К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA BLINGVIZM VA SOTSIAL XOSLANISH JARAYONLARI

XOSLANISH JARAYONLARI · Ruziyeva Madina Ilhom qizi · Ruziyeva Madina Ilhom kizi · Рузиева Мадина Илҳом кизи

Для учителей · 2026

Аннотация

This article analyzes bilingualism and social integration processes in Uzbekistan. The study examines the role of bilingualism in society and its impact on education, the labor market, and cultural integration. Using qualitative and quantitative analysis methods, the research evaluates the level of bilingualism and the outcomes of state language policies based on official documents, academic studies, and statistical data. The results indicate that knowledge of two or more languages in Uzbekistan enhances social integration and promotes economic and cultural interaction. At the same time, changes in language policy and the education system influence the development of multilingualism. The findings of this study provide a valuable basis for future research and policy decisions regarding language issues in Uzbekistan. Keywords. Bilingualism, social integration, language policy, multilingualism, integration, indentfication. Globalizatsiya va migratsiya jarayonlari natijasida ko‘plab mamlakatlarda turli tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri kuchaymoqda. O‘zbekistonda ham ko‘p millatli jamiyat shakllangani sababli bilingvizm (ikki tillilik) keng tarqalgan hodisalardan biridir. Ushbu maqolada O‘zbekistonda bilingvizmning mohiyati, uning ijtimoiy integratsiya (sotsial xoslanish) jarayonlariga ta’siri va kelajak istiqbollari tahlil qilinadi. Bilingvizm – bir shaxs yoki jamiyatda ikki yoki undan ortiq tillarning faol ishlatilishi jarayoni bo‘lib, bu lingvistik va sotsiologik fenomen hisoblanadi. O‘zbekistonda davlat tili – o‘zbek tili bo‘lsa-da, rus tili, qozoq, tojik, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa tillar ham aholining turli qatlamlari orasida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, rus tili – ilm-fan, texnika, ishbilarmonlik va xalqaro kommunikatsiyada muhim o‘rin tutadi. Qoraqalpoq tili – Qoraqalpog‘iston Respublikasida rasmiy maqomga ega.Tojik tili – Samarqand va Buxoro viloyatlarida keng tarqalgan. Qozoq, qirg‘iz, turkman tillari – tegishli etnik guruhlar orasida ishlatiladi. [2, 34b.]. O‘zbekistonda ta’lim tizimi o‘zbek tilida olib borilsa-da, ko‘plab oilalar va jamoalar ichida ikki tillilik (bilingvizm) kuzatiladi. Sotsial xoslanish (ijtimoiy integratsiya) jamiyat a’zolarining umumiy ijtimoiy hayotga moslashuvi va faol ishtirok etish jarayonidir. Bilingvizm bu jarayonda muhim omil bo‘lib, quyidagi jihatlarda aks etadi: Madaniy ko‘prik vazifasini bajarishi - ikki yoki undan ortiq tilni bilish turli etnik guruhlar orasidagi tushunishni yaxshilaydi [3,54b.]. Bilingvizm odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi va diskriminatsiya xavfini kamaytiradi; ta’lim va ish bozoridagi imkoniyatlarni kengaytirishi-ikki tilli bo‘lgan shaxslar yaxshi ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi; Davlat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirishi-bilingvizm davlat siyosatini tushunishda va aholining davlat tizimiga moslashishida yordam beradi. Ikki tillilik rasmiy hujjatlarni o‘zlashtirish va jamoat xizmatlaridan foydalanish jarayonini osonlashtiradi; milliy identifikatsiya va tillararo muvozanatni saqlash – O‘zbek tilining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, boshqa tillarga hurmat saqlanishi lozim. Bilingvizmni noto‘g‘ri 617 boshqarish ayrim tillarning zaiflashishiga olib kelishi mumkin, shu sababli muvozanatli til siyosati muhimdir. O‘zbekistonda davlat til siyosati quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: O‘zbek tilining rasmiy maqomini mustahkamlash – davlat va ta’lim tizimida o‘zbek tilining nufuzi oshirilmoqda; ko‘p tillilikni qo‘llab-quvvatlash – rus, ingliz va boshqa tillarni o‘rganish uchun sharoit yaratish; ta’limda bilingvistik yondashuv – ko‘p tilda ta’lim berish imkoniyatlarini kengaytirish. O‘zbekistonda bilingvizm ijtimoiy xoslanish jarayonlarining ajralmas qismi bo‘lib, u turli etnik guruhlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, davlat til siyosatini muvozanatli olib borish va barcha tillarning rivojlanishiga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ko‘p tillilik madaniyatini rivojlantirish orqali O‘zbekiston yanada ochiq va integratsiyalashgan jamiyat sari harakat qilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Беликов В., Крысин Л. Социолингвистика. - M., 2001.Москва. С. 209. 2. Usmonova Sh., Bekmuhamedova N., Iskandarova G. Sotsiolingvistika. - Toshkent, 2014. В.87. 3. Dadaboyev H., Usmonova Sh. Xorijiy sotsiolingvistika. - Toshkent, 2014. 54-56b 4. Бердалиев А. Ўзбек синхрон социолингвистикаси. – Хўжанд, 2015. B.110 5. Z.Aliqulov, S.Boymirzayeva Sotsiolingvistika – Samarqand, 2009. 43-46 b. 6. Белл Р. Социолингвистика. -M., 1980. C.115 7. http://en.wikipedia.org/wiki/Sotsiolingvistika 8. http://www.krugosvet.ru 618

Доказательный фрагмент

«This article analyzes bilingualism and social integration processes in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes bilingualism and social integration processes in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bilingualism, social integration, language policy, multilingualism, integration, Kalit so‘zlar. Bilingvizm, sotsial xoslanish, til siyosati, ko‘p tillilik, indentfikatsiya., integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники