К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI FANINI O‘QITISH JARAYONIDA MULTIMEDIA VA ELEKTRON RESURSLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Ro‘zimurodova Sitora Maqsiddin qizi · KAYNAKLARIN KULLANIM OLANAKLARI (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti) · Ruzimurodova Sitora Maqsiddin kızı (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti) · Рузимуродова Ситора Максиддин кизи (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti)

Для учителей · 2026

Аннотация

This article examines the role and importance of electronic resources in native language teaching methodology. Interactive learning platforms, electronic textbooks, and electronic resources for native language are analyzed. The positive impact of modern pedagogical technologies on speech development, didactic features of audio-video materials, and specific characteristics of electronic educational content are revealed. As a result of the research, pedagogical and psychological principles of effective use of multimedia resources are developed. Keywords. Electronic resources, multimedia technologies, interactive learning platforms, audio-video materials, pedagogical and psychological principles. Zamonaviy ta’lim jarayoni innovatsion texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda multimedia va elektron resurslardan foydalanish muhim ahamiyat kаsb etmoqda. Ona tili o‘qitish jarayonida bunday vositalardan samarali foydalanish nafаqat darslarni qiziqarli va interfaol shaklda tashkil etishga, balki o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Bugungi kunda ta’lim tizimida elektron darsliklar, interfaol testlar, audiovizual materiallar va raqamli plаtformalar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar ona tilini o‘rgatishda nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlarni boyitish va ta’lim jarayonini individuаl yondashuv asosida tashkil etish imkonini beradi. Mazkur mavzu yuzasidan ko‘plab olimlarimiz tadqiqot ishlari olib bormoqda.Shu jumladan, S.Muhamedova, M.Abdullayeva, Sh.Yuldasheva, Y.Eshmatovalarning 2018- yilda “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.Ushbu qo‘llanmada tilshunos olimlarimiz ona tili dasrlarini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyali jihatiga e`tabor qaratar ekan: ”Ta’limda axborot texnologiyasi – bu “o‘quvchi – kompyuter” o‘rtasidagi muloqotdir, o‘qituvchi esa – uni boshqaruvchi. Zamonaviy axborotlarga boy materiallar, vositalar bilan darsni boshqarisho‘qituvchi mehnatini samarali qiladi” –deb ta’kidlab o‘tadi [1.6] Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Ona tili o‘qitish jarayonida multimedia va elektron resurslardan foydalanish sohasida so‘nggi yillarda bir qator muhim tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu tadqiqotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, quyida ayrim tadqiqot namunalaridan keltitib o‘tamiz.2022-yilda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs magistranti Jumamuratova Sevara Saparbaevnaning “O‘zbek tili ta’limida elektron lingvodidaktikaning tatbiq etilishi” nomli maqolasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya-larining o‘zbek tilini o‘qitishda tutgan o‘rni, innovatsion til ta’limi sharoitida lingvodidaktik yondashuvlar, kompyuter texnologiyalari yordamida til o‘rgatish usullari, multimedia darsliklari, elektron lug‘atlar, test dasturlari va masofaviy ta’lim imkoniyatlari muhokama qilingan. Ushbu tadqiqotda o‘qituvchilar tomonidan kompyuter va multimedia proektorlaridan foydalanish orqali darslarni samarali o‘tkazish usullari haqida so‘z yuritilgan. Xuddi shuning kabi yana bir ilmiy tadqiqot bilan tanishib chiqadigan bo‘lsak, mazkur maqola 2024-yilda “Ta’lim tizimida innavatsion va raqamli texnologiyalarni qo‘llash masalalari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan o‘rin olgan L.K.Bagbekova, Abdusattorova Niginalarning “Ta’lim jarayonida multimediali o‘qitish vositalaridan foydalanish asoslari“nomli maqolasi bo‘lib, unda multimedia texnologiyalarini qo‘llashning prinsiplari va ahamiyati quyidagicha keltirilgan: Multimedia texnologiyalaridan foydalanish usullari: - umumiy yoki individual foydalanish; - professionallar yoki oddiy iste’molchi uchun; - interaktiv va interaktiv boʻlmagan foydalanish uchun; - ma’lumotdan mahalliy yoki masofadan foydalanish. 726 Multimediali oʻqitish texnologiyalari oʻquv jarayonini boyitadi, oʻquv ma’lumotlarini idrok etish jarayonida oʻquvchining aksariyat hissiy komponentlarini jalb qilgan holda oʻrganishni yanada samarali qiladi [2.47] Bu usullar o‘quv jarayonini interfaol va qiziqarli qilish bilan birga, ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, o‘qituvchilar ushbu texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etishlari muhim sanaladi. Muhokama va natijalar. Zamonaviy ta’lim jarayonida multimedia va elektron resurslardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ona tili kabi fanlarni o‘qitishda ushbu texnologiyalar interfaol va innovatsion metodlarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Multimedia va elektron resurslarning ahamiyatini quyidagicha izohlashimiz mumkin: O‘quvchilarning faolligini oshiradi – Matn, ovoz, video va animatsiyalar bilan boyitilgan darslar an’anaviy usullarga nisbatan ko‘proq diqqatni jalb qiladi. – Interfaol ta’lim texnologiyalari orqali o‘quvchilar dars jar

Доказательный фрагмент

«This article examines the role and importance of electronic resources in native language teaching methodology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role and importance of electronic resources in native language teaching methodology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Electronic resources, multimedia technologies, interactive learning platforms, multimedia texnologiyalari, audio-video materiallar, interaktiv o‘quv platformalari, pedagogik-psixologik prinsiplari., Kalit so‘zlar. Elektron resurslar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники