К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEK OILALARIDA ER VA XOTIN MULOQOTINING LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA O‘RGANILISHI

LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKTDA O‘RGANILISHI · Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi · LİNGOKÜLTÜROLOJİK YÖNÜNDEN İNCELENMESİ (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institute tayanch doktoranti,) · Nomozova Oğiloy Akmaljon kızı (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institute tayanch doktoranti,) · Номозова Угилой Акмалжон кизи (Oila va gender ilmiy-tadqiqot institute tayanch doktoranti,)

Для учителей · 1 · 2026

Аннотация

Данная статья посвящена исследованию лингвокульту-рологических особенностей общения между мужем и женой в узбекских семьях. Процесс общения анализируется с точки зрения взаимовлияния языка и культуры. В статье рассматриваются модели общения, характерные для узбекских семей, правила речевого этикета, формы обращения, стили разговора и их культурные корни. Также анализируются такие вопросы, как влияние гендерного фактора на общение и речевое выражение семейных ценностей. Ключевые слова. Семья, общение, национальная ценность, культура, лингвокульту- рология, семейное общение, коммуникативный, интерактивный, перцептивный, языковые и неязыковые единицы, национальный менталитет, гендерные роли, духовная ценность. LINGUOCULTUROLOGICAL STUDY OF COMMUNICATION BETWEEN MAN AND WIFE IN UZBEK FAMILIES 619 Nomozova Ugiloy Akmaljon kizi, Family and Gender research institute doctoral student (PhD) Annotation. This article is devoted to the study of the linguocultural features of communication between husband and wife in Uzbek families. The process of communication is analyzed from the point of view of the interaction of language and culture. The article examines communication patterns characteristic of Uzbek families, rules of speech etiquette, forms of address, speech styles, and their cultural roots. The article also analyzes such issues as the influence of the gender factor on communication, the speech expression of family values. Keywords. Family, communication, national value, culture, linguoculturology, family communication, communicative, interactive, perceptual, linguistic and non-linguistic units, national mentality, gender roles, spiritual value. Oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, oilada, avvalo, er va xotin munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Er va xotin munosabatlariga esa bir qancha omillar ta’sir qilishi mumkin. Ana shunday omillardan biri erkak va ayolning o‘zaro muloqoti hisoblanadi. O‘zbek oilalarida er- xotin o‘rtasidagi muloqot faqatgina shaxsiy munosabatlarni emas, balki milliy qadriyatlar va madaniyatni ham aks ettiradi. Ushbu maqolada o‘zbek oilalarida er va xotin o‘rtasidagi muloqot lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuv jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonda kishilar bir-biri bilan nafaqat ma’lumot almashinadi, balki muloqot ishtirokchilari (so‘zlovchi va tinglovchi) mazkur jarayonda bir-biriga hissiy ta’sir qiladi. Shundan kelib chiqib muloqotning quyidagi elementlari qayd etiladi: ‒ muloqotning kommunikativ tomoni – muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi axborot almashinuvi; ‒ muloqotning interaktiv jihati – muloqot ishtirokchilarining o‘zaro ta’sirlashuvi; ‒ muloqotning perseptiv tomoni – muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishi [5, 6 b.]. Jahon olimlari oilaviy muloqotning ahamiyati borasida turli nazariyalarni ilgari surganlar. Masalan, amerikalik psixolog John Gottman oilaviy munosabatlarning barqarorligi uchun hurmat va ochiq muloqot muhim omillar ekanligini ta’kidlaydi [1]. Shuningdek, Rossiyalik olim V.A.Labunskaya er-xotin o‘rtasidagi muloqotda noverbal vositalarning o‘rni muhim ekanligini qayd etadi [9]. Muloqot jarayoni murakkab bo‘lib, bunda erkak va ayollar nutqi alohida ahamiyatga ega. Binobarin, oilaviy muloqotda ham, avvalo, er va xotinning samimiy va samarali muloqoti oilaviy munosabatlar ijobiy kechishi uchun asos vazifasini bajaradi. Ushbu muammoni o‘rganishda erkak va ayolning gender jihatdan o‘ziga xos muloqot uslubi, nutqi e’tiborga olinishi kerak. Shuni ham ta’kidlash kerakki, oilaviy muloqot yoxud er va xotin muloqoti bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilishda muayyan jamiyatning milliy va madaniy an’ana, urf-odat va qadriyatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ya’ni er va xotin muloqotini lingvokulturologik jihatdan tadqiq etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirini hamda bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks fandir” [7, 125-126 c.]. O‘zbek oilalarida er va xotin o‘rtasidagi muloqotni lingvokulturologik aspektda o‘rganishda, avvalo, oiladagi rollarga e’tibor qaratiladi. O‘zbek oilalarida er va xotin o‘rtasidagi muloqot odob- axloq qoidalariga asoslangan bo‘lib, milliy mentalitetga ko‘ra erkak oila boshlig‘i sifatida ko‘riladi, ayol esa oiladagi uyg‘unlik va mehr-oqibatni saqlovchi shaxs hisoblanadi. Shu boisdan ularning muloqoti do‘stona, hurmat va e’tibor bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi kerak. M.Umarovaning fikricha, “o‘zbek milliy oilalariga xos bo‘lgan muomala madaniyati, oilaviy an’analar, udum, rasm-rusumlar o‘sib kelayotgan avlod ongiga tushunchalar, aniq bilimlar, anglangan munosabatlar tarzida 620 singdirilsa, ular o‘smirda oilaviy qadriyatlarga nisbatan mutanosib ijtimoiy tasavvurlar shakllanishida muhim rol o‘ynaydi” [8, 10-11 б.]. O‘zbek oilalarida er va xotinlar, asosan, qaysi mavzuda suhbatlashishi bo‘yich

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена исследованию лингвокульту-рологических особенностей общения между мужем и женой в узбекских семьях.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена исследованию лингвокульту-рологических особенностей общения между мужем и женой в узбекских семьях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Family, communication, national value, culture, linguoculturology, family, lingvokulturologiya, lisoniy va nolisoniy birliklar, kommunikativ, oilaviy muloqot, interaktiv, milliy mentalitet, ma’naviy qadriyat., perseptiv, gender rollar, muloqot, milliy qadriyat, Kalit so‘zlar. Oila, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники