К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISHDA NUTQIY KOMPETENSIYALARNING O‘RNI (6-sinf misolida)

KOMPETENSIYALARNING O‘RNI · Ziyodulloyeva Dinora Alijon qizi · YETERLİLİKLERİNİN ROLÜ (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Ziyodulloyeva Dinora Alijon qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Зиядуллоева Динора Алиджон кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti)

Для учителей · 350-357 · 2026

Аннотация

This article expresses the application of the concept of competence to the content of education, a new approach, the issue of development of the educational system, a scientific and theoretical opinion on expanding the worldview of sixth-graders who can independently observe them and consciously apply the acquired knowledge in everyday life. Keywords. Competence, new approach, development of the educational system, scientific and theoretical knowledge, improvement of the education system, artificial intelligence, speech competencies. Har qaysi mamlakatda olib boriladigan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida, avvalambor, ta’lim tizimi va turlarini yanada takomillashtirish eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning: “Agar mendan sizni nima qiynaydi, deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’limi va tarbiyasi deb javob beraman”, deya aytgan e’tiroflari, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning kelajagi, mukammal bilim sohiblari bo‘lib kamol topishlari va yorqin istiqboli masalasi yotganligini ko‘rsatadi [1, 12 b.]. Butun dunyo raqamlashayotgan va sun’iy intellekt hayotimizga faol kirib kelayotgan bir paytda shaxslararo muloqot, nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish masalasi dolzarb muammoga aylanib bormoqda. O‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish ularning ona tili va boshqa fanlardan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashiga yordam beradi. N.Husanov, K.Qosimova, S.Matjonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, L.R.Raupova, Sh.Yusupova, M.Qodirov, H.Ne’matov, B.Mengliev, B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva kabi ona tili va adabiy ta’lim metodist olimlarining ishlarida nutqiy kompetentlikni ta’lim nuqtayi nazardan yanada kengroq va sinchiklab o‘rganilgan. Ona tili va adabiy ta’lim imkonini beradigan turli jihatlari va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o‘rganib chiqilgan. Sh.Bektoshev, I.Davronov, G.Muhammadjanova, D.Toshxo‘jaeva, I.Toshev, F.Umarova, N.Yuldasheva, D.Yo‘ldashev, S.Ibrohimov, X.Qurbonova, G.Qurbonova, M.Qoraxo‘jaeva, T.G‘aniev, M.R.Hazratqulov, M.Rixsievalar tomonidan tilning fonetik, orfografik, leksik hamda nutqning rivojlanishida ona tili ta’lim mazmunining kompetentlik, metodik yondashuviga oid tadqiqotlar olib borilgan. Bunda so‘z bilan og‘zaki verbal, noverbal ta’sir o‘tkazish o‘qituvchidan pedagogik qobilyat texnikasini, ijodkorlikni va mahoratni talab qiladi . Kompetentlik – olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qilish demakdir. Namunalarga o‘xshash harakatlarni ko‘zda tutadigan “bilim, ko‘nikma va malakalardan farqli o‘laroq, nutqiy kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat tajribasini nazarda tutadi. Nutqiy kompetentlik – o‘quvchilarga ta’limda bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishda samarali natija beradi. Talabalarni nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda mustaqil ta’lim matndagi holat va xususiyatlarini, muloqot asosida amalga oshirishi, matn tahliliga ko‘proq o‘qituvchi tomonidan undalishi, talabalarni individual va jamoaviy o‘qitish, nutqiy kompetensiyani metodik o‘rganish asosida ta’lim- tarbiya faoliyatning yangi usullarini egallay olishi hamda nutqdagi kreativ, tanqidiy fikrlashga e’tiborni qaratish muhim ahamiyatga ega. Kommunikativ kompetensiya atamasi 1972-yilda birinchi marta Hymes tomonidan qo‘llanib, uni turli kommunikativ vaziyatlarda ushbu kompetensiyadan foydalanish qobiliyati bilan birga zarur grammatik kompetensiya sifatida belgilangan. Hymes 1970-yillarning boshida “kommunikativ kompetensiya” atamasini yaratgan. [3, 14 b.] U muloqot faqat grammatik bilim (til qoidalarini bilish) bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, u turli ijtimoiy mavzudagi matnlarda tildan to‘g‘ri foydalanishdir. Uning fikricha, kommunikativ kompetensiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -tildan funksional foydalanishni bilish; -ijtimoiy muhit va auditoriyani tushunish; -muloqot bilan bog‘liq madaniy merrorlardan xabardor bo‘lish. 887 Hymesning ishiga asoslanib, Canale va Swain kompetensiyani batafsilroq ishlab chiqdi: - grammatik kompetensiya: grammatik va lug‘atni bilish; - ijtimoiy lingvistik kompetensiya: tildan foydalanish va ijtimoiy mavzudagi matnlarga qarab qanday o‘zagarishini tushunish; - diskurs kompetensiya: fikrlarni izchil ifodalash va muloqotni samarali tashkil etish; - strategik kompetensiya: qiyinchiliklarni yengish va maqsadlaringizga erishish uchun turli xil aloqa strategiyalardan foydalanish qobiliyati. [2, 27 b.] Olimlarning tadqiqiga ko‘ra, ona tili darslarida nutq o‘stiruvchi nutqiy kompetensiyalar mavjud: Grammatik kompetensiya: lug‘at boyligi, to‘g‘ri talaffuz qilish, ohang, intonatsiya, urg‘u. Diskurs(nutq) kompetensiya: imlo savodxonligi, uyg‘unlik, mantiqiy-mazmuniy bog‘lanish. Ijtimoiy-lingvistik kompetensiya: nutqning dalillanishi, ishonchligi, fikrning aniqligi, tinglovchilarni jalb qilish, turli vaziyatlarda turli muloqot uslubini tanlash, xushmuomalalik, yumorga boylik, noverbal vositalard

Доказательный фрагмент

«This article expresses the application of the concept of competence to the content of education, a new approach, the issue of development of the educational system, a scientific and theoretical opinion on expanding th…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article expresses the application of the concept of competence to the content of education, a new approach, the issue of development of the educational system, a scientific and theoretical opinion on expanding th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Competence, new approach, development of the educational system, scientific, nutqiy kompitensiyalar., ta’lim tizimini takomillashtirish, ilmiy- nazariy bilimlar, Kalit so‘zlar. Kompetensiya, sun’iy intellekt, yangicha yondashuv, ta’lim tizimini rivojlantirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники