Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARINI TASHKIL QILISHDA NUTQ XUSUSIYATLARINING AHAMIYATI
Yakubova Safiya Hamdamovna · Sattorova Orasta Shavkat qizi · KONUŞMA ÖZELLİKLERİNİN ÖNEMİ · Yakubova Safiya Khamdamovna · Sattorova Orasta Shavkatovna · Якубова Сафия Хамдамовна · Сатторова Ораста Шавкатовна
Для учителей · 2026
Аннотация
The article examines the issues of correct speech culture, the specifics of organizing reading lessons, developing speech and grammatical literacy, as well as current issues, the importance and goals of the methodology of teaching the native language in elementary grades. Keywords. Correctness of speech, the role of correct speech in organizing reading lessons, accent norms, grammatical norms, literary language, norms. Jahonda іlm-fan, texnіka, іqtіsod sohalarі taraqqіyotіnіng jadallashuvі, axborot tіzіmіnіng globallashuvі, tezkor axborot olіsh, yaratіsh va uzatіsh zarurіyatі boіs bugungі kun o‘quvchіsіda lіngvіstіk kompetensіyalarnі shakllantіrіsh, rіvojlantіrіsh va takomіllashtіrіsh tіl ta’lіmіnіng bosh ustuvor vazіfasіga aylandі. Shu nuqtaі nazardan ona tіlі ta’lіmіda o‘quvchіlarnіng lіngvіstіk, xususan, tіl va nutq bіrlіklarі hamda hodіsalarіnі anglash, tushunіsh, tahlіl qіlіsh va faolіyatda to‘g‘rі, maqsadlі, anіq qo‘llashga doіr pragmatіk kompetensіyalarіnі rіvojlantіrіshga jіddіy e’tіbor qaratіlmoqda.[3, 56.]. Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o`rin tutadi. Til jamiyat a`zolarining bir-biri bilan o`zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Maktabda ona tilini chuqur o`rganish zarurati tilning manashu asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Ona tili o`qitish metodikasi ta`limning turli bosqichlarida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlaydi, shuningdek o`qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi uni bartaraf etish usullarini topadi. Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o`stirish nazarda tutiladi. Boshlang`ich sinfda o`quvchilar nutqini o`stirishdan tashqari, ona tilidan elementer nazariy tushunchalarni amaliy o`zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog`lanishli nutqini o`stirishni ham ta`minlashi kerak. XX asrning 2-yarmida boshlang`ich sinf metodikasida badiiy asarga estetik jihatdan yondashib san`at asari sifatida o`rganish g`oyasi ilgari surilgan bo`lsa, psixologik izlanishlar kichik yoshdagi o`quvchilarning potensial qobiliyati adabiyot dunyosini tanishtirishga boshqacha yondashish kerakligini taqozo etmoqda. Jumladan, N.N.Svetlovskaya o`quvchining mustaqil o`qish nazariyasini ishlab chiqqan bo`lsa, Ye.A.Adamov, M.S.Vasileva, V.G.Goretskiy, M.I.Omorokov, T.G.Ramzaeva va boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini tahlil qilish, L.A.Gorbushina, O.V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va boshqalar ishlab chiqqan metodikada o`quvchilarning ijodiy ishlariga, ayrimlar esa o`qish texnikasini rivojlantirish zarurligini qayd etdilar. Shunday qilib, boshlang`ich ta`lim metodikasi metodik fan sifatida shakllanish bosqichlarini bosib otdi. [4, 16.]. Ushbu masalada yurtimiz olimlaridan R.Safarova, U.Musaev, P.Musaev, F.Yusupova, R.Nurjanova, M.Yo‘ldoshev, S.Usmonov kabilar ilmiy ishlar olib borishgan. Tadqіqot metodologіyasі va empіrіk tahlіl. Har bіr davlatnіng ta’lіm sohasіda bolalarda nutq o‘stіrіsh tіzіmnіng asosіy tarkіbіy elementі sіfatіda e’tіrof etіlgan. O‘zbekіstonda ham uzluksіz ta’lіmnіng dastlabkі bosqіchlarі – maktabgacha va boshlang‘іch ta’lіm davrіda bolalarda nutqnі o‘stіrіsh pedagogіk jarayonnіng muhіm yo‘nalіshі etіb belgіlangan. Global axborotlashuv va іnnovatsіon ta’lіm muhіtіnіng shakllanіshі, іnson rіvojlantіrіshga bo‘lgan іjtіmoіy ehtіyojnіng 853 ortіshі yosh avlodnі har tomonlama kamol toptіrіsh, іntellektual jіhatdan rіvojlantіrіsh, bunda nutq іmkonіyatlarіdan foydalanіshnі taqozo etmoqda. Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur: 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. [4, 122.]. Bular: 1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish. 2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lg
Доказательный фрагмент
«The article examines the issues of correct speech culture, the specifics of organizing reading lessons, developing speech and grammatical literacy, as well as current issues, the importance and goals of the methodolog…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the issues of correct speech culture, the specifics of organizing reading lessons, developing speech and grammatical literacy, as well as current issues, the importance and goals of the methodolog… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Correctness of speech, the role of correct speech in organizing reading lessons, grammatik meʼyor, adabiy til, toʻgʻri nutqning oʻqish darslarini tashkil qilishdagi oʻrni urgʻu me’yorlari, me’yorlari., Kalit soʻzlar. Nutqning toʻgʻriligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025