Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TARKIBI VA YASALISHINI O‘RGATISH METODIKASI
Saydullayeva Xumora Salohiddin qizi · Saydullayeva Xumora Salohiddin qızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Сайдуллаева Хумора Салохиддин кызы (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi)
Для учителей · 10 · 55-56 · 2026
Аннотация
This article analyzes the scientific-theoretical foundations and practical significance of the methodology for teaching word structure and formation in primary school native language lessons. The study explores effective methods for teaching students the morphological structure of words, including their root, affixes, and their combinations that form linguistic units. The word formation process requires understanding the structural changes of morphemes and the functional roles of affixes in generating new meanings. Additionally, the article examines methods for developing students’ linguistic competence through morphological analysis in native language lessons. Keywords. Word structure, morpheme, root and affixes, word formation, morphological analysis, lexical meaning, parts of speech, phonetic and morphological units, grammatical formation, linguistic competence, methodological teaching. So‘zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o‘zining nazariy asosiga ega. Morfema – so‘zning eng kichik, bo‘linmaydigan ma’noli qismi. Morfema ikki turga bo‘linadi; 1. O‘zak morfema so‘zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema. 2. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so‘zning leksik va ma’nolarining shakllanishiga xizmat qiladigan morfema. 2. Qo‘shimchalar 2 turga bo‘linadi: So‘z yasovchi qo‘shimchalar. So‘zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladigan. Shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarning grammatik formalarini shakllantirib, turli grammatik ma’nolarini ifodalaydi. So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullarini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi bolalar so‘zlarining leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir biriga bog‘liqligini bilib olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug‘atiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. So‘z morfema rolini anglash, shuningdek qo‘shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, matnda aniq affiksli so‘zlardan ongli foydalanishlarini oshirish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish orfografik malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Morfologik tamoyil o‘zbek orfografiyasining yetakchi tamoyili bo‘lib, bunga binoan so‘zlar va ularning tarkibiy qismi, (o‘zak va qo‘shimchalar) asliga muvofiq yoziladi [1,120 b]. O‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik so‘z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning muhim vazifalaridan biri o‘zak va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirishda, xususan, til birligi 917 sifatida so‘zni umumiy bilib olish uchun zarur bo‘lgan maxsus aqliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyat qaratiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil qilish murakkab jarayondir. Sababi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bir xillikdan zerikib qolishadi. Bunda o‘qituvchi pedagogik mahoratini ishga solgan holda darsni noan’anaviy shaklda olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish fikrini eshitish, tushunish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga o‘rgatishdan iboratdir. O‘quv dasturlariga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘zning tarkibi bilan dastlab 2-sinfdaligidayoq tanishadilar, ular o‘zakdosh so‘zlarning umumiy qismini topishga o‘rganadilar. 3-sinfda esa o‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarini o‘rganadilar va shu mavzular bo‘yicha mashqlarni bajaradilar. 4-sinfda esa o‘quvchilarning 2-3- sinflarda so‘z tarkibi yuzasidan olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalari amaliy mashqlar jarayonida mustahkamlab, kеngaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Bu mavzuni takrorlashga jami 5 soatgina vaqt ajratilgan, xolos. So‘z tarkibini tahlil qilishda o‘quvchilar o‘zak va qo‘shimchalarni topish, balki ulardan shu so‘zni to‘g‘ri eshita olish, to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yoza olishlariga erishish talab etiladi. Buning uchun esa so‘z tarkibini aniqlashga oid mashq og‘zaki yoki yozma ravishda o‘tkazib boriladi. O‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini va so‘z yasalishini o‘rganishlariga qarab, so‘zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. So‘zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo‘shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq sh
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the scientific-theoretical foundations and practical significance of the methodology for teaching word structure and formation in primary school native language lessons.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the scientific-theoretical foundations and practical significance of the methodology for teaching word structure and formation in primary school native language lessons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Word structure, morpheme, root and affixes, word formation, morphological, metodik ta’lim., grammatik shakllanish, lingvistik kompetensiya, Kalit so‘zlar. So‘z tarkibi, morfema, morfologik tahlil, o‘zak va qo‘shimchalar, so‘z turkumlari, fonetik va morfologik birliklar, so‘z yasalishi, leksik ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024