Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIMDA RUS TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLAR INTEGRATSIYASI SAMARADORLIGI
INTEGRATSIYASI SAMARADORLIGI · Djumayeva Nargiz Irkinovna · YÖNTEM ENTEGRASYONUNUN ETKİNLİĞİ · Dzhumaeva Nargiz Irkinovna · Джумаева Наргиз Иркиновна
Для учителей · 2026
Аннотация
This study explores the integration of interactive teaching methods in the process of Russian language instruction at the higher education level. Interactive learning represents a distinctive approach to structuring students' cognitive engagement, characterized by clearly defined and anticipated objectives. These objectives include the development of students' intellectual capacities, independent reasoning, critical thinking skills, creative potential, idea generation, and the ability to conduct autonomous research activities. Keywords. Learning, integration, higher education, objectives, independence, interactive methods, students, cognitive abilities, efficiency. Bugungi tezkor zamonda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb qaralmoqda. “Interfaol” tushunchasi ingliz tilidagi “interakt” (rus tilidagi “interaktiv” so‘zidan olingan bo‘lib), lug‘aviy nuqtai nazardan o‘zaro, ikki taraflama harakat qilmoq, ish ko‘rmoq ma’nolarini bildiradi [1, 4 б.]. Interfaol ta’limning mohiyati shundan iboratki, o‘quv jarayonida har bir o‘quvchi-talaba masxara qilishdan qo‘rqmasdan, o‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar bir-biriga bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida shaxsiy mas’uliyatni his qiladilar, faoliyatga hissa qo‘shadilar, guruhdagi odamlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Interfaol ta’lim individual ish, juftlik va guruh ishlari, rolli o‘yinlar, ijodiy va tadqiqot ishlarini o‘z ichiga oladi. Quyida biz O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rus tili darslarida interfaol metodlardan qo‘llanilgan holda o‘tilgan amaliy darslardan namuna keltiramiz. “Sinkveyn” metodi - besh misradan iborat qofiyasiz o‘ziga xos she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan hodisa haqidagi ma’lumotlar o‘z so‘zlari bilan umumlashtiriladi va tavsiflanadi. Birinchi qatorda mavzu bir so‘z bilan atalsa, ikkinchisida ikkita sifatdosh bilan ifodalanadi, uchinchisida mavzu doirasidagi harakat uch so‘z bilan tavsiflanadi. To‘rtinchi qator - mavzuga munosabatni tavsiflovchi to‘rt so‘zli ibora. Oxirgi qator sinonimdir (mavzuning mohiyatini takrorlaydigan bitta so‘z) [2, 107 б.]. Rus tilidan amaliy mashg‘ulotlar davomida “Sinkveyn” metodi qo‘llanilganda o‘qituvchi talabalarga sinxron yozishni taklif qiladi. Natija shunday bo‘lishi mumkin: Узбекистан. (Текст «Узбекистан») Красивый, современный. Производит, продаёт, покупает. Интересует многих туристов. Государство. 1. Мама. 2. Добрая, нежная. 3. Любить, уважать, беречь. 4. Я подарил маме цветы. 5. Самый нежный человек в мире. 1. Мария Петровна. (Из рассказа Ю.Бондарева «Простите нас!») 2. Вежливая, строгая. 3. Изменилась, состарилась, обрадовалась. 4. Мария Петровна помнит всех своих учеников. 5. Учитель с большой буквы. Bunday ijodiy topshiriq o‘tilgan materialni mustahkamlash uchun beriladi. Shu bilan birga, o‘quvchilar mavzu va hodisaga oid barcha bilganlarini umumlashtiradi, o‘xshatishlar chizadi, sinonimlarni tanlaydi, so‘z boyligini kengaytiradi. 771 Akademiyada rus tilidan amaliy darslarda asosan faol o‘qitish usullaridan ham foydalaniladi, chunki o‘yin yangi materialni yaxshiroq va osonroq o‘zlashtirishga imkon beradi. Talabalar darslarni o‘yin shaklida o‘tkazishni juda yaxshi ko‘radilar, chunki o‘yin haqiqatni bilish va o‘zlashtirishni ta’minlaydi, shaxsning intellektual, hissiy va axloqiy rivojlanishiga yordam beradi. Krossvordlar. O‘quv maqsadlarida krossvordlardan foydalanib, o‘quvchilarga quyidagi mazmundagi qisqa shakldagi ta’lim ma’lumotlarini taqdim etish foydalidir. Krossvordlar didaktik intellektual o‘yin sifatida yaxshi, chunki ular aqliy qobiliyatlarni, diqqatni jamlashni rivojlantiradi, xotirani faollashtiradi va o‘z-o‘zini tarbiyalashga yordam beradi. Krossvordlarni mustaqil tuzish talabalarda o‘rganilayotgan hodisaning asosiy, muhim belgilarini aniqlash, o‘rganilayotgan o‘quv materiali bo‘yicha malakali savollarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantiradi. "Kim tezroq?". Rus tili darslarida talabalarni ikki jamoaga bo‘lish orqali estafeta musobaqasi o‘tkaziladi, unda "Oila", "Tomoshabin", "Shahar" va hokazo leksik mavzular bo‘yicha jumlalarni doskada tezroq va xatosiz yozish talab etiladi. Vazifani osonlashtirish uchun talabalar javob yozishi kerak bo‘lgan savollarni berish mumkin. Masalan, "Shahar" mavzusida quyidagi savollar bo‘lishi mumkin: 1. Qaysi transport turidan foydalanasiz? 2. Kuniga necha marta mashina haydash kerak? 3. Sayohatga qancha vaqt sarflaysiz? 4. Universitetga borish uchun qaysi ko‘chadan borasiz? 5. Shaharning qaysi joylariga borishni yoqtirasiz? va h.k. Shunga ko‘ra, milliy guruhlarda o‘quvchilar doimiy ravishda tushuntirish va tarjima lug‘atlaridan foydalanadilar. Lug‘atlardan foydalanish ko‘nikmalarni rivojlantiradi, yangi tushunchalar bilan ishlashni osonlashtiradi va o‘quvchilarning so‘z boyligini boyitadi, bundan tashqari, har bir o‘quvchi boshqalarga qaraganda tezroq kerakli so‘zni topishga harakat qiladi, bu esa sog‘lom raqobat muhitini yarat
Доказательный фрагмент
«This study explores the integration of interactive teaching methods in the process of Russian language instruction at the higher education level.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis study explores the integration of interactive teaching methods in the process of Russian language instruction at the higher education level. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Learning, integration, higher education, objectives, independence, interactive, interaktiv, samaradorlik., talabalar, mustaqil, oliy ta’lim, maqsad, Kalit so‘zlar. O‘qitish, qobiliyat, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024