К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTAB DARSLIKLARIDA ABDULLA ORIPOV LIRIKASINING INTEGRATSIYA ORQALI O‘QITISH USULLARI

Usarova Laylo Ibragimovna · Usarova Layla İbrahimovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute dotsenti) · Усарова Лейла Ибрагимовна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute dotsenti)

Для учителей · 2026

Аннотация

The article aims to reveal the essence of modern trends and approaches to teaching based on the analysis of Abdulla Oripov's creative work and lyrical works. As is known, one of the modern requirements of modern teaching is the integration of education aimed at increasing students' knowledge, creative thinking, and forming the idea of creativity. Below is a description of the integrative analysis of Abdulla Oripov's poems. Keywords. Lyric, creativity, integration, work of art, lyrical hero, literature, educational technology, STEAM educational program, interdisciplinary communication, development, Patriotism, national value, native language, friendship, symbol, gesture. Adabiyot inson ruhiyatining badiiy aksidir. Ababiyot orqali biz inson ruhiy kechinmalari, tafakkuri va dunyoqarashini badiiy shaklda ifodalovchi san’at va madaniyat sohasi bo‘lib, u jamiyat hayotining tarixiy, ma’naviy va estetik ko‘zgusini, insonning o‘zini anglash yo‘lida qilgan sukunatdagi hayqirig‘idir. U bizni o‘tmish bilan bog‘laydi, kelajak sari yetaklaydi va bugunning mohiyatini anglab yetishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ta’lim tizimida adabiyot darslarining o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rish mumkin. Ta’lim tizimlarida lirik asarlarni zamonaviy texnologiyalar asosida olib borishning bir qancha yangi shakllari yuzaga kelmoqda. Ta’lim tizimida zabardast shoirlarimizning she’rlarini integratsiyalab o‘qitish, o‘rgatish va tahlil qilishning bir qancha yangi metod va vositalardan foydalanib o‘tiladiga dars mashg‘ulotlarining o‘rni bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridi. Ilm-u fan taraqqiyoti ko‘z ilg‘amas darajada tezlashgan davrda fanlararo integratsiya uzluksiz ta’limni yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Integratsiya atamasi lotincha integratio so‘zidan olingan bo‘lib qo‘shilish, birlashish ma’nolarini anglatadi. Ma’lumotlami integratsiyalash har xil manbalarda mavjud bo‘lgan materiallami ma’lum maqsad asosida birlashtirib taqdim etishni nazarda tutadi. Integratsiyalashgan ta’lim va fanlararo aloqa bir-birini to‘ldiradigan ikki xil tushuncha. Fanlararo aloqada o‘quvchining ma’lum bilimlami o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qadar chuqur anglash hamda olingan bilimlami amaliyotga samarali joriy etishiga imkon berish maqsadida о‘quv fanlari orasida o‘matiladigan aloqa nazarda tutiladi. Integratsiya esa fanlararo aloqaga, ya’ni umuman fanlar, o‘quv fanlari, ulaming bo‘lim va mavzulari bo‘yicha olingan bilimlarga tayanilgan holda o‘rganilgan masalaga xos bo‘lgan yetakchi g‘oyalar hamda hodisalaming izchil, har jihatdan chuqur hamda serqirra ochilishi demakdir. [1; 29]. Hozirgi kun ta’limida adabiyot darslarida buyuk ijodkorlarning asarlarini zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanib dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish muhim o‘rin egallamoqda. Ta’lim nafaqat bilim berish, balki insonni shaxs sifatida shakllantirish, unga ma’naviyat, axloq va badiiy tafakkur berish vazifasini ham bajaradi. Global ta’limga integratsiya 20-asr oxiri - 21-asr boshlarida paydo bo‘lgan tendentsiyadir. zamonaviy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biriga aylanadi. U alohida mamlakatlarda ham, mintaqaviy va global miqyosda ham rivojlanmoqda. Ta’limdagi integratsiya milliy tuzilmalarning yaqinlashishi, o‘zaro ta’siri va o‘zaro kirib borishining murakkab va keng qamrovli jarayonining bir qismidir. Albatta, bu global ta’limdagi integratsiya muammolarini o‘rganishga «katta tizimlar» tahlilining murakkabligi va qarama-qarshiligini kiritadi. [2; 4] Bu jarayonda adabiyot, ayniqsa Abdulla Oripov ijodi alohida o‘rin egallaydi. Shoirning asarlari o‘zbek xalqining ruhiyati, ma’naviy dunyosi, orzu-umidlari va orifona falsafasini badiiy ifoda etadi. Abdulla Oripov asarlari ta’limda o‘qitishning bir qancha jihatlari bilan ajralib turadi. Adibning Vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga asoslangan “O‘zbekman”, “Qasamyod”, “Buyuk yo‘l” singari asarlari orqali o‘quvchilarda yurtga muhabbat, milliy g‘urur, fidoyilik tuyg‘ulari shakllanadi. Falsafiy tafakkur va mustaqil fikrlash va dunyoqarashni shakllantiruvchi “Inson”, “Najot” kabi she’rlar o‘quvchini hayot, borliq, e’tiqod haqida mushohadaga chaqiradi. Shoirning 767 so‘z san’atiga muhabbat uyg‘otuvchi “Til haqida”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” kabi she’rlari o‘quvchilarda ona tiliga hurmat va estetik didni shakllantirishga yordam beradi. Oripov asarlarida mehr, poklik, ona hurmati, do‘stlik, sabr-toqat kabi ustuvor.g‘oyalar insoniylik, axloq, va ruhiy tarbiyaning asosi sifatida o‘rin egallaydi. O‘rta maktabning 10-sinf darsligida adibning 1969-yilda yozilgan “Yurtim shamoli” sheri kiritilgan. Ushbu sherida Vatan shamoli orqali insonning ichki kechinmalari, ruhiy holati va Vatanga bo‘lgan muhabbat g‘oyalari go‘zal badiiy estetik mahurat bilan ifodalab berilgan. She’rda shoirning badiiy mahorati, obrazlar yaratish san’ati yaqqol ko‘rinadi. Shamol obrazining turli ma’nolarda qo‘llanilishi - Vatan ruhi, inson ichki kechinmalari, hayotning o‘zgaruvchanligi - adabiy tahlil uchun boy materialdir

Доказательный фрагмент

«The article aims to reveal the essence of modern trends and approaches to teaching based on the analysis of Abdulla Oripov's creative work and lyrical works.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article aims to reveal the essence of modern trends and approaches to teaching based on the analysis of Abdulla Oripov's creative work and lyrical works. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Lyric, creativity, integration, work of art, lyrical hero, literature, educational, badiiy asar, STEAM ta’lim dasturi, ta’lim texnologiyasi, adabiyot, taraqqiyot, ijod, Kalit so‘zlar. Lirik, Vatanparvarlik, lirik qahramon, ishora., milliy qadriyat, ramz, fanlararo aloqa, do‘stlik, ona tili, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники