К содержанию
РецензированоUZ2026

ADABIYOT DARSLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI · Umurova Farangiz Askarboy qizi · GELİŞTİRİLMESİNDEKİ SORUNLAR (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute tayanch doktoranti) · Umurova Farangiz Askarboy qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute tayanch doktoranti) · НА УРОКАХ ЛИТЕРАТУРЫ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute tayanch doktoranti) · Умурова Фарангиз Аскарбой кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute tayanch doktoranti)

Для учителей · 10 · 55-56 · 2026

Аннотация

The article examines the causes of problems in students' speech today and ways to overcome them, examples illustrate the role of topics in literature lessons in the formation of speech skills, as well as the fact that fluent and effective speech is one of the important elements of a teacher's work. Keywords. Speech ability, systematicity, breathing, artistic creativity, pronunciation, educational task, logical thinking, vocabulary. 883 Barchamizga ma’lumki, inson nutqi orqali ommaga ta’sir etadi va aynan nutq orqali ularni orqasidan ergashtira oladi. Bugungi kunda ko‘plab yoshlar orasida nutqini tizimli qilib yetkazib bera olmasligini, kuchli hayajon sababli omma oldida nutq qilishdan tortinishi va ovozdagi titroq, nafas yetishmovchiligi kabi muammolarni ko‘rishimiz mumkin. Bilimi yetarli bo‘lsa ham xató qilishdan qo‘rqishadi, fikrlarini tizimlashtirolmaydi. Bunga asosiy sabab yoshligida kattalar tomonidan ko‘p narsalarga aynan gapirishga bo‘lgan cheklovlarning me’yoridan oshib ketganligi va omma oldida ko‘p gapirmaganligi( tajribaning yo‘qligi)dir. Yuqoridagi sabablardan kelib chiqib, maktab o‘quvchilarining nutqini yaxshilash uchun Oliy ta’lim talabalarining nutqiga birinchi navbatda e’tibor qaratishni lozim topdik, chunki maktabga aynan mana shu talabalar ta’lim berishadi. O‘qituvchi o‘zi nutqqa oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lsagina o‘quvchi nutqiga e’tibor beradi, uni rivojlantirishga harakat qiladi. Bilamizki, pedagogning asosiy qurollaridan biri bu – uning nutqidir. Nutq orqali u o‘quvchilarga ta’sir o‘tkaza oladi, nutq orqali ularni mavzuga, fanga qiziqtira oladi. Inson nutqi qachon rivojlanadi? Qachonki, u badiiy asar o‘qisa. Ilmiy asar emas, publitsistik maqola emas aynan badiiy asar o‘qiganda, chuni badiiy asarda sinonimlar bor, so‘z qochrimlari bor, tasviriylik, ifodalilik kuchli. Bunday asarlar o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirishda, ularning tasavvur olamini jozibador qilib, dunyoqarashini kenggaytirishda yordam beradi. Shu sababli adabiyot darslarini ona tili darslari bilan integratsiya qilish orqali talabalar nutqiga e’tibor qaratish dolzarb muammolardan biridir. Mana shunday muammolarni bugungi kundagi tadqiqotlarda ham ko‘rishimiz mumkin: G‘.Dustmurodov o‘z tadqiqot ishida “Nutq tovushlari bilan bog‘liq tipik kamchiliklarni tuzatish orqali talabalar talaffuz madaniyatini oshirish, orfoepiya o‘qitish metodikasini shakllantirish lozim. Biroq, orfoepiyani maktab va universitetda o‘qitish amaliyotida orfoepik ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirish uzoq va murakkab jarayon ekanligi yetarlicha hisobga olinmaydi” [1, 14 b]. Bizning fikrimizcha ham, aynan orfoepik qoidalar maktab ta’limidan o‘quvchilarga nazariy va amaliy topshiriqlar orqali o‘rgatilishi va dastur va rejalarga orfoepiyaga va nutqni rivojlantirishga bag‘ishlangan maxsus soatlar kiritilishi lozim, shundagina adabiy talaffuz me’yorlari maktab yoshidan yaxshi rivojlanadi, ko‘nikma hosil bo‘ladi. Oldingi nashrlardagi ona tili va adabiyot darsliklarida mantiqiy fikrlash, nutqiy qobiliyatlarni o‘stirish kabi jihatlardan ko‘ra ko‘proq grammatika, qoidaga asoslangan edi. Oliy ta’limga kirish imtihonlaridagi testlar ham shu qoidaga asoslanib tuzilganligi bois, o‘quvchilarda erkin ijodiy fikrlash, og‘zaki nutqiy qobiliyatlar orqada qolganligini ko‘p kuzatdik. Lekin bugungi kundagi yangi nashrdagi darsliklarda mantiqiy fikrlashga undaydigan, turli sohalardagi bilimlar jamlangan qisqa matn hikoyalar, qiziqarli topshiriqlar o‘rin olgan darsliklar o‘quvchilarning darsga qiziqishlariga, tanqidiy tafakkurlarini rivojlantirishlarida muhim dasturil amal bo‘la oladi. Shu bilan birga kirish imtihonlari va Milliy sertifikat imtihonidagi testlar mazmuni ham ancha o‘zgargan, mantiqiy fikrlashga undaydigan saviyada tuzilgan. Tanqidiy fikrlashi yaxshi bo‘lgan insonlarning nutqi ham qolganlarga nisbatan ravon bo‘ladi. Bizning tadqiqot obyektimiz talabalar bo‘lganligi sababli, bugungi kundagi talabalar oldingi nashrdagi maktab darsliklarini o‘zlashtirishganligi bois, ular qoida va test ishlashga moslashib qolishgan, shu sababdan nutqlarida muammosi borlari ko‘p kuzatiladi. Bunday muammolarga qanday yechim topiladi? Nutqiy ko‘nikmalarini qanday rivojlantirish mumkin? Bu kabi savolarga javob, bizningcha, avvalambor, badiiy asar o‘qish orqali so‘z boyligini oshirish eng muhim qadamlardandir. Masalan, L.Muhammadjonova ham o‘zining “Ritorika” asarida ushbu masalaga to‘xtalib: “Nutqning til madaniyati lug‘at madaniyatini egallashni talab qiladi. Bunda notiqning individual lug‘ati faol ravishda kengayib borishi, nutq so‘zlarining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari ahamiyatining ortib borishi ko‘zda tutiladi [2, 85 b]”. bizningcha ham so‘z boyligi ko‘p bo‘lgan inson nutqda ham qiynalmay, nutq vaziyatiga mos ravishda til birliklaridan o‘rinli foydalana oladi. Bunday vaziyatlarda bizga adabiyot darslaridagi mavzulardan: she’riy, nasriy, mumtoz asarlardan foydalanish ancha qo‘l keladi. Masalan: 884 1. She’riy asarlarni o‘qitayotganda o‘quvchi uni shunchaki ifoda

Доказательный фрагмент

«The article examines the causes of problems in students' speech today and ways to overcome them, examples illustrate the role of topics in literature lessons in the formation of speech skills, as well as the fact that…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the causes of problems in students' speech today and ways to overcome them, examples illustrate the role of topics in literature lessons in the formation of speech skills, as well as the fact that… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Speech ability, systematicity, breathing, artistic creativity, pronunciation, badiiy asar, nafas, tizimli, Kalit so‘zlar. Nutqiy qobiliyat, o‘quv-topshiriq, mantiqiy fikrlash, talaffuz, so‘z boyligi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники