Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB O‘QUVCHILARIGA ADABIYOTNI O‘RGATISHDA INTEGRATSIYANING AHAMIYATI
INTEGRATSIYANING AHAMIYATI · Boboyeva Nafosat Tulqin qizi · Toshniyozova Ra'no Qurbonovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Boboyeva Nafosat Tulqin qizi (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Toshniyozova Ra’no Qurbonovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Бобоева Нафосат Тулкин кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti) · Тошниязова Раьно Курбановна (магистрантка Узбекско-Финского педагогического института)
Для учителей · 2026
Аннотация
This article analyezes the theoretical and practical foundations of the integrative aproach in teaching literature to school students. It discusses how integrative teaching can increase lesson effectivnes enhance student's interest in the subject' and create opportunities for acquiring interdisciplinary knowledge. Keywords. Integrative teaching, literary text, integration, history and literature, art and literature, audiobooks, interconnection, development of literary thinking. Zamonaviy ta’lim jarayonida har bir fanni integratsiya asosida o‘rganish kundan kunga rivojlanmoqda. Ma’lum bir fanni o‘zaro boshqa fanlar bilan aloqada o‘rganish esa samarli natija beradi, albatta. Xususan, adabiyot fanini o‘qitishda integratsiya o‘qivchilarning badiiy asarlarni chuqur tushinishlari, tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularning ijodiy va tanqidiy tafakkurini shakllantirishga yordam beradi. Dastavval integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazaridan nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. Integratsiya lotincha integration – tiklash, to‘ldirish, integer – butun so‘zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki xil tushunchaga egamiz : 1. Tizim, oraganizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon. 2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat – jamiyat – inson). Integratsiya ilgari bo‘lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o‘rganish obyektining yaxlitligi tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilari o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyashning muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi [2, 15]. Adabiyot – bu so‘z san’ati. Shu bilan birga jamiyat hayotini aks ettiruvchi muhim fanlardan biridir. Uni boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish zarur va ahamiyatli. Bundan tashqari adbiyot fanini ko‘plab tarmoqlar bilan bog‘lab o‘rganish mumkin. Bu esa fanni ancha keng o‘rganish imkoniyatini beradi. Yangi adabiyot darsliklari ham badiiy matnlarni qator sohalar bilan bog‘lab o‘rgatishga qaratilgan va bu fanni o‘rganishda samarali ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotni qator fanlar: adabiyot tarixi, falsafa, san’at, musiqa, tabiiy fanlar, texnologiya va innovatsiya kabilar bilan integratsiyalash imkoniyati mavjud. Uni bu fanlar bilan aloqada o‘rganganda o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi. Bu esa ularni badiiy tafakkur qilishga undaydi va tanqidiy fikrlash qobilyatini rivojlantiradi. Badiiy adabiyotni o‘qish, unga tanqidiy munosabat bildirish, adabiyotga shu tomondan yondashish bu – dunyoga teran nazar tashlash demak. Badiiy tafakkurni rivojlantirish – badiiy tafakkur badiiy kitob o‘qiganda rivojlanadi, ammo faqatgina o‘qish, uning tub mohiyatini tushinmaslik, bu – o‘qimaslik. Shu sababdan adabiyot tarix, falsafa, san’at, musiqa kabi fanlar bilan integratsiyalashganda o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi. Asarni tushinish darajasi ortadi. O‘zaro bog‘liqlikni tushinish – integratsiyalab o‘qitishda o‘zaro bog‘liqlik-ni tushinish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, badiiy matnni tarix va geografiya fanlari bilan bog‘lab o‘qitish orqali adabiy asarlarning yaratilish sharoitini, voqealar fonini aniq tushinish mumkin. Bu o‘quvchiga matnni ancha keng ko‘lamda o‘rganish imkonini beradi. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish – o‘quvchi ijodiy fikrlashni boshlaganda u adabiyotni tushhinishni boshlaydi. Adabiyot va texnologiya, tasviriy san’at, kino san’ati bilan integratsiya qilinsa, o‘quvchilar ijodiy yondashuvga o‘rganadilar. 810 Adabiyot ta’limida integratsiyani samarali qo‘llash uchun turli pedagogik metodlardan foydalanish mumkin: Tarix bilan integratsiya – muayyan davrda yozilgan badiiy asarlar o‘sha davr voqeaalri bilan bog‘lab o‘rganiladi. Masalan, Cho‘lponing “Kecha va kunduz” romanini jadidchilik harakati tarixi bilan bog‘lab o‘rganish. Tarixiy asarlarni o‘sha davr ijtimoy muhiti bilan bog‘lab o‘rganish bu asarni tushinish, tahlil qilish, unga tanqidiy yondashishda muhim. Shu sababdan yangi nashr qilingan adabiyot darsliklarida berilgan tarixiy asarlarni o‘raganishda bevosita u tarix bilan bog‘lab berilgan. Masalan, 6-sinf adabiyot darsligida berilgan Abdulla Qahhornning “O‘g‘ri” hikoyasini u bo‘lib o‘tayotgan davr muhiti bilan bog‘lay olsakkina hikoya
Доказательный фрагмент
«This article analyezes the theoretical and practical foundations of the integrative aproach in teaching literature to school students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyezes the theoretical and practical foundations of the integrative aproach in teaching literature to school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Integrative teaching, literary text, integration, history and literature, art and, tarix va adabiyot, Kalit so‘zlar. Integratsion o‘qitish, san’at va adabiyot, badiiy matn, psixologiya va adabiyot, o‘zaro bog‘liqlik, badiiy tafakkurni rivojlantirish., audiokitoblar, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025