К содержанию
РецензированоRU2026

PEDAGOG FAOLIYATIDA ETIKET MASALASI

Hikmatova Gulandom · Ҳикматова Гуландом

Для учителей · 2026

Аннотация

В данной статъе рассматриваеся, что общение с учениками являеця оcновной задачей в педагогической деятелъности, а работа c психикой учеников- важнейшее звено педагогического мастерства. Проблема формированная кулътуре обшения профессионалъой деятелности учителя изучаеця исходя из потребностей и требований человеческого общества. Ключевые слова. Педагогическая этика, общение,современные методики,психика ученика. ÖĞRETMECİ FAALIYETİNDE ETİKET SORUNU Hikmatova Gulandom, Buhara bölgesi Buhara ilçesi 6 No‘lu genel eğitim okulu ana dili ve edebiyat öğretmeni Özet. Bu makalede,pedagojık faalıyette öğrencılerle iletişimin temel bir mesele olduğu ele alınmaktadır. Öğrencilerin ruh halıyle çalışmak, öğretmetmeninpedagojık becerisinin temel bır yönü olarak değerlendirilir Öğretmenin meslekı faaliyetinde ietışim kültürünü şekıllendirme,bıreysel toplumun ihtiyaç ve talerinden yola çıkılarak incelenmiştir. Anahtar kelimeler. Pedagojık etik iletişim modern metodoloji, öğrenci ruh hali. THE ISSUE OF ETIQUETTE IN PEDAGOGICAL ACTIVITY Hikmatova Gulandom, secondary school No. 6 of Bukhara District, Bukhara region teacher of native language and literature Annotation. This article examines the importance of communication between teachers and students in pedagogical activity. It is emphasized that working with the the students’ psychology is essential in developing pedagogical skills. The issue of forming a culture of a teacher is analyzed , taking into account the needs and requirements of a humane society. Keywords. Pedagogical etiquette, communication, modern methodolology, student psychology. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 12-iyundagi 913 187-sonli buyrugʻi 3 bobdan tashkil topgan bo‘lib, unda barcha pedagoglarning salohiyatidan tashqari, gapirish muomalasi, yurish turishi haqida fikr yuritilgan. Qoidalar maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — ta’lim muassasalari) faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar mavqeining daxlsizligini e’tirof etish, inson va uning qadr-qimmati, huquqlariga hurmatni oshirish, yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, odob-axloq qoidalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarning oldini olish, muloqot madaniyatini rivojlantirish hamda keng jamoatchilikda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarga nisbatan hurmat va ishonchni oshirishga qaratilgan. Qoidalar insonparvarlik, adolat, professionallik, mas’uliyat, bagʻrikenglik, demokratiya, sheriklik va birdamlik kabi asosiy tamoyillarga asoslanadi. Taʼlim muassasalarida shaffoflik, hamjihatlik, bagʻrikenglik, oʻzaro ishonch, izzat-hurmat, xavfsiz, doʻstona muhitni yaratish pedagog-xodimlarning oʻzaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi. [1,4] Maktabda faoliyat yuritish pedagoglar uchun oʻta og‘ir jarayon hisoblanadi. Chunki aynan shu davrlarda o‘quvchi dunyoqarashi shakllanadigan payt sanalanadi.O‘quvchilarga tarbiya, yurish- turish, izlanish etikalarini bilimli, salohiyatli, zamon talablariga javob bera oladigan pedagoggina amalga oshirishi mumkin. Xo‘sh, buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi? Albatta, etiket qoidalariga amal qilgan holda. O‘qituvchi Dars jarayonida nafaqat qattiqqo‘l ustoz, balki mehribon ona siymosida bo‘lishi, bolalar ko‘nglini topa olish qobilyatiga ega bo‘lishi o‘ta muhimdir. Bundan tashqari,Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta'lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma'lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. [2, 11]. Zero, biz o‘qigan adabiyotlarda o‘rganilgan nutqiy etiket, jumladan, muloqot shakllari til birligi sifatida emas, balki tarbiya masalasi sifatida, inson shaxsiyatini namoyon etuvchi tushunchalar sifatida tahlil etilgan. Bu kabi asarlar mohiyatiga ko‘ra ilmiylikka nisbatan ko‘proq didaktik xarakterga ega hisoblanadi. Ularda pand-nasihat qilish, yo‘l yo‘riq ko‘rsatish va asar maqsadiga ko‘ra ham o‘rganish emas, o‘rgatish ustuvorligi seziladi. Bunday asarlar qatoriga Kaykovusning “Qobusnoma”, Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Ahmad ugnakiyning “Hibbat ul haqoyiq”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub”, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Pandnomalar” kabilarni kiritish mumkin.[3,16] Demak, bu kabi tarixiy didaktik asarlarimizda ustozlarning naqadar donishmand ekanligi alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Misol uchun Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asarida O‘gdulmish bilan Kuntug‘di elikning koptok haqidagi, insonning to‘rt fazilatlari haqidagi fikrlar o‘sha davrdagi ustoz-shogirdlik aloqalarini ko‘rsatib bergan. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedag

Доказательный фрагмент

«В данной статъе рассматриваеся, что общение с учениками являеця оcновной задачей в педагогической деятелъности, а работа c психикой учеников- важнейшее звено педагогического мастерства.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статъе рассматриваеся, что общение с учениками являеця оcновной задачей в педагогической деятелъности, а работа c психикой учеников- важнейшее звено педагогического мастерства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogical etiquette, communication, modern methodolology, student, zamonaviy metodika, muloqot, Kalit so‘zlar. Pedagog etikasi, o‘quvchi ruhiyati.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники