Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI TA’LIMIDA O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI · Suyunova Nazira Valijon qizi · GELİŞTİRİLMESİNİN METODİK TEMELLERİ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Suyunova Nazira Valijon kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Суюнова Назира Валиджоновна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article examines the theoretical and methodological foundations of developing and shaping students' reading comprehension skills in native language education. The article 872 discusses the key components of reading comprehension and provides recommendations on using methods that contribute to their development. Keywords. Text, textbook, semantic and analytical understanding, INSERT method, cluster method, ICT. Insoniyat shakllanishi va rivojlanishida ilmiy manbalarni ajdodlardan avlodlarga meros qilib qoldirish zaruriy unsurlardan biri hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun birdan – bir imkoniyat matn va ilm bilan shug‘ullanishdir. Yosh avlodni barkamol, mustaqil, keng fikrli, o‘z so‘ziga va qaroriga ega shaxs qilib shakllantirishda ona tili ta’limining o‘rni katta. Odamzotning taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan yozma madaniyat aynan shu fan doirasida o‘rganiladi va o‘rgatiladi. Matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish va shakllantirish ham ona tili fanining oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan biridir. Zero, bir matn yaratilishi bu o‘quvchi tafakkurining voqealanishi, bir mazmunning tugallanib, yuzaga chiqishidir. Bugungi kunda o‘quvchilarni mustaqil va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishimiz lozim. Bu borada darsliklarda katta o‘zgarishlar olib borilmoqda. Ma’lumki, eski tartibdagi darsliklarda o‘quvchi qoida asosida topshiriq va mashqlarni bajarar edi. Bunda u mantiqiy fikrlamas, berilgan topshiriqnigina ishlardi. O‘zbek tilshunosligida psixolingvistika, lingvodidaktika, lingvokulturologiya sohalarining taraqqiyoti darsliklarda ham o‘z aksini ko‘rsatib, ularda berilgan topshiriqlarda matnni o‘qib tushunish, tinglab tushunish, leksik, grammatik savodxonlikni, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishga qaratilgan. Shulardan o‘qib tushunish ko‘nikmasi o‘quvchini o‘ylashga, fikrlashga undaydi. O‘qib tushunish – bu matnni diqqat bilan o‘qish, uning mazmunini anglash, asosiy g‘oyalar va muhim tafsilotlarni ajratish, matn mantiqiy tuzilishini tushunish va uni tahlil qilish jarayonidir. Bu ko‘nikma o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘qib tushunish quyidagi asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi: leksik tushunish, grammatik tushunish, semantik tushunish (matn mazmunini idrok qilish), analitik tushunish (muallif fikrini, asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni ajratish). Ona tili ta’limida quyidagi usullar o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi: Matn tahlili – matnning mavzusini aniqlash, asosiy g‘oyalarni ajratish; Klaster usuli – matnning asosiy mazmuni asosida fikrlar xaritasini yaratish; INSERT (o‘qish va qayta ishlash strategiyasi) – matnni o‘qish jarayonida belgilash, savollar berish va asosiy fikrlarni ajratish; Muammoli ta’lim – matndagi muammolarni topish va ularga yechim taklif qilish; Grafik organayzerlar – diagrammalar, jadvallar va sxemalar orqali matn mazmunini vizuallashtirish. Zamonaviy texnologiyalardan foyalanish ham o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, raqamli ta’lim resurslari (Kahoot, Quizlet, Google classroom), interfaol metodlar, AKT vositalari (elektron darsliklar, audio va video materiallar, onlayn test, taqdimotlar)dan foydalanish ham o‘qib tushunish qobiliyatini oshirishga yordam beradi va matn bilan ishlash ko‘nikmasini shakllanishiga turtki beradi. Bulardan tashqari hozirgi kunda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyati ham oshib bormoqda va bu ham ta’lim tizimimizga kirib kelmoqda. O‘qib tushunish – matnni mazmunini anglashga doir nutqiy faoliyat turi. Shuningdek, eshitish organlaridan ko‘ra ko‘rish organlari ancha layoqatli, shuning uchun matn shaklidagi xabar eshitilgan xabardan ancha ishonchliroqdir. Matnni o‘qish davomida ijodkor aytmoqchi bo‘lgan tagma’noni sezishimiz va unga o‘zimiz hukm chiqarib, xulosa bera olishimiz kerak. Matn bilan ishlayotganda darslik tuzuvchilar ham, o‘qituvchilar ham e’tibor beradigan asosiy nuqta bu bolalarning yosh kesimi. Berilayotgan matn, albatta, o‘quvchining yoshiga mos bo‘lishi, kontekstda berilayotgan mazmunni o‘quvchi anglab yeta olishi lozim. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning til bilimi, fikrlash qobiliyati va muloqot madaniyatini rivojlan- tirishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilar zamonaviy metodlarni qo‘llash, interfaol darslarni tashkil etish va o‘quvchilarning o‘z 873 fikrlarini mustaqil bayon qilishlariga sharoit yaratishlari lozim. Zero, o‘qib tushunish ko‘nikmasining shakllanishi ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, u nafaqat til o‘rganish, balki keng qamrovli tafakkur rivojlanishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi veb-sayti: www.natlib.uz 2. Fayzullayeva N. Matnni o‘qib tushunish orqali mantiqiy fikrlashni o‘stirish. – “Sciense and education” scientific journal, may 2023. 1010-1013 b. 3. Hasanboyeva Q. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi. – Toshkent: “Sharq”, 2020
Доказательный фрагмент
«This article examines the theoretical and methodological foundations of developing and shaping students' reading comprehension skills in native language education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the theoretical and methodological foundations of developing and shaping students' reading comprehension skills in native language education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Text, textbook, semantic and analytical understanding, INSERT method, cluster, INSERT, AKT., klister usul, semantik, analitik tushunish, darslik, Tayanch so‘zlar. Matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024