Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK AMALIYOTDA 4K KOMPETENSIYALARINING MUVAFFAQIYATLI QO‘LLANILISHI VA TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI
Babayarova Ra’no Xamidovna · Бабаярова Рано Хамидовна
Для учителей · 2026
Аннотация
This article analyzes the importance of integrating the 4K competencies - critical thinking, creativity, communication and collaboration - into pedagogical practice in the modern education system. It also examines the positive impact of these competencies on students' personal development and educational quality indicators on a scientific and theoretical basis. 805 Keywords. 4K competencies, critical thinking, creativity, communication, collaboration, educational quality, pedagogical practice. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, globallashuv va mehnat bozoridagi o‘zgarishlar ta’lim tizimidan mutlaqo yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Ta’limning asosiy maqsadi faqat bilim berish emas, balki o‘quvchilarni tanqidiy fikrlovchi, ijodkor, muloqotga kirishuvchi va jamoada ishlay oladigan shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur [4]. Shu nuqtai nazardan qaralganda, 4K kompetensiyalari XXI asrda eng dolzarb pedagogik konsept sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 – 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Bu farmonni ijrosini ta‘minlash uchun 1-ilovasining 41-maqsadida nazarda tutilgan – Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta‘limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish. Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish. O‘quv o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha еtkazish. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2026-yilda 8 foizga, shu jumladan 2022-yilda 3 foizga oshirish. 2022 - 2026-yillarda 217 ta – Barkamol avlod‖ bolalar maktabini rivojlantirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish” nazarda tutilgan [1]. 4K kompetensiyalarining mazmuni 1. Kritik fikrlash (Critical Thinking) – axborotni tahlil qilish, asosli xulosa chiqarish va samarali qaror qabul qilish qobiliyati 2. Kreativlik (Creativity) – innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, yangi va original yondashuvlarni ishlab chiqish. 3. Kommunikatsiya (Communication) – fikrni aniq, lo‘nda va tushunarli tarzda ifoda etish, turli auditoriyalar bilan samarali muloqot qilish. 4. Hamkorlik (Collaboration) – jamoaviy faoliyatda ishtirok etish, mas’uliyatni bo‘lishish va birgalikda muammoni hal etish. Ushbu kompetensiyalar OECD (2020) tomonidan ham zamonaviy ta’limning ustuvor yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilgan [5]. Yuqoridagi ko‘nikmalarning barchasi dunyo miqyosida tan olingan ta’lim tizimining aosiy bir bo‘g‘inidir. 4K kompetensiyasini ta’limga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi. “4K” kompetensiyasini ta‘limga integratsiya qilish zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur. Chunki, innovatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilarda 4 ta kompetensiyani qamrab olgan holda o‘rgatish mumkin. Zamonaviy ta‘lim oluvchi o‘quvchilar nafaqat bu ko‘nikmalar balki internet tarmoqlari bilan ishlay olishni, ya’ni bunda, zararli va zararsiz ma’lumotlarni ajrata olishni o‘rganmog‘i lozim. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning bilimini xalqaro baholash dasturiga tayyorlash “4K” kompetensiyasi orqali erishish mumkin. Xalqaro baholash dasturlariga PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS kabilar kiradi. Bu baholash dasturi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini tekshiradi. Shu orqali ularning egallagan bilimlarini qay darajada hayotda duch kelgan qiyinchiliklarda qo‘llay olishlarini baholaydi. Bilimni nafaqat puxta egallash balki, uni kerakli joyda va kerakli vaqtda qo‘llay olishni ham bilish lozim. Shuning uchun bu to‘rtta kompetensiya egallagan bilimlarini hayotda duch kelgan har qanday vaziyatlarda qo‘llashni o‘rgatadi [2]. Pedagogik amaliyotda 4K kompetensiyalarini integratsiya qilish yo‘llari O‘quv jarayoniga 4K kompetensiyalarini muvaffaqiyatli joriy etish quyidagi metodlar orqali amalga oshiriladi: - Muammoli vaziyatli ta’lim – o‘quvchilarni real hayotiy masalalar yеchimiga jalb qilish orqali tanqidiy fikrlash va kreativlik rivojlantiriladi. - Loyiha asosidagi o‘qitish (Project-Based Learning) – o‘quvchilar mustaqil tadqiqot olib borib, natijalarni jamoaviy tarzda taqdim etadi. 806 - Debat va munozaralar – o‘quvchilarning muloqot madaniyati va tanqidiy mulohaza yuritish salohiyatini oshiradi. - Raqamli texnologiyalarni qo‘llash – onlayn platformalar, interaktiv vositalar yordamida kommunikatsiya va ijodiy fikrlash rag‘batlantiriladi [7]. Quyida bu kompetensiyalarni ta’lim jarayoniga qo‘shishning samarali yo‘llari keltiriladi: Kompetensiya Integratsiya usuli Misol / Qo‘llash shakli Kritik fikrlash Muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muhokama va tahlil Kreativlik Loyiha asosida ta’lim (Project-Based Ekologik loyiha ishlab chiqish Learning) Kommunikatsiya Deba
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the importance of integrating the 4K competencies - critical thinking, creativity, communication and collaboration - into pedagogical practice in the modern education system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the importance of integrating the 4K competencies - critical thinking, creativity, communication and collaboration - into pedagogical practice in the modern education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 4K competencies, critical thinking, creativity, communication, collaboration, pedagogik amaliyot., kommunikatsiya, kreativlik, ta’lim sifati, kritik fikrlash, hamkorlik, Kalit so‘zlar. 4K kompetensiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026