К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGI KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH (hikoyalarni o‘qitish asosida)

Shamsiyeva Dilfuza Nizomidinovna · Yuldosheva Saodat Azizovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Şemsiyeva Dilfuza Nizomidinovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Özbek-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Yuldosheva Saodat Azizovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Шамсиева Дилфуза Низомидиновна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Юлдошева Саодат Азизовна (магистрантка Узбекско-Финского педагогического института)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article examines the methods that are important for further developing the reading literacy formed in the student during the process of literary education. Information is provided on the relevance of further developing this skill in students. The importance of pre-lesson, during-lesson, and post-lesson assignments is also revealed. Keywords. Reading literacy, interdisciplinary integration, assignments in the lesson process, modern methods. Bizga ma’lumki, adabiyot darslarida o‘quvchilar epik, lirik,dramatik turdagi asarlarni o‘qib o‘rganishadi. Yozuvchilar har uchala turdagi asarlarda atrof muhitni, voqealarni, insonlarni chuqur tahlil qiladi, ular ustida mulohaza yuritadi va kechinmalarini qog‘ozga tushiradi. Oq qog‘ozga tushgan chizmalar qaysidir ma’noda ko‘plab kishilarga hayoti davomida uchrayotgan yoki uchrashi mumkin bo‘lgan muammo va masalalarni yechishga yordam beradi. O‘z-o‘zidan adabiyot kishilarga ulkan hayotiy saboqlarni beruvchu manba hisoblanadi. Shu sababli kishi haqiqiy komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishi uchun ham adabiyot deb atalmish ulkan dengiz qariga sho‘ng‘ishi kerak. Kishilar adabiyot ta’limi orqali ruhan sog‘lomlashadi, qalbi poklanadi. Bizga ma’lumki, maktab dargohida o‘quvchilarga ko‘plab fanlar o‘qitiladi. Matematika, fizika, kimyo fanlari o‘quvchilarni bilimlarga undasa, musiqa, texnologiya kabi fanlar ularni kasb-hunarga yo‘naltiradi. Faqat adabiyot darslarigina shakllanib kelayotgan shaxsning ma’naviyati sog‘lomlashuviga, ruhiy kamolotiga, tuyg‘ularining takomiliga xizmat qiladi. Ya’ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o‘quv-didaktik tahlilga tortilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Unda o‘quvchilar ko‘rkam asarlarning qahramonlari misolida ularning tutumlari, o‘y-xayollari, orzu-istaklari, tuyg‘ulari, baxti-yu baxtsizligi, shodlik-u qayg‘ulari, xatolari va buning ortidan keladigan iztiroblar tahlili jarayonida Odamni anglab boradilar. O‘zgalar hayoti misolida o‘zini, tutumlarini, hayotini taftish qiladilar, o‘zligini taniydilar. Ayni zamonda, o‘quvchilar o‘zlarini tarbiyalash jarayonida ishtirok etadi. O‘z-o‘zidan shu ma’lum bo‘ladiki, o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi inson hayoti davomida kerakli bilimlarni olishiga yordam berishi bilan birgalikda insonning eng a’lo ziynati bo‘lgan odob- axloq ko‘nikmalarini olishga ham yordam beradi. Ko‘plab metodistlar ta’kidlaganidek, adabiyot ko‘ngil tarbiyachisidir. Demak, adabiyot darslarida o‘qituvchilar ko‘proq o‘quvchilarning qalb oynasi tozalanishiga, unda insoniy tuyg‘ularni shakllantirishga ko‘proq e’tibor berishlari kerak bo‘ladi. Sababi jamiyatga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat nigohi bilan qaraydigan, tinchlik- osoyishtalikni qadrlaydigan, millatparvar yoshlar juda zarurdir. O‘qituvchi o‘z metodikasi bilan o‘quvchilarga adabiyot darslarini samarali o‘tishi mumkin. Dars davomida o‘quvchilarni ezgu g‘oyalarga boshlash ham o‘qituvchining zimmasidadir. Imom Buxoriy aytganidek: “Bolaning tabiati rivojlanishga moyil boʻladi, uni qanday g‘oyalar bilan to‘ldirish, ota-ona va ustozga bogʻliq”. Albatta, kelajak yosh avlodniki! Ularni komillik sari ilmli va ziyoli qilib qilib yetkazishda o‘qituvchilarning o‘rni kattadir. Bunda o‘qituvchining yelkasiga ko‘proq ma’suliyat yuklatiladi. Sababi o‘qituvchi darsni shakllantiruvchi muhim shaxsdir.Agar o‘qituvchi adabiyot darslari vaqtlarini o‘quvchilardan quruq ma’lumotlarni so‘rashga sarflab, asar haqida, asar qahramonlari, voqealarni qay tarzda qabul qilishganlarini, o‘quvchiga qay tarzda ta’sir qilganigini so‘ramasa, o‘quvchi har doim bo‘sh ma’lumotlarni yod olishga o‘rganadi. Bunday holatda adabiyot ham o‘zining asosiy maqsadini amalga oshira olmaydi.Adabiyot darslarida haqiqiy “meni” bor, ruhan va aqlan sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalash uchun ,avvalo, o‘qituvchining o‘zida shu jihatlar mujassam bo‘lishi kerak. adabiyot darslarida o‘qituvchilar ko‘proq o‘quvchilarning qalb 863 oynasi tozalanishiga, unda insoniy tuyg‘ularni shakllantirishga ko‘proq e’tibor berishlari kerak bo‘ladi.. Dars davomida o‘quvchilarni ezgu g‘oyalarga boshlash ham o‘qituvchining zimmasidadir. Ushbu maqolada adabiy ta’limda hikoya janrini qay tarzda o‘qitilsa, o‘quvchilarda o‘qish savodxonligi ko‘nikmasi oshishi haqida mulohaza yuritildi va samarali metodik tavsiyalar berilishiga harakat qilindi. 6-sinf darsligida berilgan Odil Yoqubovning “Yaxshilik” hikoyasini o‘qish jarayonida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi ko‘nikmasini oshirishda quyida tavsiya etilgan metodlardan foydalanilsa, samarali natijalarga erishishda yordam beriladi. M.Fozilova “Adabiyot darsida nasriy badiiy asarni (hikoyani) o‘qish jarayonini tashkil etishda keng qamrovli maqsad va vazifalar amalga oshirilishi talab qilinadi. O‘qish, asosan, uch bosqichda tashkil qilinadi: 1) tayyorgarlik ko‘rish; 2) o‘qish; 3) asarni tahlil qilish” [1, 79 b.] – deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, darslikda berilgan har qanday badiiy asarni o‘qishda tavsiya etilgan fikrga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Quyida asarni o‘qish jarayoni uchga

Доказательный фрагмент

«This article examines the methods that are important for further developing the reading literacy formed in the student during the process of literary education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the methods that are important for further developing the reading literacy formed in the student during the process of literary education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Reading literacy, interdisciplinary integration, assignments in the lesson process, zamonaviy metodlar., Kalit so‘zlar. O‘qish savodxonligi, fanlararo integratsiya, dars jarayonidagi topshiriqlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники