Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI 5-SINF “ONA TILI” DARSLIGIDA KELTIRILGAN TOPSHIRIQLAR TAHLILI
TOPSHIRIQLAR TAHLILI · Avazova Farangiz Ixtiyor qizi · ÖDEVLERIN ANALIZI · Avazova Farangiz İhtiyar kızı · Авазова Фарангиз Ихтиёровна
Для учителей · 2024
Аннотация
В данной статье представлены некоторые рекомендации по анализу упражнений и заданий на компетенцию аудирования, интеграцию с литературой и другими дисциплинами и их преподавание, представленные в новом учебнике родного языка, созданном в 2024 году. Ключевые слова. Речь, аудирование, задание, метод, психическая атака, двойной дневник, интеграция. ANALYSIS OF ASSIGNMENTS IN THE NEW 5TH GRADE MOTHER TONGUE TEXTBOOK Avazova Farangiz Ihtiyorovna, researcher of Samarkand state university Annotation. This article provides some recommendations for the analysis of exercises and tasks on listening comprehension competency, integration with literature and other disciplines and their teaching, presented in the new mother tongue textbook created in 2024. Keywords. Speaking, listening comprehension, task, method, mental attack, double diary, integration. 826 Nutq faoliyatini tashkil etadigan qismlardan biri hisoblanadigan tinglab tushunish ko‘nikmasi ham bilish jarayonini hosil qiluvchi ko‘nikmalardan biri sanaladi. Bugungi kunga kelib bu ko‘nikma zarurati, nutqning mantiqiyligi, to‘g‘riligi va aniqligi kabi prinsiplariga ta’siri qanchalik muhim ekanligi olimlar tomonidan o‘rganilgandan so‘ng yangi avlod chet tili va ona tili darsliklariga tinglab tushunish ko‘nikmasiga oid topshiriqlar kiritilib boshladi va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Nutqiy komunikatsiyaga kirishish insonlar uchun tabiiy va zaruriy ehtiyoj sanaladi. Boshqa shaxsni tinglash orqali esa yangi axborotlar qabul qilinadi. Ayni shu axborotlarni qabul qilish chog‘ida so‘zlovchi fikrlari to‘liq yoki ba’zi qismlari tinglovchiga tushunarli bo‘lmasligi mumkin. Bunga sabab tinglab tushunish ko‘nikmasiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi bo‘lishi mumkin. Ona tili o‘qitishda bu kompetensiya qisman yangi tushuncha va topshiriq sifatida qaraladi. Chet tili o‘qitish metodikasi tarixiga nazar tashlasak, XX asrning 60- yillariga kelib, tinglash nutq faoliyatining turi sifatida atroflicha tadqiq etila boshlandi. Avvaliga unga gapirishning uzviy qismi deb qarab kelingan edi. Chet tili darslarida atayin mashqlar berilmas edi. [4, 127 b]. Ma’lum bo‘lishicha gapirishni o‘rganishdan ko‘ra, tinglab tushunishni o‘rganish qiyinroq kechdi. Yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda yangi 2024-yil K.Mavolonova, S.Qo‘ldosheva, N.Hakimova, M.Siddiqovlar tomonidan yaratilgan 5-sinf ona tili darsligida e’tibor qaratsak, darslikda 2020-yilda nashr etilgan ona tli darsligida keltirilgan mashq va topshiriqlarda yo‘l qo‘yilgan topshiriqlar va kamchiliklarga tuzatishlar kiritilganini, fanlararo integratsiya hosil qilingan holda, adabiyot fani bilan uzviy bog‘liq holda topshiriqlar ishlab chiqilganini ko‘ramiz. Kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, har ikkala qismda savol, mashq va topshiriqlarga asos bo‘luvchi audio va audioviziual topshiriqlar har bir bobda uchraydi va jami 10 tani tashkil etadi. O‘quvchilar o‘z ona tilida qanchalik yaxshi nutq so‘zlay olsalar, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda shunchalik yorqinroq, chiroyli va sermazmun ifodalay oladilar [1, 78 b]. Ushbu fikrga asoslangan holda kitobga kiritilgan topshiriqlarning juda ko‘pchiligi og‘zaki nutqni shakllantirishga yo‘nalganini ko‘ramiz. Shu bilan birga topshiriqlar turli fanlar ayniqsa adabiyot fani bilan integratsiyalashgan holda tuzilgan. Bu esa o‘quvchilarning faqatgina grammatik bilimlar bilan emas balki barcha sohaga oid bilimlar bilan tanishishiga imkon yaratib bermoqda. Bolalarni tezda fikrlash va ularni nutq so‘zlashga majbur qiladigan topshiriq turlaridan biri bu savollarga jovob berishdir. Jami keltirilgan 10ta audio topshiriqlarning 9 tasida savollarga o‘rin berilgan. Masalan, ona tili darsligining 1-qismi 30-sahifasida keltirilgan 1-audio topshirig‘i Orif To‘xtashning “Vatan degan so‘z” she’rini tinglang nomi ostida topshiriqlar shakllantirilgan. Mavzu va mazmun jihatidan bu topshiriqlar adabiyot fani bilan kesishuvni hosil qiladi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni so‘z bilan ishlashga, ularning ma’nosini tushunishga va turli lug‘atlar bilan ishlashga undaydi. 2-topshiriq. Savollarga javob bering belgisi bilan berilgan: 1. Shoir “Vatan” so‘zini anglashni qanday jarayonlar bilan bog‘lamoqda? 2. O‘tmishda Vatan sarhadlari va tinchligi uchun kurashgan ota bobolarimiz haqida nimalarni bilasiz? 3. Nima uchun shoir urushni “almisoq mavzu” demoqda? 4. Vatanni madh etish deganda nimani tushunasiz? 1-savol o‘quvchidan diqqat bilan tinglashni talab etadi, chunki savolga javob mantiqiy emas aynan she’rda keltirilgan jarayonlarni so‘ramoqda. 2-savol esa she’rda keltirilgan shaxslar so‘ralgan, o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlari va ma’lumotlarini tekshirish maqsadida qo‘shimcha tarzda o‘zlari bilagan, el yurt uchun kurashgan tarixiy shaxslar haqida so‘rashi va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ularning bilimini boyitib borishi mumkin. Keyingi savol javoblarda o‘quvchilardan erkin fikr bildirish so‘raladi. Bu topshiriqnini bajarishdan oldin, savollar diqqat bilan o‘qilishi talab etiladi, o‘qituvchi tomonidan aynan n
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлены некоторые рекомендации по анализу упражнений и заданий на компетенцию аудирования, интеграцию с литературой и другими дисциплинами и их преподавание, представленные в новом учебнике родног…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлены некоторые рекомендации по анализу упражнений и заданий на компетенцию аудирования, интеграцию с литературой и другими дисциплинами и их преподавание, представленные в новом учебнике родног… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Speaking, listening comprehension, task, method, mental attack, double diary, tinglab tushunish, Kalit so‘zlar. Nutq, integratsiya., ikki tomonlama kundalik, metod, topshiriq, aqliy hujum
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025