Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQ ERTAKLARINI O‘QITISHDA PISA TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI
FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI · Qurbaniyazova Zulqumar Sali qizi · KULLANMANIN ETKİLİ YOLLARI (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · Qurbaniyazova Zulqumar Sali qizi (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · Қурбаниязова Зулқумар Салиевна (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · Магистрантка Нукусского государственного (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti)
Для учителей · 2026
Аннотация
Analyzes effective teaching methods based on PISA tasks in teaching folk tales. Learn how the PISA methodology works in teaching folklore in an understandable and engaging way. PISA tasks help learners develop analytical thinking, text comprehension, and evaluation skills. The article also provides detailed information about the features of the PISA method, how it affects students through folk tales, and the effectiveness of these methods in practice. Keywords. Innovative method, analytical task, logical thinking, king, queen, craft, method, diagram. PISA bo‘yicha tayyorlangan topshiriqlar tizimli tayyorlanganda oddiy matnlar ustida ish olib borilmasligini o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham anglab yetishi taqozo qilinadi. [1; Б.49.]. Haqiqatan ham zamonaviy kashfiyotlar yaratilayotgan davrda adabiy ta’lim jarayoniga olib kiradigan har bir matn, topshiriq va innovatsiyalarimiz ham puxta o‘ylangan, oldindan rejalashtirilgan bo‘lishi lozim. Topshiriqni tayyorlash davomida nafaqat matnning to‘g‘ri tanlanishiga, balki o‘quvchilarga taqdim qilinadigan savollarning tizimli tashkillashtirilganligiga ham alohida e’tibor qaratish darkor. PISA topshiriqlari: O‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matn ustida ishlash, tushunish, tahlil qilish va turli ma’lumotlarni birlashtirish salohiyatini o‘lchaydi; Hayotiy vaziyatlarga asoslangan; Turli turdagi matnlar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi (adabiy, funksional, informatsion). O‘quvchilarda rivojlanadigan kompetensiyalar: Tanqidiy fikrlash; Muammolarni yechish; Argumentlangan fikr bildirish; O‘z fikrini yozma va og‘zaki ravishda ifodalash. PISA topshiriqlarida jadval, grafik, rasm, diagramma bilan ishlash muhim. Masalan: Ertakdagi voqealar ketma-ketligini ko‘rsatuvchi diagramma tuzing. Qaysi voqea burilish nuqtasi bo‘ldi? Hunar haqida ertak Burungi zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan. U bir kambag‘alning qiziga uylanmoq chi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib, podshohning niyatini qizga aytishibdi. Qiz sovchilarga: – Podshohga aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podshoh bir hunar bilsagina, tegaman, bilmasa – o‘rgansin, – debdi. Sovchilar podshohning oldiga kelib qizning shartini aytishibdi. Podshoh bu gapni eshitib, avval achchiqlanibdi, so‘ng o‘ylanib turib, qizning gapi ta’sir qilibdi: “Podshohligim hunar emas ekan-da. Xayr, hunar ham o‘rganay”, deb o‘z o‘rniga vazirini qoldirib, hunar axtarib chiqib ketibdi. Hamma hunarlarni ko‘ribdi, oxiri gilamchilik ma’qul bo‘libdi. Gilam to‘qiydigan bir yaxshi ustani topib, unga shogird tushibdi. Uch yil-u uch oy deganda gilam to‘qishni o‘rganibdi. Bir gilam to‘qib qizning uyiga yuboribdi. “Hunar o‘rgandik, shartini bajardik”, debdi. Qiz: – Podshoh shartni bajargan bo‘lsa, men ham so‘zimda turibman, – debdi. Podshoh to‘y-tomosha qilib, qizga uylanibdi. Kunlardan bir kuni mamlakatdagi savdogarlar, katta-katta boylardan bir qanchasi g‘oyib bo‘libdi. Qancha axtarishmasin, baribir ularning daragini topisholmabdi. Bu xabar podshohga yetib kelibdi. Podshoh: “Bularni o‘zim axtarayin, shaharda bir sir borga o‘xshaydi, buni bilmasam bo‘lmaydi”, deb podshohlik kiyimlarini yechib, boshqa kiyimlar kiyib, kechasi xalq uxlagandan keyin shaharni aylanmoqchi bo‘lib saroydan chiqib ketibdi. Aylanib yursa, uzoqdan bir chiroq ko‘rinibdi. Podshoh to‘g‘ri shu chiroq ko‘ringan joyga borsa, bir oshxona ekan. Oshxonaning ichida ko‘p odam ovqat yeb o‘tirgan ekan. Eshikni ochib qarashi bilan oshxona egasining ko‘zi unga tushibdi va: 843 – Nima ishingiz bor? – deb so‘rabdi. Podshoh: – Qornim och, ovqat yemoqchiman, – debdi. Oshxona egasi: – Qani, ichkari kiring, to‘rga o‘ting, – deb podshohni ichkari xonaga olib kiribdi. Podshoh to‘rga o‘tayotib yerto‘laga tushib ketibdi. Qarasa, ro‘parasida bir kishi turibdi. U kishi podshohni sudrab ichkari bir xonaga olib kiribdi. Xonada odam juda ko‘p ekan. Podshohning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushibdi. Bir kishi o‘tirgan yeridan shartta turib, qo‘lida katta pichoq: “Qani, hozir navbat kimniki?” deb to‘g‘ri podshohning oldiga kelib, uni so‘ymoqchi bo‘libdi. Podshoh esankirab qolibdi: – Sizlar kimsizlar?! Sizlarga jon kerakmi, mol kerakmi, pul kerakmi? – debdi. Ular: – Bizga jondan boshqa bari kerak, u bo‘lmasa, jon kerak, hozir sening kallang kerak, – deyishibdi. Podshoh: – Pul, mol topib bersam bo‘ladimi? – debdi. Ular: – Bo‘ladi, – deyishibdi. Podshoh: – Unday bo‘lsa, bir hunar ko‘rsataman, mening aytganimni qilasizlar. Men bir gilam to‘qib beraman, shuni podshohga olib borsanglar, ming tilla beradi, – debdi. Ular: – Qani, hunaringni ko‘raylik, – deyishibdi. Podshoh u kerak, bu kerak deb gilam to‘qish uchun kerakli narsalarni aytibdi. Haligi odamlar bozorga borib, podshoh aytgan narsalarni olib kelishibdi. Podshoh gilam to‘qishga kirishibdi. Gilamni to‘qib bo‘lgach: – Mana bu gilamni podshohga olib boringlar. Podshoh sizlarga ming tilla beradi, – debdi. Haligi odamlar gilamni podshoh saroyiga olib borishibdi. Saroydan bir mahram chiqib, gilamni ichkariga olib kirib, vazirga ko‘rsatibdi. Bular podshohning yo‘qolib
Доказательный фрагмент
«Analyzes effective teaching methods based on PISA tasks in teaching folk tales.»
Образец извлечения
Демо-превьюAnalyzes effective teaching methods based on PISA tasks in teaching folk tales. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Innovative method, analytical task, logical thinking, king, queen, craft, method, podshoh, hunar, tahliliy topshiriq, Kalit so‘zlar. Innovatsion usul, mantiqiy fikrlash, malika, diagramma., metod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024