Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR - DARS SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA
MUHIM OMILI SIFATIDA · Saliyeva Perdexan Alimbetovna · ÖNEMLİ OLARAK · Saliyeva Perdehan Alimbetovna · ФАКТОР ЭФФЕКТИВНОСТИ УРОКА · Салиева Пердехан Алимбетовна · Республики Каракалпакстан (старший преподаватель Центра педагогического мастерства)
Для учителей · 2026
Аннотация
In this article, we discuss modern pedagogical technology, effective use of modern pedagogical technology in lessons, and conclusions. Keywords. Pedagogical technology, technology, educational technology, “Everyone teaches everyone”, “Sinkway”, “Networking”(Cluster). “Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: bugun har bir o‘qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta‘lim va ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga tatbiq eta 774 oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lishlari kerak”. Sh.M.Mirziyoyev. Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishlariga bog‘liq. Bu mas’uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim sifat samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun malakali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion,pedagogik va axborot texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati benihoya kattadir. Innovatsiya (ingl.innovation-kiritilgan yangilik, ixtiro)-yangilanishni, o‘zgarishni amalda joriy etish jarayoni va faoliyati. Ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va doiralarda qo‘llanishini aks ettiradi. “Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari mavzusidagi respublika miqyosida amaliyotda “pedagogik texnologiya”, “ta’limiy texnologiya” va “ta’lim berish texnologiyasi” kabi atamalarning keng qo‘llanishi kuzatilmoqda. Avvalambor, aniq ifodani berish, ularni nima birlashtirishi, nima ajratib turishini tushunish uchun,”texnologiya” va uning kelib chiquvchilari:”texnologik jarayon”, ”texnologik harakat”, “texnologik xarita”, “texnologik tartib” tushunchalarining mohiyatini aniqlash lozim. “Texnologiya” – yunoncha “techne”-mahorat, san’at, malaka va “logos”-so‘z, ta’limot ma’nosini bildiruvchi so‘zlarni anglatadi. Ta’lim texnologiyasi: mavjud sharoit va belgilangan vaqtda muayyan ta’limiy maqsad va ko‘zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi, muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo‘l hamda o‘qitish vositalarining tartibli yig‘indisi (ta’lim berish texnologiyasining jarayonbayonli jihati); bu yuzaga kelgan ta’limiy jarayon subyektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta’lim berish texnologiyasining amaliy jarayoni)tartibi. “Pedagogik texnologiya”-pedagogik hodisa va ta’limni texnologiyalashtirish sohasida qo‘llaniladigan tushuncha. Fanni o‘qitish uslubiyati – ta’lim tizimida mazkur o‘quv fanining ahamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalarini,o‘qitish mazmunini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl hamda o‘qitish vositalari bayonini o‘z ichiga oladi. Fanni o‘qitish uslubiyatidan farqli texnologiya: “Qanday o‘qitish kerak?” degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qo‘shimcha bo‘lgan natijaviy “Qanday o‘qitish va o‘quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak?” degan savolga javob beradi; aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yo‘nalgan aniq pedagogik g‘oyaga loyihalanadi; o‘z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi; ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yo‘natirilgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli o‘laroq, ta’lim olishda ular o‘z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yo‘naltiriladi. Berilgan mavzu bo‘yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi va mazmuni: Aniq fan va mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning ta’lim modeli jadval ko‘rinishida bo‘lib,unda quyidagilar ko‘rsatiladi: dastlabki ma’lumotlar:o‘quv mavzusi,vaqti,o‘quvchilar soni; (yangi ma’lumot beruvchi dars, o‘tilganlarni takrorlovchi dars, umumlashtiruvchi dars) va ko‘rinishi (masalan, muammoli, mustaqil ishlash va boshq.), o‘quv mash
Доказательный фрагмент
«In this article, we discuss modern pedagogical technology, effective use of modern pedagogical technology in lessons, and conclusions.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, we discuss modern pedagogical technology, effective use of modern pedagogical technology in lessons, and conclusions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogical technology, technology, educational technology, “Everyone teaches, “Tarmoqlash”(Klaster)., texnologiya, Kalit so‘zlar. Pedagogik texnologiya, ”Sinkveyn”, ”Har kim har kimga o‘rgatadi”, ta’limiy texnologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014