К содержанию
РецензированоUZ2026

UZLUKSIZ TA’LIM BOSQICHLARIDA UZVIYLIK MASALASI (“Adabiyot” fani o‘quv dasturi misolida)

Yuldosheva Saodat Azizovna · Yuldoşeva Saodat Azizovna (O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti dotsenti) · ВОПРОС ВЗАИМОСВЯЗАННОСТИ (O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti dotsenti) · Юлдошева Саодат Азизовна (O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti dotsenti)

Для учителей · 2026

Аннотация

In the era of global development, the rise of the education system to a new level, the renewal of the content of education, and the development of the national model lay the foundation for the formation of a creative, socially active, spiritually rich personality and the training of highly qualified competitive personnel. This article compares the current curriculum of general secondary education with the draft National Curriculum and examines the continuity of topics included in the content of textbooks. Attention is paid to the issues of knowledge, skills, and abilities formed in students, and the tasks set for the teacher in the educational process. Keywords. Continuous education, content of education, national model, principle, consistency, curriculum of the subject "Literature," knowledge, skills and abilities. Uzluksiz taʼlim deganda mantiqiy izchillik asosida oʻzaro bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlantirilib boruvchi, bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat bo‘lgan yaxlit taʼlim tizimi tushuniladi. “Ta’lim to‘g‘risida” [1] gi Qonunning “Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar”ga oid 4-moddasida bir qator tamoyillar bilan birga “ta’limning uzluksizligi va izchilligi” tamoyili alohida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha sanaladi. Bu taʼlim tizimi ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasida qayd etilgan ta’limning 7 turi: maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim bosqichlarida uzluksiz taʼlim faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi. Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: - taʼlimning ustuvorligi – uning rivojlanishi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi; - bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; - ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi; - ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; -ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi; - ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatiga asoslanilishi; - taʼlimning ijtimoiylashuvi – taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; - taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi – taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmat qilish; - taʼlim va tarbiyaning uzviy bogliqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi. 762 Global rivojlanish davrida ta’lim tizimini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish, barqaror taraqqiyotga hissa qo‘sha oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida ilg‘or milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablari o‘rganilib, amaliy jarayonga tatbiq etilishi rejalashtirildi. Bu jarayonda ta’limning mazmuni va samaradorligini oshirish uchun o‘quv dasturlari, o‘qitish metodlari va ta’lim sifatini baholash tizimi qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirilish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Umumiy o‘rta ta’limning amaldagi o‘quv dasturlari va darsliklarning mazmun-mundarijasi yuzasidan keng jamoatchilikning tanqidiy, tahliliy fikrlari olindi. Ushbu fikrlar asosida umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqildi va mutaxassislar, xalq ta’limi xodimlari diqqatiga muhokama uchun tavsiya etildi. Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilishida qanday hart-sharoitlar yaratildi? Nimalar inobatga olindi? Avvalo, 2020-yil 2-mart kuni 5953-sonli Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi [2] ning 159-bandida “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish” masalasining qo‘yilishi, 2020-yil 6-noyabrdagi “Mamlakatimiz ta’limtarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6108-sonli Prezident Farmonining 2-bandidadasturni ishlab chiqishda nazarda tutiladigan masalalar va vazifalarning belgilanishi ahamiyatga molikdir. Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibi shakllantirildi, milliy va xorijiy ek

Доказательный фрагмент

«In the era of global development, the rise of the education system to a new level, the renewal of the content of education, and the development of the national model lay the foundation for the formation of a creative,…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the era of global development, the rise of the education system to a new level, the renewal of the content of education, and the development of the national model lay the foundation for the formation of a creative,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Continuous education, content of education, national model, principle, izchillik, ko‘nikma va malaka., milliy model, ta’limning mazmuni, bilim, “Adabiyot” fani o‘quv dasturi, Kalit so‘zlar. Uzluksiz taʼlim, tamoyil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники