role of innovative approaches, digital technologies, multimedia methods, and interactive lessons in understanding the poetic layers of A. Oripov’s works. Additionally, the advantages of using didactic games, interactive presentations, and multimedia resources are discussed. Keywords. Abdulla Oripov, educational technologies, interactive learning, poetic thinking, literature teaching methodology, didactic games. XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning serqirra ijodi o‘zbek xalqining ma’naviy boyligiga beqiyos hissa qo‘shgan. Shoirning vatanparvarlik, insonparvarlik, tabiatga muhabbat, hayot va o‘lim haqidagi falsafiy mushohadalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ta'lim tizimida axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi o‘qituvchilarga Abdulla Oripov asarlarini o‘quvchilarga yanada qiziqarli va samarali tarzda yetkazish imkoniyatini yaratmoqda. Shu bois, ushbu maqolada Abdulla Oripov asarlarini o‘qitishda ta'lim texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati, ulardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos ovozga ega shoir sifatida tanilgan. Uning she'rlarida teran falsafiy mushohadalar, hayotiy kuzatishlar va insoniy tuyg‘ular o‘z ifodasini topgan. Shoirning "O‘zbekiston", "Ona tili", "Genetika", "Yurtim shamoli" kabi asarlari o‘zbek xalqining milliy g‘ururini, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi. Abdulla Oripov asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, mavzulari va janrlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. U o‘z ijodida lirika, doston, drama kabi janrlarda samarali ijod qilgan. Shoirning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U o‘z she'rlari bilan o‘zbek adabiyotining mavzu doirasini kengaytirdi, unga yangi badiiy uslublar va obrazlar olib kirdi. A.Oripov she’riyatida obraz tasviriy badiiy vosita sifatida xizmat qilib, o‘quvchining tasavvurini kengaytiradi. Shoir o‘z obrazlarini tabiat manzaralari, inson kechinmalari va falsafiy mushohadalar orqali yaratadi. Kuz, bahor, tun, quyosh, lola, daraxt, kabi tasvirlar orqali inson hayotining turli bosqichlari va ruhiy kechinmalari ifodalanadi. Masalan, kuzning xazonlari nafaqat tabiatning bir qismi, balki, inson qalbidagi o‘zgargan holatlar, his tuyg‘ularni ham aks ettiradi. Bunday usul bilan yaratilgan obrazlar chuqur ma’noni ochib berishga xizmat qilishini yaxshi bilamiz. Shuning uchun ham shoir asarlarini o‘quvchilarga o‘rgatishda, asarlar ularning murg‘ak qalblaridan ta’sirli joy olishi, hamda ularda badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbatning ortishiga hissa qo‘shish uchun turli xil metodlardan foydalanishni tavsiya qilamiz [3: 55]. Adabiyot fanining asosiy maqsadi shunchaki fakt va voqealarni yodlash emas, balki shaxsning ichki dunyosini boyitish, estetik tafakkurni rivojlantirishdir. Abdulla Oripov she’riyatida 839 estetik ideal, go‘zallik mezonlari, haqiqat va ezgulik singari tushunchalar badiiy vositalar orqali ochib beriladi. Bularni o‘quvchiga yetkazishda interaktiv drama usullari, ssenariy asosida ishlash, rolli o‘yinlar katta samara beradi. A.Oripov asarlarining poetik qatlamlarini o‘rganishda innovatsion yondashuvlar. Abdulla Oripovning adabiy merosi o‘zining boy poetik qatlamlari va chuqur ma'nolari bilan ajralib turadi. Uning she'rlari nafaqat zamonaviy o‘zbek adabiyotining yuksak namunalaridan biri, balki o‘quvchilarda estetik va intellektual fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan adabiy asarlardir. Shu bois, Oripovning asarlarini o‘rganishda innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarga poetik qatlamlarni chuqurroq va kengroq tushunishga yordam beradi. Innovatsion yondashuvlar orasida raqamli texnologiyalar va multimediali metodlarni qo‘llash samarali usul bo‘lib, bu o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, tushunchalarni yaxshiroq tushunish va yaratgan tasavvurlarni mustahkamlashga yordam beradi. Misol uchun, Oripovning she'riy asarlarini interaktiv tarzda tahlil qilish, audio va video materiallar orqali ularning ma'nolarini ochib berish, she'rlarni turli badiiy obrazlar bilan tasvirlash o‘quvchilarga poetik qatlamlarning murakkabligini yaxshiroq anglash imkonini yaratadi [2: 273]. Shuningdek, didaktik o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali Oripovning asarlaridagi syujet, obrazlar va til elementlarini o‘rgatish mumkin. Bu metodlar o‘quvchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va ularni o‘qishga rag‘batlantiradi. O‘quvchilar she'rlaridagi tasavvurlarni yaratishda va ularga yangi ma'nolar yuklashda o‘z ijodiy fikrlarini shakllantirishlari uchun innovatsion texnologiya

Доказательный фрагмент

«This article explores the methodological aspects of studying the literary heritage of the poet Abdulla Oripov based on modern educational technologies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the methodological aspects of studying the literary heritage of the poet Abdulla Oripov based on modern educational technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulla Oripov, educational technologies, interactive learning, poetic thinking, adabiyot o‘qitish metodikasi, interaktiv ta'lim, didaktik o‘yinlar., Kalit so‘zlar. Abdulla Oripov, poetik tafakkur, ta’lim texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники