Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI AVLOD DARSLIKLARIDA SAVOL VA TOPSHIRIQLARNING BERILISHI
Abdullayeva Farida Xayrulla qizi · Abdullayeva Farida Xayrulla kizi (Nukus davlat pedagogika instituti magistranti) · Aбдуллаева Фарида Хайрулла кызы (Nukus davlat pedagogika instituti magistranti)
Для учителей · 2026
Аннотация
Сегодня наши учебники, созданные на основе зарубежного опыта, пользуются большим спросом благодаря нескольким удобствам. Учебники содержат много вопросов и заданий для учащихся. Эти возможности не только повышают грамотность, знания и умственную работоспособность нашей молодежи, но и создают предпосылки для того, чтобы она нашла свое место на мировой научной арене. В данной статье речь пойдет об удобстве и преимуществах этих вопросов и заданий в процессе урока, о возможностях повышения активности учащихся. Ключевые слова. Трехэтапные задания, бихевиористские теории, ретроспектива, рассказ “Белошейка”. THE ISSUANCE OF QUESTIONS AND ASSIGNMENTS IN NEW GENERATION TEXTBOOKS Abdullayeva Farida Khairulla kizi, Nukus state pedagogical institute, master of uzbek language and literature Annotation. Today, our textbooks, created on the basis of foreign experiments, are preferable with a number of its own amenities. The textbooks included a lot of questions and assignments for students. These 799 opportunities lay the groundwork for our youth to gain a foothold in the world field of science without increasing their literacy, knowledge and mental activity. This article will talk about the convenience and advantages of these questions and assignments in the course process, their potential in increasing student activity. Key words. Three-step assignments, behaviorist theories, retrospection, the story “The Swan”. Ta’lim standartlari ta’limning maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilovchi asosiy hujjatdir. Undagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun o‘quv rejalari va dasturlar tuziladi, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratiladi. So‘ngi yillarda ko‘plab rivojlangan davlatlarda, xususan, O‘zbekistonda ham ta’lim standartlari kompetensiyaviylik tamoyili asosida tuzilishiga diqqat qaratilmoqda. “Ma’lum bir vazifani adekvat tarzida bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmui hamda tajriba”[2;B. 3.] kompetensiyadir. “Kompetensiyaviy yondashuv ta’limdagi bixevioristik nazariyalar (inglizcha “behavior” – “xatti-harakat” so‘zidan) ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, uning zamirida o‘quvchilar bajara olishi lozim bo‘lgan va o‘qituvchi tomondan kuzatilib, baho beriladigan xatti-harakatlar yotadi.”[1;B.24.] Yangi davr darsliklarida targ‘ib qilingan uch bosqichli topshiriql;arga yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Eski darsliklarimizga e’tibor bersak savol va topshiriqlar faqat mavzu yakunida ya’ni mustahkamlash bosqichida berilgan. Bu usul o‘quvchilarning mavzuni to‘liq tushunishida biroz qiyinchilik tug‘diradi. Z.Mirzayerva xorijiy tajribalarga suyangan holda darsliklarda topshiriqlarni uch bosqichda amalga oshirishni ilgari surdi va va mazkur ilmiy ishimizning obyektlari bo‘lgan 6-7-sinf darsliklarida amalda qo‘lladi. Shuningdek, bu topshiriqlarda boshqa fanlar bilan integratsiya qilish ham mumkin. Boshqa fanlardan egallagan bilimlari orqali ham javob berishi mumkin bo‘lgan topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yaxshilashga zamin yaratadi. 7-sinf adabiyot darsligida Normurod Norqobilovning “Oqbo‘yin” qissasi berilgan. darslikda berilgan uch bosqichli topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har bir savol va topshiriq o‘quvchining yoshini hisobga olgan holda tuzilishi lozim. Dastlab qisqacha yozuvchi hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Asarni o‘qishga tayyorlanamiz qismida esa o‘qilmoqchi bo‘lgan qissaning it haqida ekanligi berilgan va o‘quvchilarga shunday savol qo‘yilgan, It – inson tomonidan qo‘lga o‘rgatilgan ilk hayvonlardan biri. Buning sababi nimada bo‘lishi mumkin? Itlarning inson hayotidagi ahamiyati nimada?[3; B.12.] Bunday savollarni berishdan maqsad qissani o‘qishga tayyorgarlik, itning insonga qanchalik vafodorligi haqida o‘quvchilarda fikr uyg‘otishdan iborat. Bu kabi savollarga har bir o‘quvchi o‘z dunyoqarashidan, fikrlash qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr bildirishi mumkin. Aytaylik ba’zi o‘quvchilar o‘z itlarini misol tariqasida keltirib, uning oila a’zolari uchun qay darajada ahamiyat kasb etishini dalillar asosida bayon qilib savollarga javob berishi mumkin: Itlar qadimgi miloddan avvalgi 15-10 ming yillarda xonakilashtirilgan. Chunki itlarda hid bilish, ko‘rish, ta’m bilish, eshitish qobiliyati juda yaxshi rivojlangan. Ular nisbatan aqlli hayvonlar bo‘lib tez o‘rganuvchan, buyruqlarimizni bajarishga qodir va hayotning har qanday vaziyatlarida foydali sherik bo‘la oladilar. Shu sababli asosan ovchilar tomonida mezalit davrida qo‘lga o‘rgatilgan. Bugungi kunga kelib ham jinoyat qidiruv ishlarida itlarning roli juda katta. Itlar bizning sodiq do‘stimizdir. Shuning uchun ham itlar haqida asarlar, kinofilmlar yaratilgan. Qissani o‘qish davomida dastlab shunday savol berilgan: 1. Karim podachi sizda qanday taassuroq qoldirdi? 2. Sodiq aka nega Oqbo‘yinni unga bermadi? O‘quvchilar qissaning savolgacha bo‘lgan ma’lum qismi bilan tanishadilar va har bir o‘quvchi asardan kelib chiqqan holda fikr bildiradilar. Ya’ni shu qismigacha o‘zla
Доказательный фрагмент
«Сегодня наши учебники, созданные на основе зарубежного опыта, пользуются большим спросом благодаря нескольким удобствам.»
Образец извлечения
Демо-превьюСегодня наши учебники, созданные на основе зарубежного опыта, пользуются большим спросом благодаря нескольким удобствам. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Three-step assignments, behaviorist theories, retrospection, the story “The Swan”, retrospektiva, bixevioristik nazariyalar, Kalit so‘zlar. Uch bosqichli topshiriqlar, “Oqbo‘yin” qissasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024